O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Urganch Davlat universiteti Texnika fakulteti
O^ zbekistonning eng yangi tarixi _fanidan
REFERAT
Mavzu: Qishloq xo`jaligi va sanoat soxasidagi o`zgarishlar
Bajardi:202 - guruh talabasi Madrimov Izzatbek
Qabul qiluvchi:Botirova Nafosat
Urganch2020
REJA:
Aholini oziq ovqat xavfsizligini ta`minlash
Qulay agrobiznes muhitini va qo`shilgan qiymatin zanjirini yaratish
Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof- muhit muhofazasini ta`minlash
Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq- ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini
bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1- dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |