O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI (SIRTQI TA’LIM)
YO’NALISHINING 3-KURS TALABASI
sotsiologiya FANIDAN
REFERAT
MAVZU: Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi
Bajardi: Anvarova Xulkar
Tekshirdi: _______________
TOSHKENT-2022
MAVZU: Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi
REJA
Sotsial institut tushunchasi va uning mohiyati.
Sotsial institutlarning funktsiyasi va disfunktsiyasi.
Sotsial institutlarning asosiy turlari.
1.Institut tushunchasi va uning mohiyati.
Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlarni o‘rganish sotsiologiyaning maxsus yo‘nalishlari hisoblanadi.
Sotsial institut (lotincha — institutum, ruscha lug‘aviy ma'nosi — ustanovleniya, o‘zbekcha ma'nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to‘plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo‘nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy — huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo‘rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi.
Sotsial institut mavzusi sotsiologiyada dolzarb masalalarni qamrab oladi. Institut tushunchasi aslida sotsiologiya faniga huquqshunoslikdan o’tgan bo’lib, u lotincha «institutum» so’zidan olingan va sotsiologik adabiyotlarda muassasa, o’rnatish, belgilash hamda tartiblash kabi ma’nolarini ifodalaydi. Tor ma’noda institut tushunchasi konkret muassasa, tashkilotning nomini belgilaydi. Masalan, Toshkent davlat Sharq Shunoslik instituti, O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining tarix instituti va hokazolar. Keng ma’noda sotsial institut jamiyat a’zolarining Shaxsiy va ijtimoiy hayotlarini muvofiqlashtiradi va tartiblaydi.
Aynan sotsial institutlar faoliyati tufayli kishilar, jamoalar, sotsial guruhlar va sotsial qatlamlar a’zolari o’zaro aloqalarining barqaror va asosli munosabatlari amalga oshadi. Chunki jamiyat yaxlit sotsial tizim sifatida mavjud ekan, uning barcha tarkibiy elementlari sotsial institutlar faoliyati asosida o’zaro hamkorlikka kirishadi. Buning natijasida esa sotsial tizim faoliyatining barqaror holati ta’minlanadi.
Sotsiologik adabiyotlarda sotsial institutlarning turli-tuman kontseptsiyalari ishlab chiqilgan. Ularda sotsial institut tushunchasi, uning mazmun va ahamiyati hamda vazifalari har xil pozitsiyalardan kelib chiqib, talqin qilinadi. Mavzuning tahlilini olib borishda dastlab antik davr mutafakkirlarining tarixiy-ilmiy merosiga murojaat qilish lozim.
Ma’lumki, insoniyat o’z tarixi davomida hamisha farovon va namunali davlat tuzumini qurish g’oyasi bilan yashab keldi. Ushbu maqsadga erishish uchun bir qator ijtimoiy-falsafiy ta’limotlar ishlab chiqilgan va ularda markaziy o’rinni sotsial institutlar masalalari egallaydi. Jumladan, yunon faylasufi Platonning dunyoqarashlarida davlat instituti haqidagi fikrlar muhim o’rin egallaydi. Ushbu muammolarni aks ettirgan uning «Davlat» va «Qonunlar» asarlari bizgacha etib kelgan. O’zining bu asarlarida Platon davlat institutini ikki xil sifatga ajratadi: ideal (mukammal, ijobiy) va salbiy (nomukmmal) Bu ikki sifatni u bir-birlariga qarama-qarshi qo’yadi. Platonning fikricha hamma faoliyat ko’rsatayotgan davlatlar salbiy turga tegishlidir. Bunday jamiyatda insonlarning harakatlantiruvchi bosh omil bo’lib moddiy extiyojlar va rag’batlar xizmat qiladilar. O’z navbatida salbiy turdagi davlat to’rt shaklda namoyon bo’lishi mumkin: timokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniya.
Ushbu salbiy shakllarning birlamchi ko’rinishi bo’lib, Platonning fikricha, timokratiya faoliyat ko’rsatadi. Bu o’ziga bino qo’yganlarning hukmronligiga asoslangan hokimiyatdir. Timokratiyaning ilk bosqichi davrida mukammal tuzumning ko’rinishlari saqlanib qolingan, bunda hokimlar hurmatga sazovordirlar, askarlar esa dehqonchilik, hunarmandchilik kabi ishlaridan ozodlar. Shuning uchun ular mukammal ravishda harbiy mahoratlarini oshiradilar, doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadilar. Ammo, vaqt o’tishi bilan qimmatbaho metallar shaydolari maxfiy ravishda oltin-kumush yig’ish va saqlashni boshlaydilar, ayniqsa bu ishda ayollarning faol ishtiroki va ta’siri turmush tarzini hashamatli shaklga aylantirib yuboradi. Xuddi shu sabablar tufayli timokratiyadan oligarxiyaga o’tish boshlanadi.
Oligarxik jamiyatda esa jamiyat a’zolarinig ma’lum bir qismi har xil ishlar bilan Shug’ullanadilar – dehqonchilik bilan ham, hunarmandchilik bilan ham va xatto uru Shlar bilan ham. Oligarxiyaning bunday rivojlanishi Platonnig fikricha davlat instituti boshqaruvini yanada ham yomon shakliga o’tishiga sabab bo’ladi. Bunday davlat ko’pchilikning hokimiyati va boshqaruvidir.
Lekin boylar va kambag’allar o’rtasidagi ziddiyatlar oligarxik jamiyatdagidan ham keskinlashadi. Kambag’allarning boylarga nisbatan nafratining oshishi qo’zg’alonlarga olib keladi. Agarda qo’zg’olon kambag’allarning g’alabalari bilan yakunlansa, unda ular boylarning bir qismini yakson qiladilar, qolganlarini haydab yuboradilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv funktsiyalarini jamiyatning qolgan a’zolari orasida taqsimlaydilar. Bunday davlatning boshqaruv shaklini Platon demokratiya, deb ataydi.
Ideal davlatdan og’ib ketishning eng yomon Shakli, deb Platon tiraniyani tan oladi. Bu bir odamning jamiyatdagi hamma a’zolarning ustidan o’rnatgan hokimiyatidir. Tiraniya o’zining kelib chiqishini demokratiya bilan bog’laydi. Platonning fikricha, oliy darajadagi erkinlikdan kuchli va shavqatsiz qullik paydo bo’ladi, dastlabki davrlarda tiran faqat jilmayadi, hammani quchadi, o’zini tiran, deb atamaydi. Juda ko’p narsalarni va’da qiladi, kishilarni qarzlardan ozod qiladi, aholiga, o’zining yaqinlariga erlar ulashadi va o’zini mehribon qilib ko’rsatadi. Tiran uchun uzlukli ravishda uru Sh qilib turish zarurdir, chunki oddiy xalq dohiyga extiyojni doim his qilib turishi kerak. Lekin doimiy uru Shlar tiranga nisbatan fuqarolarning norozilik va g’azablarini paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Tiranning hokimiyatga kelishiga sababchi bo’lgan fuqaro endi uni keskin qoralashga kirishadi. Tiran esa o’z hokimiyatini saqlab qolish uchun o’zining tanqidchilarini birin-ketin yakson qilishga kirishadi, toki hech bir foyda keltirmaydigan na do’stlari va na zarar keltira oladigan du Shmanlari qolmaguncha.
Platonning eng iqtidorli, mashhur Shogirdlaridan biri Aristoteldir. Bizgacha uning asosiy asarlari etib kelgan. Bu asarlarda u turli mavzularda fikr yuritgan. Xususan, uning jamiyat qurilishi, faoliyat ko’rsatish mexanizmlari haqidagi ta’limotlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, «Siyosat» asarida Aristotel o’z sotsiologik qarashlarini keng ta’riflab beradi. Uning fikricha, davlat institut sifatida juda murakkabdir va u ikki xil, ya’ni demokratiya va oligarxiya shaklida boshqarilishi mumkin. Demokratiyada oliy hokimyat ko’pchilikning qo’lida bo’lsa, oligarxiyada esa hokimyat kamchilikka tegishlidir. Oligarxiya va demokratiyaga tegishlikni ajratib beradigan haqiqiy ko’rinish bo’lib boylik va kambag’allik xizmat qiladilar. Qaerda hokimyat boylar qo’lida bo’lsa, o’ Sha erda oligarixiya, qaerda kambag’allar hukmronlik qilsalar o’sha erda demokratiya mavjud bo’ladi.
Lekin eng yaxshi tuzum, deb Aristotel boylarning ko’pligi, kambag’allar kamligi yoki aksincha, deb hisoblamaydi. Uning fikricha, qaysi jamiyatda «o’rta element», ya’ni o’rta hol kishilar soni salmoqlik bo’lsa, o’ Sha davlat eng farovon, yaxshi tuzum hisoblanadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’rta hollik hamma farovonliklardan afzaldir. Aristotel shunday xulosaga keladiki, o’rta hol fuqarolardan tashkil topgan davlat eng yaxshi tuzumdir, uning fuqarolari esa ko’proq behavotirlikda bo’ladilar. Ular kambag’allarga o’xshab boshqalarning mol-mulkiga ko’z olaytirmaydilar, boshqalar esa o’rta holga tegishli bo’lgan mulkka tajovuz qilmaydilar.
Aristotelning ushbu masala bo’yicha bu qimmatli fikrlari xozirgi davr uchun ham juda dolzarb muammodir. Chunki qaysi davlatda o’rta hol fuqaro jamiyatda axolining asosiy qismini tashkil etsa, o’ Sha davlat farovon davlatdir. Zamonaviy O’zbekistonda ham jamiyatning yangi sotsial strukturasi shakllanayotgan ekan, unda aholining ko’pchiligini o’rta sinf tashkil etilishi lozimligi strategik maqsad qilib belgilangan.
O’zining yunonistonlik ustozlariga o’xshab, bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy ham o’z ideal jamiyatining sotsial strukturasini ishlab chiqadi. Uningcha, boshqarish va buysinish tamoyillari ideal jamiyatning tabiiy hamda tarkibiy qismidir. Forobiy boshqaruv va buysinish institutining bir necha ko’rinishlarini ajratib ko’rsatadi. Forobiy quldorlik institutini keskin ravishda qoralaydi va u uchun insonning qadr-qimmatini kamsitish aql bovar qilib bo’lmaydigan og’ir holatdir. Doimiy uru Shlar asosiga qurilgan farovonlik, boshqa mamlakatlarga tajovuz qilishlar, ularning fuqarolarini qulga aylantirishni Forobiy adolatsizlik va johillik, deb ataydi.
Davlat instituti haqidagi ta’limotida Forobiy bu institutning ichki va tashqi vazifalari haqida fikr yuritadi. Ichki funktsiyaning mohiyati shundaki, davlatning fuqarolarni haqiqiy baxtga erishishi uchun o’tkazadigan tadbirlari asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlar quyidagilardir: adolatning o’rnatilishi, xalqning savodini Chiqarish, uni borliq haqidagi asosiy bilimlar bilan tanishtirish, aholini axloqiy va intellektual sohada samarali tarbiyalash, yaxshi va namunali ishlarni keng tarqatish. Iqtisodiy va siyosiy muammolar asosiy maqsadga – insonlarni ma’naviy kamolatga erishishlariga bo’ysinishlari lozim. Faqat iqtisodiy muammolar bilan chegaralanib qolish, siyosatni esa asosiy maqsadga aylantirib qo’ygan davlatni Forobiy johil davlat, deb ataydi.
Tashqi funktsiyaning mohiyati esa avvalambor, ushbu Shahar yoki mamlakatni tashqi dushmanlardan muhofaza qilish, ya’ni mudofaa masalalarida namoyon bo’ladi. Johil davlat uchun boshqa davlatlar bilan doimiy urushlar odib borish, fuqarolarini esa asir olish, o’zgalar mulkini tortib olish amali xosdir. Ideal davlat esa urushlarni faqat mudofaa maqsadida, fuqarolarning farovonligini saqlash uchun olib boradi.
Forobiy boshqaruv instituti shakllariga ham o’zining katta e’tiborini qaratdi. Bunda bu muammo ikkilamchi xisoblanib, asosiysi esa kishilarni baxtu-saodatga erishishlarida namoyon bo’ladi. Boshqaruv instituti bu asosiy maqsadni amalga oshirishning vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruv instituti funktsiyalari bevosita davlat boshlig’iga qo’yiladigan talablaridan kelib chiqadi. Forobiy ideal davlat boshlig’iga 12 talab qo’yadi: salomatlik, farosatlilik, kuchli xotira, zukkolik, notiqlik, ma’rifatga intilish, nafsni jilovlash, haqiqatga muhabbat, oriyatlilik, mol-dunyo ketidan quvmaslik, adolatparvarlik, qat’iylik va jasurlik. Shahar boshlig’ining boshqaruv faoliyatini sermaxsul darajasi unda mujassamlashgan ushbu sifatlarning salmog’i bilan o’lchanadi. Shuning uchun bu sifatlarning muhimligi tufayli rahbar bir odam, ikki, bir necha, yoki xalq tomonidan saylanadigan shaxs bo’lishi mumkin.
Ideal davlat institutining ideal rahbarini tasvirlab berar ekan, Forobiy bir odamning Shuncha sifatga ega bo’lishini juda murakkab, deb hisoblaydi. Chunki tabiatan Shunday xususiyatga ega bo’lgan insonlar juda kam uchraydi. Shuning uchun Forobiy rahbarlikka bir odamni emas, balki ikki va undan ko’proq insonlarni taklif qiladi, Lekin baribir u bir odamning, kuchli shaxsning rahbarligiga o’z moyilligini bildiradi.
Albatta, Platon, Aristotel va Forobiy o’z ta’limotlariga sotsial institut tushunchasini bevosita qo’llamaganlar. Lekin ular tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-siyosiy nazariyalarda sotsial institut muammolari o’z davri xususiyatlarida tadqiq etilgan. Masalan, Platon o’z qarashlarida siyosiy institut – davlatning funktsiyalariga asosiy e’tiborini qaratgan bo’lsa, Aristotel ta’limotida iqtisodiy institut, ya’ni hozirgi kundagi eng dolzarb hodisa – o’rta sinf instituti ideal jamiyatning asosiy poydevori bo’lib xizmat qiladi. Forobiyning asarlarida esa boshqaruv instituti markaziy o’rinni egallaydi.
XX asrda sotsial institut haqidagi keng miqyosli, zamonaviy ilk tasavvurlarni taniqli amerikalik sotsiolog T.Veblen ishlab chiqdi. O’z asarlarida u jamiyat evolyutsiyasini sotsial institutlarning tabiiy tanlovi, deb e’tirof etadi. Bu fikrlar yuqorida ta’limotlari tahlil qilingan mutafakkirlarning ilmiy-tarixiy merosiga to’la mos keladi. O’z mohiyatiga ko’ra sotsial institutlar tashqi o’zgarishlar tomonidan vujudga keltiriladigan, rag’batlarga javob qaytaruvchi dastlabki vosita sifatida namoyon bo’ladi.
O’z navbatida yana bir amerikalik olim R.Mills institut tushunchasini sotsial rollarning yig’indisini tashkil etuvchi hodisa sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, sotsial institutlar bajarayotgan vazifalariga (diniy, harbiy, ma’rifiy, huquqiy va hokazolar.) mos tarzda institutsional tartibni belgilab beradi.
Nemis sotsiologi A.Gelen mazkur masala tahliliga optimal tarzda yondashgan. Uning fikricha, institut bu – huddi jonvorlarning fe’l-atvorini boshqaradigan instinktlar kabi kishilarning ma’lum bir oqimga yo’naltirilgan xatti-harakatlarni muvofiqlashtiruvchi muassasa bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, institutlar kishilarning hulq-atvorlarini tartiblaydigan qoidalarni ta’minlaydi va ularni jamiyat to’g’ri, deb hisoblaydigan yo’ldan yurishga undaydi.
Polyak olimi YA.Shepanskiy shunday fikrni ilgari suradiki, unga muvofiq sotsial institutlar muassasalar tizimi bo’lib, ularda sotsial guruhlar a’zolaridan saylangan kishilar ma’lum bir ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun vakolatga ega bo’ladilar. Mazkur vakolat doirasida esa kishilarning individual va guruhiy ehtiyojlarini qondirish hamda guruhning boshqa a’zolarining hulq-atvorini muvofiqlashtirish maqsadida faoliyat olib boriladi.
Shuningdek, ushbu olim sotsial institutlar ijtimoiy hayotda quyidagi funktsiyalarni bajaradi, deb hisoblaydi:
kishilarga turli ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini yaratish;
kishilarning sotsial munosabatlar doirasida xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi, ya’ni ko’ngil istagan harakatni bajarilishini ta’minlaydi, yoki istalmagan harakatni amalga oshirishni jazolaydi;
o’zining sotsial muvofiqlashtiruvchi tizimi orqali ijtimoiy tuzumni qo’llab-quvvatlab turadi va boshqa sotsial funktsiyalarning takror ishlab chiqarishini amalga oshiradi;
kishilarning intilishlari, harakatlari va munosabatlarining integratsiyasini amalga oshiradi va ularning ushbu hamkorligi asosida jamiyatdagi ichki jipslikni ta’minlaydi.
Rossiyalik sotsiolog S.S.Frolov horijiy adabiyotlarni tanqidiy ruhda tahlil etib, sotsial institut tushunchasiga o’zining quyidagi ta’rifini berishga harakat qiladi: «Sotsial institut bu – jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ahamiyatli ijtimoiy qadriyatlar va tartiblarni o’zida mujassamlashtirgan sotsial aloqalar va me’yorlarning uyushgan tizimidir».
YUqorida keltirilgan turli xil yondashuvlarni umumlashtirib, A.I.Kravchenko sotsial institutlar o’zida quyidagilarni namoyon qiladi, deb hisoblaydi:
me’yorlar va maqomlarni mujassamlashtirgan rollik tizimini;
udumlar, an’analar va hulq-atvor qoidalarining yig’indisini;
formal va noformal tashkilotlarni;
ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini muvofiqlashtiruvchi me’yor va muassasalar yig’indisini;
sotsial harakatlarning alohida majmuasini.
Demak, sotsial institularni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini (oila, ishlab chiqarish, davlat, ta’lim, din va hokazolar.) muvofiqlashtiruvchi me’yor va mexanizmlar yig’indisi sifatida talqin qila turib, sotsiologiya bizni ushbu mexanizmni jamiyatning fundamenti yoki bazoviy elementi sifatida tushunishimizga asos topib berdi, desak sira mubolag’a bo’lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, sotsial institutlar muammosining tahlili sotsiologiyadagi evolyutsionistik maktab, aniqrog’i, ingliz sotsiologi Gerbert Spenserning tabiat va jamiyat hodisalarini aynanlashtiruvchi yondashuvi xususiyatiga o’xshab ketadi.
Ma’lumki, G.Spenser o’zining asosiy asarlaridan bo’lgan «Sotsiologiya asoslari»dagi boblaridan birida to’g’ridan-to’g’ri «jamiyat bu – organizmdir», deb ta’kidlaydi, biologik va sotsial organizmlarga (jamiyat) xos bir turkum o’xshashliklarni sanab o’tadi:
- agarda biologik organizm ho’jayralardan tashkil topgan bo’lsa, sotsial organizm (jamiyat) esa konkret kishilardan tashkil bo’ladi
- jamiyat ham biologik organizmga o’xshab hajm jihatidan o’sish xususiyatiga egadir. Masalan, kichik davlatlar asta-sekinlik bilan imperiyaga aylanib boradi;
- jamiyatning o’sish darajasiga muvofiq uning strukturasi ham biologik evolyutsiya jarayoniga o’xshab murakkablashib boradi;
- biologik organizmda ham sotsial organizmda ham struktura differentsatsiyasi funktsiya differentsatsiyasiga xos bo’ladi;
- agarda biologik organizmning biror-bir a’zosi xastalansa, organizmning boshqa a’zolari faoliyat ko’rsatib turadi (albatta faqat ma’lum bir muddat davomida), jamiyatning biror-bir sohasi zaiflashsa, boshqa sohalar ham bir muddat faoliyat ko’rsatib turishi mumkin. Lekin keyin biologik organizm uchun ham, sotsial organizm uchun ham jiddiy xavf-xatar vujudga keladi.
Yuqoridagi sotsiologik an’anaga tayanib, shunday fikrga kelish mumkinki, jamiyatda sotsial institutlarning roli huddi tabiatdagi biologik instinktlar bajarayotgan vazifaga mos keladi. Masalan, jonvorlar atrof muhitga o’zlarining instinktlari orqali moslashadilar. Instinktlar ularga shavqatsiz hayvonot olamida tirik qolish va o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Kishilik jamiyatida bu funktsiyani asrlar davomida kechgan madaniy evolyutsiya negizida shakllangan sotsial institutlar bajaradi. Ular ham kishilarga, albatta alohida kishiga emas, balki jamiyatni hamma a’zolariga ijtimoiy hayotda mavjud bo’lish va faoliyat olib borish uchun kurashda yordam beradi.
Ijtimoiy hayotni tashkil etuvchi barcha sotsial institutlar asosiy va asosiy bo’lmagan kategoriyalarga bo’linadi. Shuningdek, tashkil topish davri va mavjud bo’lish holati ham sotsial institutlarni tasniflash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Amrikalik sotsiolog R. Mills zamonaviy jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan beshta asosiy institutlar turini alohida ajratib ko’rsatadi:
iqtisodiy institutlar (ho’jalik faoliyatini tashkil etuvchilar);
siyosiy institutlar (hokimiyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi);
oila institut (jinslar o’rtasidagi munosabatlar, bolalarni tug’ilishi va ularning ijtimoiylashuv jarayonini tashkil etuvchi);
harbiy institutlar (jamiyat xavfsizligini ta’minlash bilan shug’ulanuvchilar);
diniy institutlar (jamoaviy tarzda ilohiyotni ulug’lashni muvofiqlashtiruvchi).
A.I.Kravchenko ijtimoiy hayotni tashkil etuvchi fundamental institutlar quyidagi maqsadga erishish mexanizmi bo’lib xizmat qilishini alohida ta’kidlab o’tadi1:
avlodni davom ettirishga bo’lgan ehtiyoj (oila va nikoh institutlari;
ijtimoiy xavfsizlik va tartibga bo’lgan ehtiyoj (siyosiy, huquqiy va davlat institutlari);
yashash uchun vositalarga ega bo’lishga ehtiyoj (iqtisodiy institutlar, ishlab chiqarish);
bilimlarni uzatish, voyaga etayotgan avlodning ijtimoiylashuvi, mutaxassislarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj (keng ma’nodagi ta’lim instituti, shuningdek, fan va madaniyat institutlari);
ma’naviy va hayot mazmuni muammolar echimiga mos ehtiyoj (din instituti).
Sotsial institutlar ma’lum bir funktsiyalarni, ya’ni vazifalarni bajaradilar. Funktsiya tushunchasi lotincha «functio» so’zidan olingan bo’lib, bajarish, amalga oshirish ma’nolarini bildiradi. Kundalik hayot terminida gapirilsa, sotsial institutlarning funktsiyasi bu – jamiyatga foyda keltirish, ya’ni hal qilinayotgan vazifalar, maqsadlarga erishish va ko’rsatilayotgan xizmatlarning yig’indisidir.
Sotsiologiyadagi institutsional maktab vakillari: S.Lipset, D.Landberg va boshqalar sotsial institutlarning quyidagi funktsiyalariga asosiy e’tiborlarini qaratadilar:
jamiyat a’zolarini ko’paytirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut - oiladir;
ijtimoiylashuv – kishilar tomonidan mazkur jamiyatda o’rnatilgan hulq-atvor namunalari va faoliyat vositalarini boshqa kishilarga uzatish. Oila, ta’lim, tarbiya, din, madaniyat va boshqa sotsial institutlar bu jarayonni sodir etilishining asosiy omillari bo’lib xizmat qilishadi;
moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash. Iqtisodiy institutlar ushbu vazifalarni bajaruvchi asosiy institutlardan hisoblanadi;
ma’naviy-ma’rifiy muammolarni hal qilish. Bunda asosan ta’lim, tarbiya, din va boshqa institutlar faoliyati muhim ma’no kasb etadi.
Rossiyalik sotsiologlar – A.A.Radugin va K.A.Radugin sotsial institutlar bir-birlaridan o’zlarining funktsional sifatlari bilan farq qilishlarini ta’kidlab, ularni quyidagicha tasavvur qilishlarini bayon etishadi:
iqtisodiy-ijtimoiy institutlar – mulkchilik, ayirbosh, pul, banklar, turli turdagi ho’jalik birlashmalari. Ular barcha ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimoti bilan Shug’ullanib, bunda jamiyat iqtisodiy hayotini boshqa sohalar bilan bog’lanishini ta’minlaydilar;
siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari. Ular ma’lum bir siyosiy manfaatni ko’zlash maqsadida konkret siyosiy hokimiyatni o’rnatish va uni qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradi. Ularning yig’indisi mazkur jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarish va ularni saqlanishini ta’minlaydi va jamiyatdagi mavjud ijtimoiy strukturaning barqarorligini saqlaydi;
ijtimoiy-madaniy va tarbiya institutlari. Madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o’zlashtirish va takror ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lib, kishilarning ijtimoiyilashuv jarayonini amalga oshirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |