Samsung'ning logotipi atigi 3 marta o‘zgartirilgan
Kompaniya logotipi 70 yillardan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, bu davrdan so‘ng, ancha barqaror bo‘lib keldi. 1993-yilda hozirgi logotip yaratilgan, shu bilan Samsung o‘z logotipini 3 marta o‘zgartirgan, xolos.
O‘QING: Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?
Samsung Electronics kompaniyasining haqiqiy faoliyati 1993-yilda boshlangan
Samsung bir necha o‘n yillardan buyon elektronika mahsulotlari biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsa-da, faqatgina 1993-yilga kelib kompaniya Raisi Li Kun Hi tashabbusi bilan mahsulot sifatini ta’minlashni eng ahamiyatli jihatga aylantirish siyosti ilgari surildi. U o‘z xodimlaridan "oilalaridan boshqa hamma narsani" o‘zgartirishni so‘ragan. Bu siyosatni amalga oshirish uchun Samsung Kadrlar bo‘limi rivojlanish markazi ishchi-xodimlar uchun kasbiy treyninglar ham tashkillashtirgan.
1995-yilgacha o‘zgarish bo‘lmadi...
1995-yilga kelib, kompaniyada hali hanuz hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmagan edi va janob Li mahsulot sifatidan qoniqish hosil qilmaydi. O‘z siyosatini amalga oshirish uchun u o‘zlari ishlab chiqargan telefon, televizor, faks apparat va boshqa texnikalarni bir joyga tog‘dek qilib yig‘diradi. So‘ng, direktorlar kengashidagilar bilan bu texnikalarning har birini bolg‘a va boshqa qurollar yordamida parcha-parcha qilib tashlaydi.
Li bu voqeani tomosha qilish uchun 2000 nafar xodimini ham o‘sh joyga chaqirtirib, hozir qilgandi. Bu voqea natijasida 50 mln dollar miqdoridagi qurilmaviy ta’minot vositalari kuli ko‘kka sovurilgan va talafot yangi Samsung'ning dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘nggina "Uch yulduz" uchun yangi boshqaruv davri boshlandi, izchil rivojlanish kuzatildi, jahon bozorlarida ham muvaffaqiyatlarga erishildi va keyingi o‘n yilliklar ichida ham shunday bo‘lib qoldi.
Samsung mijozlari janob Li va o‘sha voqeada ishtirok etgan boshqa dirketorlarga minnatdorchilik bildirishlari kerak. Sababi aynan ularning tavakkal qilishga bo‘lgan jasorati bugun mijozlar foydalanayotgan sifatli mahsulotlar sababchisidir. O‘sha kundan boshlab, kompaniya elektronika sanoatida o‘z innovatsiyalari bilan ko‘plab marotaba pionerlik qilib kelmoqda.
Ilk CDMA telefon
1996-yilda Samsung CDMA texnologiyasidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi SCH-100 telefon modelini yaratdi. Foydalanuvchiga unchalik ham ko‘p qulaylik yaratmaydigan, GSMdek darajada emas, deb baholangan bo‘lsa-da, o‘sha davr uchun yangi standart bo‘lgan CDMAning GSMdan ba’zi afzalliklari bor edi.
To‘g‘ri, hozir bunday bo‘lmasligi mumkin, biroq yangi texnologiyani sinab ko‘rishga qaror qilgani uchun Samsung tahsinga sazovordir.
Ilk soat-telefon
Ha, to‘g‘ri, hozir smartfoningizni "bezovta qil"masdan Gear oilasi qurilamalari vositasida SMS xabar yozishingiz yoki telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirishingiz mumkin, biroq aslida soat-telefonlar bozori, ancha oldin 1999-yilda boshlangan.
O‘ziga xos bu soat-telefonda nafaqat vaqtni ko‘rish, balki 90 daqiqagacha telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshrish mumkin bo‘lgan. Akkumulyator shu funksiyalarga xizmat qila olardi, xolos. Bu gadjetning ekraniga to‘xtalsak, soatga LCD tipdagi ortdan yorituvchi monoxrom displey o‘rnatilgan. Klavishli tugmalar ham bo‘lgan. Eng qizig‘i, xotirada saqlangan kontaktlarga ovozli buyruq orqali qo‘ng‘iroq qilish ham mumkin edi.
Gadjet muvaffaqiyatli chiqmadi, biroq Samsung Gear oilasi qurilmalaridan ancha oldin "smartwatch"lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi juda ham hayratlanarli faktdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |