Referat mavzu: Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi Bajardi: Anvarova Xulkar


Sotsial institutlarning funktsiyasi va disfunktsiyasi



Download 152,86 Kb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi152,86 Kb.
#780656
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
sosial instituti tushunchasi va

2.Sotsial institutlarning funktsiyasi va disfunktsiyasi.
Sotsial institutlar ijtimoiy hayotda ma’lum bir funktsiyani bajarar ekan, bu funktsiyalar asosan ikkita: oshkora va yashirin (latent) shaklga egadir. Ushbu muammo tahlili XX asrning taniqli olimi, amerikalik sotsiolog R.Merton tomonidan struktur-funktsional metodologiya asosida olib borilgan. Uning fikricha, oshkor – sotsial jarayonlarning anglangan va erkin, yashirin esa aksincha, anglanmagan va bexosdan amalga oshgan funktsiyadir.
Oshkor funktsiya deganda shuni tushuniladiki, uning faoliyatini natijalari maqsadli xususiyatga ega va bu natijalar kishilar tomonidan anglangan holatda bo’ladi. Odatda u rasmiy ravishda namoyon bo’ladi va jamiyat tomonidan nazoratda bo’ladi. Agarda institut o’zining oshkor funktsiyalarini uddalay olmayotgan bo’lsa, unda uni tartibsizliklar va keskin o’zgarishlar kutadi.
Yashirin (latent) funktsiya, deb uning faoliyati oqibatlarini kishilar anglab etmaydigan va bu harakatlar maqsadga yo’naltirilmaganligi namoyon bo’ladi. Aksariyat hollarda ayrim institutlar nafaqat o’z funktsiyalarini bajarmaydilar, balki ularga to’siq ham qo’yishlari mumkin. Bu Shundan dalolat beradiki, mazkur institutda yashirin funktsiya kechmoqda va u ma’lum bir sotsial guruhlar ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda, holos. Bunday holatlarni ko’pincha siyosiy institutlar faoliyatida ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Chunki ularda yashirin funktsiyalar yuqori darajada rivojlangandir.
Binobarin, yashirin funktsiyalarni payqash juda murakkabdir, lekin aynan ular sotsiolog uchun juda ahamiyatlidir. R.Merton shuni alohida ta’kidlaydiki, agarda sotsiolog sotsial institutlarning faqat oshkora funktsiyalari orqali ma’lum bir maqsadlarda tashkil qilingan tashkilot yoki muassasa o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi muammosini tahlili bilan chegaralanib qolsa, unda bu mutaxassis hulq-atvorning ilgaridan ma’lum bo’lgan tizimini oddiy qayd qiluvchisiga aylanib qoladi. Bunday vaziyatga tu Shmaslik uchun sotsiolog sotsial institutlarning yashirin funktsiya xususiyatlarini yaxshi o’zlashtirib, o’z faoliyatin olib borishi taqozo etiladi. Muxtasar qilib aytganda, sotsiologning intellektual salohiyati avvalambor institutlarning yashirin funktsiyalarini tizimli tarzda o’rganishida namoyon bo’ladi. Huddi shu sifati bilan sotsiolog jamiyatni tadqiq qilishga o’zining asosiy, maxsus ulu Shini qo’shadi.
R.Mertonning fikricha, institutlarning yashirin funktsiyalarini o’rganish sohasidagi kashfiyotlar oshkora funktsiyalarning tadqiqoti natijalariga nisbatan ko’proq foyda keltiradi va ular sotsiologik bilimning boyishiga salmoqli hissani qo’shadi. Shu bilan birgalikda masalaning boshqa murakkab tomoni ham mavjud. Chunki institutlarning yashirin funktsiyalarini tahlil qilish ko’pgina hollarda paradoksal (umum tomonidan qabul qilingan, ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan fikrlarga) xulosalarga olib keladi. Masalan, T.Veblen, o’zining «Bekorchi sinf nazariyasi» asarida harid qilish, jamg’arish va iste’mol qilishning yashirin funktsiyalarini o’rgana turib, shunday paradoksal fikrga keladiki, insonlar qimmatbaho buyumlarni sifat jihatidan arzonlaridan ustun turgani uchun emas, aksincha, bu tovarlar qimmatligi tufayli o’zlarida «moliyaviy qudrat» va «yuksak sotsial» maqomni mujassamlashtirgani tafayli harid qiladilar. Uning fikrlarini konkret tahlil qilsak, shunday xulosaga kelish mumkinki, iqtisodiy institutlar iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda yashirin funktsiyani ham bajaradi, ya’ni kishilarning o’z sotsial maqomlarini yuksaltirishga qaratilgan ehtiyojlarini qondiradi.
U shunday yozadi: «Qimmatbaho tovarlarni, shuningdek, tannarhidan sezilarli darajada yuqori baholanayotgan buyumlarni iste’mol qilish maqtovga sazovordir. Chunki qimmatbaholik tovarlardan jismoniy maqsadda serunum foydalanishga omil bo’ladi. Tovarlardagi ortiqcha qimmatlilik alomati qadr-qimat bilan ham bog’liq bo’lib, undan egri va hasadgo’ylik maqsadida ham foydalanish mumkin». Shunday qilib, oliy turdagi tovarlarni namoyishkorona iste’mol qilish kishining yuqori sotsial mavqesining tasdig’i bo’lib xizmat qilishi mumkin.
T.Veblen tomonidan olib borilgan iste’mol tahlili ijtimoiy ongda bugungi kunda ham keng tarqalgan hodisadir va u aniqlagan yashirin funktsiyalar hammaga ayondir. Sotsial institutlarning yashirin funktsiyalarini o’rganish ijtimoiy hayot haqida ishonchli tasavvurni uyg’otibgina qolmasdan, sotsial aloqalar, sotsial ob’ektlar rivoji ustidan nazoratni amalga oshirish va ularda kechayotgan jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini ham beradi.
Sotsial institutlar ijtimoiy hayotni tashkil etishda ma’lum bir funktsiyalarni bajarar ekan, bu jarayonlarning buzilishi disfunktsiya holatini keltirib chiaradi. A.A.Radugin va K.A. Raduginlarning ta’kidlashicha, agarda sotsial institutlarning bosh funktsiyasi sifatida u yoki bu ijtimoiy extiyojni qondirishni e’tirof etilsa, lekin vaqt o’tishi bilan jamiyatda kechayotgan ayrim jarayonlar alohida kishining ham, butun bir sotsial guruhlarnining ham extiyojlarini o’zgartiradi. Bu hol esa sotsial institutlarning sotsial muhit bilan aloqalari xususiyatlarini o’zgarishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida ayrimlari kamroq ahamiyatga ega bo’lishi, boshqalari esa umuman iste’moldan chiqishi mumkin. Natijada bu ehtiyojlarni amalga oshirayotgan sotsial institutlar davr talabiga javob bera olmasligi va keyingi faoliyati biror bir ma’noga ega bo’lmasligi tufayli ular ijtimoiy taraqqiyotga g’ov bo’lishi mumkin. Jamiyatda kechayotgan intensiv o’zgarishlar tufayli ma’lum bir ijtimoiy ehtiyojlar mavjud sotsial institutlar strukturasi va funktsiyalarida o’ziga muvofiq ahamiyatini topa olmaydi.
Bunday nomuvofiqlik disfunktsiya holatini keltirib chiqaradi. Disfunktsiya o’z aksini tashqi, (moddiy) strukturada (moddiy resurslarning taqchilligi, tayyorlanayotgan mutahassislar etishmovchiligi va hokazolar.) va ichki mazmunli faoliyatida (masalan, institut faoliyati maqsadining aniq emasligi, funktsiyalarni mujmalligi, institut nufuzi va obrusini tu Shib borishi va hokazolar.)da topadi.
Shuningdek, disfunktsiya sotsial institut o’zining jiddiy sifati – depersonaliza­tsiya faoliyatini yo’qotganda ham vujudga keladi. Ma’lumki, sotsial institut ob’ektiv tarzda faoliyat ko’rsatadigan ijtimoiy mexanizm bo’lib, unda inson joriy etilgan me’yor va namunalar asosida o’z mavqesiga mos bo’lgan ma’lum bir ijtimoiy rolni bajaradi. Depersonalizatsiya tamoyilining mohiyati shundaki, unga muvofiq institutning funktsiyalarini bajarilishi sotsial rolarni aniq taqsimlanganligi va yaxlit mexanizmning sermaxsul faoliyatiga taalluqlidir. Ya’ni, bu funktsiyalarning talab darajasida bajarilishi kishilarning biror-bir shaxsiy moyillik xususiyatiga, manfaatlari va boshqa sub’ektiv holatlarga bog’liq bo’lmasligi lozim.
Institutning personalizatsiyasi (depersonaliza­tsiyaning yo’qolishi) Shunday jarayonki, unda institut ob’ektiv extiyojlar va ob’ektiv o’rnatilgan maqsadalarga muvofiq kelmay qoladi, uning ob’ektiv funktsiyalari ikkinchi darajali holatga tu Shib qoladi.
Birinchi darajaga esa konkret harakat qilayotgan kishilarning Shaxsiy va korporativ manfaatlari va shuningdek, ularning personal sifatlari va xususiyatlari ko’tariladi. Bu holat esa o’z navbatida sotsial institutni o’zining mavjudligini ta’minlaydigan asosiy maqsad – u yoki bu sotsial ehtiyojni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini susayishiga olib keladi.
Sotsial institutlar tizimi bir ijtimoiy tuzumdan boshqasiga o’tish davrida o’zgarishlarga ko’proq moyil bo’ladi. Aksariyat an’anaviy institutlar oldida ikki holatdan biri: yoki o’z faoliyatni butkul to’xtashini, yoki yangi vazifalarni bajarishga moslashishini tanlash muammosi gavdalanadi. Sotsial institutlarning boshqa sotsial me’yorlar, qadriyatlar va munosabatlar asosida qayta shakllanishi yoki yangilarini vujudga kelishi uzoq muddatni taqozo etadi. Chunki shoshilinch ravishda kishilar hulq-atvorining yangi standartlarini shakllantirish, ularning ongi va psixologiyasini o’zgartirishning sira iloji yo’q.
Agar shunday qilinsa, u holda kishilar yangi sotsial munosabatlarning muammolarini hal qila olmasliklari tufayli hayotiy faoliyatning an’anaviy sohalarida, ijtimoiy tartibni saqlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishlari muqarrardir. E.Dyurkgeym jamiyatning o’tish davrlarida an’anaviy institutlar faoliyatining tartib-qoidalarining buzishilishi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hodisani «anomi»ya tushunchasi bilan izohlagan edi.
Sotsial institutlar o’z funktsiyalariga qarab tasniflanar ekan, bunda avvalo oila institutining ahamiyatiga asosiy e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Chunki u boshqa institutlar ichida eng ko’hnalaridan hisoblanadi. Shuning uchun oila instituti bir qator ijtimoiy fanlarning tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Sotsiologiyada ushbu institut muammolari ham nazariy, ham amaliy jihatlarda o’rganiladi. Rossiyalik sotsiologlar Nartov N.A, V.YU.Belskiy larning fikricha, oila o’zida sotsial institut va kichik guruh sifatlarini mujassamlashtiradi.2 Oila sotsial strukturaning mikromodeli bo’lib xizmat qiladi va o’zida kishilarning shaxsiy muloqotlari va munosabatlar kechishini namoyon etadi.

Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlarni o‘rganish sotsiologiyaning maxsus yo‘nalishlari hisoblanadi.


Sotsial institut (lotincha — institutum, ruscha lug‘aviy ma'nosi — ustanovleniya, o‘zbekcha ma'nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to‘plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo‘nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy — huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo‘rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi.
Institutsional sotsiologiya — ijtimoiy hayotni tashkil etishning va idora etishning (boshqarishning regulyatsiya qilishning) barqaror shakllarini o‘rgatuvchi sohadir.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko‘rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko‘ra esa, sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil normalar, o‘rnashmalarini bildiradi.
Sotsial institut, qisqacha ta'rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shakllar namunalarini, avloddan-avlodga o‘tuvchi an'analar, odatlarni qayta takror hosil qilinishini ham ta'minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta'minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo‘lgan sotsial pozitsiya va rollar shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli xatti-harakatni rag‘batlantiruvchi va deviant (og‘ma) xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar (sanksiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatniig iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, huquqiy va halqaro sohalariga xos bo‘lgan sotsial institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne'matlarning ishlab chiqarilishining taqsimlanishini ta'minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati (ota-onalar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadn. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar (maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan din institutlari) amal qilinadi.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta'sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta'sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lishi tabiydir.

Download 152,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish