LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANING
KRITIK DARAJASI
Agar nerv tolasiga qisqa vaqt davomida kuchsiz elektr toki ta‘sir ettirilsa, tola ichidagi
elektrod tinchlik potensialining sal o‘zgarganini qayd qiladi. Bu elektrotonik
potensialdir. O‘zgarmas elektr toki bilan nerv tolasiga ta‘sir etilganda membrana
potensialining o‘zgarishi katod (manfiy elektrod) va anod (musbat elektrod) atroflarida
turlicha bo`ladi. Tok ulanganda sirtdan o‘rnatilgan katod tagida depolyarizatsiya kelib
chiqadi, bu o‘zgarish katelektroton deyiladi. Shu vaqtning o‘zida anod ostida
giperpolyarizatsiya, ya‘ni anelektroton ro‘y beradi. Kuchsiz o‘zgarmas tok ta‘sirida
membranada vujudga keladigan katelektrotonik va anelektrotonik o‘zgarishlar sof fizik
tabiatga ega bo`lganidan ular potensialning sust (passiv) o‘zgarishlari deyiladi. Ammo bu
sust o‘zgarishlar membrana qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir etadi: katelektrotonga uchragan
qismida qo‘zg‘aluvchanlik oshadi, anelektrotondagi sohani qo‘zg‘atish qiyinlashadi.
Elektr toki kuchi ozroq oshirilsa, bo‘sag‘adan past ta‘sirlash samarasi kuzatiladi:
katelektrotonik potensialga yana oz miqdorda depolyarizatsiya qo‘shilib, mahaalliy
(lokal) javob shakllanadi. Membrana potensialining bu tarzda o‘zgarishi tarqoq emas,
shuning uchun u lokal javob, deb atalgan. Lokal javobning miqdori kritik darajaga yetsa,
harakat potensiali vujudga keladi. Ko‘pchilik tolalar uchun membrena potensialining –
70-80 mV dan –50 mV gacha kamayishi kritik daraja hisoblannadi.
HARAKAT POTENSIALI
Nerv, muskul va ba‘zi hujayralar kuchli ta‘sirlanish natijasida qo‘zg‘aladi, ularda
harakat potensiali vujudga keladi. Harakat potensiali membrananing juda qisqa vaqt
davom etuvchi aks qutblanishidan iborat. Tola yoki hujayra membranasi qo‘zg‘algan
qismining ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadga ega bo`ladi. Tabiiy
sharoitda harakat potensiali membrananing ma‘lum bir nuqtasida vujudga kelib, shu
yerdan tarqala boshlaydi. U juda tez ko‘tariluvchi va pastga sekinroq tushuvchi toiqin
shakliga ega (3-rasm). Egri chiziqning ko‘tariluvchi qismi membrana potensialining
manfiylikdan musbat holatga o‘tishini ko‘rsatadi.
Tinchlikda –70 mV bo`lgan nerv tolasining membrana potensiali 0,2-0,5 ms davomida
+110 mV ko‘tariladi. Bu harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi. Odatda
depolyarizatsiya membrananing manfiy zaryadi yo‘qolishi bilan cheklanmaydi.
Membrana potensiali elektroneytral chiziqdan o‘tib, musbatlashadi. Egri chiziqning bu
qismini overshut yoki nishondan o‘tib ketish dayiladi. Depolyarizatsiya cho‘qqisiga
yetganda, membrananing musbat zaryadi 30-40 mV ni tashkil qiladi, umuman uning
depolyarizatsiyalanish miqdori 100-110 mV ga teng. Bundan keyin repolyarizatsiya
bosqichi boshlanadi, membrananing potensiali asli holiga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |