Referat mavzu: qattiq suvni samarali taqsimlash bajardi: ahliyor turdaliyev



Download 20,43 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi20,43 Kb.
#309569
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
AHLIYOR2

Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektordrenaj

tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750

mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj

tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini

rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj

tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli

meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning

maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik

meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi.

Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan

maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha

hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi.

Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming

gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda.

Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi

3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta

maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda,

shu jumladan yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari

yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari

bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi

bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chet el investitsiyalarini jalb etish Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish,

sug‘orish va zax qochirish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, suv xo‘jaligi inshootlari hamda

nasos stansiyalarni modernizatsiya qilishda sohaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki,

Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, OPEK fondi, Quvayt fondi, Xitoy Xalq

Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro

tashkilotlar va agentliklarning investitsiyalari keng jalb etilmoqda. Oxirgi 10 yilda soha

tizimini texnik va texnologik qayta qurish, yangilash uchun umumiy qiymati 1,2 mlrd.

dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon

Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro

Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng

huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv

resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan

global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda.

2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda

«6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari»

mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro

nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi

mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish

borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi.

Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati

Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo

daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni

davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv

ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda

qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan

energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.

– Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv

omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun

yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan

mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv

taqchilligi yuzaga keladi

Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida

kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish

darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud

vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda.

Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv

sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland

to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda

ishlatilishiga mos keladi.

Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq

energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda

barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik.

Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv

bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida

4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan

daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki

davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda.

– Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish, nafaqat qishloq

xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof

muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Daryoda yozgi

oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi ekotizimning izdan chiqishiga, chunonchi,

daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarini yo‘qolib ketishiga ham olib

kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008 yillarning vegetatsiya

mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yirik GES va suv omborlarini qurish bilan bog‘liq

masalalar Transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori

oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta

nozik bo‘lgan ekologik vaziyatni va suv ta’minotidagi muvozanatni buzib, ekologik

inqirozni, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi

Prezidentimizning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik

rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan

nutqi ko‘pchiligimizning

yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori

bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan

halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning

halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning Sayano-

Shushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao

va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir

vaziyatlar bunga yaqqol misoldir. Qo‘shni davlatlar manfaatlariga xizmat qilishiga

qaratilgan transchegaraviy suv resurs - larining tabiiy oqimi va rejimini o‘zgartirishga doir

xatti-harakatlar nafaqat xalqaro suv huquqlarining me’yorlariga zid, balki insonlarga va

tabiatga nisbatan bo‘lgan umum insoniy tamoyillarga ham qarama-qarshidir. Shu o‘rinda

qator savollar tug‘iladi: nimaga asoslanib transchegaraviy dar yolarning tabiiy gidrologik

rejimi o‘zgartiriladi? Sun’iy ravishda hosil qilingan suv tan qisligi hamda aholi punktlari,

ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo

hamjamiyati tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida ishlab

chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlar bu savollarga javob berishi mumkin. 2007

yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va

xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv

oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyalarga a’zo

bo‘lgan. Ushbu hujjatlarda barcha davlatlarning manfaatlari birdek hisobga olingan bo‘lib,

uning asosiy ta moyil laridan biri, bu transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona

foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib

chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv

oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi sobga olgan

holda, xalq aro huquq me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi,

transchegaraviy daryolarda yirik inshootlar qurilishi, albatta xal qaro xolis ekologik va

texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga

oshirilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi

hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib

ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya

maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni

barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda

Azaldan ota-bobolarimiz suvni har tochisini muqaddas ne’mat bilib,uning har

tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan.Chunki suv resurslarning miqdori va sifati

jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri



hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab

kelajak avlotga yetkazaylik
Download 20,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish