O’zbekiston respublikasi qonun chiqaruvchi holkimiyat Parlamentning davlat organlari tizimida o’rni va mavqeyi juda muhim. “Parlament” so’zi fransuzcha “parler” so’zidan olinib, “gapirmoq”, “sozlamoq” ma’nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi “so’zlovchi” organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo’lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215-yili hokimiyatning zo’ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va “Erkinliklar Buyuk xartiyasini” e’lon qilishdi. Unga ko’ra davlatning asosoiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan. Shu davrgacha qirol o’z bilgaicha insonlar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan edi. Parlamentning paydo bo’lishi tarixiy zarurat bo’ldi. Chunki, qanchalik odil qirol bo’lganida ham, u oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi kerak bo’lardi. Parlament ana shu maqsadda oddiy kishilar manfaatlarini ko’zlab davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi. Aynan parlamentning paydo bo’lishi jamiyatni evolyutsion rivojlanishiga xizmat qildi. Chunki parlament fuqarolar, ularning turli guruhlari o’rtasida ziddiyatlarni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda barcha uchun qulayroq yechimni topib, jamiyatda murosa va tinchlikni ta’minlagan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parlamentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o’zida mujassamlashtirishni maqsad qilib qo’ygan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo’yicha davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uch asosiy tayanchdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat idorasining uyg’un faoliyatini ta’minlash vositalari, ularni davlat siyositining umumiy yo’nalishlari bo’yicha murosasiga keltirish va bu idoralalrning bir-birlarini xatolar, zo’ravonlikardan tiyib turish mexanizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlangan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-maddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi.
1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar, Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi hisoblanar edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan ko’pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti I. Karimov Oliy Majlisning 1-sessiyasida so’zlagan nutqida bu farqlarni ko’rsatib o’tib, shunday degan edi: “Oliy Majlis sobiq Oliy Kengashdan butun mazmun bilan farq qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o’z faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigachabuni yaqqol isbotlaydi”.
Respublika Oliy Majlisninig sobiq ittifoq davridagi Oliy Kengashdan birinchi eng muhim farqiOliy Majlis ikki palata – Senat va Qonunchilik palatalaridan iborat.
Respublika Oliy Majlisning avvalgi Respublika Oliy Kengashidan ikkinchi farqishundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi marta haqiqiy ko’ppartiyaviylik tamoyili asosida shakllandi. Har bir partiyaning deputatlari Oliy Majlisda partiya fraksiyalarini tashkil etadi. Ular orqali siyosiy partiyalar Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib, shu tariqa davlat hokimiyatini amalga oshirishda munosib hissa qo’shadigan bo’ldilar.
Respublika Oliy Majlisning Oliy Kengashdan uchinchi farqishundaki, Oliy Majlis deputatlarni shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosda soni va o’rnini avvaldan ko’rsatib, shakllanishidan butunlay farq qilib, hozirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo’yicha saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bo’ladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati jami 100 nafar, jumladan 84 nafar hududiy vakillardan va 16 nafar fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan, alohida xizmat ko’rsatgan eng obr’li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan Senat a’zolaridan iborat bo’ladi.
Respublika Oliy Majlisining avvalgi Oliy Kengashdan to’rtinchi farqishundaki, Oliy Majlis Senat tarkibidagi a’zolarning ma’lum bir qismi Oliy Majlis Senati tizimlari va uning qo’mitalarida doimiy ishlash uchun qoldiriladi. Qonunchilik palatasining 120 nafar deputatlari doimiy ishlaydi.
Respublika Oliy Majlisining yana bir farqli jihatishundaki, Oliy Majlis O’zbekistonni mustaqil tasqi siyosat olib borishi tufayli bir qator nufuzli tashkilotlarga, jumladan: Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlarining Parlament Assambleyasiga a’zo bo’ldi. Oliy Majlis O’zbekistonning jahondagi barcha Parlamentlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o’z qoshida maxsus parlamentlararo aloqalar qo’mitasini tashkil etgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirish vakolatiga egadir.