To’rtinchidan, O’zbekistonning xalqaro mavqei mustahkamlanib, nufiizi oshib borishining muhim omillaridan biri jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilish jarayonida yangi texnologiya va barqaror investitsiyani jalb qilinishidadir. Bu borada O’zbekistonning hamdo’stlik mamlakatlari orasida natijalari samaralidir. Juda qisqa vaqtda O’zbekistonda hozirgi zamon texnologiyasi bilan ishlaydigan yuzlab yirrk qo’shma korxonalar qurildi va muvaftaqqiyatli ishlamoqda. Bu qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jahon bozorlarida talab tobora oshib bormoqda. Shuningdek, O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulayligi ya’ni Markaziy Osiyoning tabiiy-xomashyo, energetika, transport va boshqa kommunikatsiyalarga qulay va boy mintaqada joylashganligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |