Ishchi oʼquv dasturida quyidagilar oʼz aksini topishi lozim:
- DTS talablari;
- Oʼquv dasturlarini mazmuniga qoʼyiladigan majburiy talablar;
- Talabalar uchun beriladigan oʼquv materiallarining maksimal xajmi;
- Bitiruvchilarni tayyorgarligiga qoʼyiladigan talablar;
- OTM tomonidan oʼquv rejaga asosan belgilangan oʼquv yuklamasining xajmi;
- Taʼlim dasturlarini maqsadi va vazifalari;
Yuqorida keltirilgan komponentlar asosida ishchi oʼquv dasturining tuzilishi ishlab chiqiladi va qoidaga asosan uning tarkibi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
*Titul varagʼi
* Kirish soʼzi
*Fanning maqsadi va vazifalari
*Fanni oʼqitish jarayonini tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha tavsiyalar
*Talabalarning bilimi, koʼnikma va malakalariga qoʼyiladigan talablar;
* Fanning oʼquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʼzaro bogʼliqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi;
*Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi oʼrni;
* Fanni oʼqitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar;
* Fan boʼyicha soatlar taqsimoti;
* Nazariy mashgʼulotlar mavzulari mazmuni;
*Аmaliy, seminar va labaratoriya mashgʼulotlari mavzulari va rejalari;
* Mustaqil taʼlim mavzulari; • Foydalaniladigan adabiyotlar roʼyxati.
Ishchi oʼquv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi:
1.Ishchi oʼquv dasturlari OTMlarining tegishli kafedralarini professor-oʼqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi.
2. Ishchi oʼquv dasturlarini DTS talablari va oʼquv dasturlarga mos holda ishlab chiqilishiga tegishli kafedra mudiri va professor-oʼqituvchilar masʼul hisoblanadi.
3. Ishchi oʼquv dasturining kirish qismida oʼqitiladigan fanning dolzarbligi, sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishdagi ahamiyati va oʼrni ochib beriladi. Shunigdek, fanni oʼqitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan oʼzaro bogʼliqligi koʼrsatiladi.
4. Ishchi oʼquv dasturida uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda oʼqitish turlari oʼqitishning interaktiv uslublari va vositalari xamda fanni oʼqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʼllash, taʼlim jarayonini optiimallashtirish uchun omil boʼladigan mexanizmlar koʼrsatiladi.
5. Ishchi oʼquv dasturlarida oʼquv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, axborot-resurs markazidagi tegishli oʼquv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar va boshqa moddiy-texnik baza toʼgʼrisida maʼlumotlar kiritilishi maqsadga muvofiq.
6. Ishchi oʼquv dasturining titulida amaldagi Klassifikator boʼyicha tegishli bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yoʼnalish (mutaxassislik) larning shifri va nomlari hamda ishchi oʼquv rejaga muvofiq fanning toʼla nomi koʼrsatiladi.
7. Ishchi oʼquv dasturining yaratilishiga masʼul kafedraning nomi, mualliflar va taqrizchilar toʼgʼrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi ilmiy-uslubiy Kengashlarning bayonnomasi raqami va sanasi koʼrsatiladi.
8. Ishchi oʼquv dasturining foydalaniladigan manbalar roʼyxatiga asosiy adabiyotlar va qoʼshimcha adabiyotlar kiritiladi.
9. Ishchi oʼquv dasturining matni А-4 format, Times New Roman shriftida, 14-chi oʼlchamda, chap tomonidan - 3 sm, pastidan - 2 sm, yuqoridan - 2 sm, oʼng tomonidan - 1,5 sm oʼlchamida hoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki qismining markazida joylashtiriladi.
10. Ishchi oʼquv dasturi xar oʼquv yili kafedra yigʼilishida koʼrib chiqib muxokama qilinadi va tegishli oʼquv – uslubiy kengashida koʼrib chiqib maʼqullanadi xamda OTMning ruxsat etilgan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
11.OTM oʼquv ishlari boʼyicha prorektori yoki fakulьtet dekani tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |