Uchinchidan, har bir davlatning tashqi siyosiy mavqei, nufuzi u mamlakatdagi siyosiy vaziyatga, ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual-huquqiy rivojlanish darajasiga, moddiy, tabiiy-ashyoviy zahiralarga v.h. bog’liq. O’zbekistonda barqaror tinchlikning ta’minlanishi sifatli qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga asos bo’lmoqda. Demak, mamlakatning iqtisodiy qudrati tobora mustahkamlanmoqda. O’z navbatida jamiyatda uning ko’p yo’nalishi faol tashqi siyosat uchun ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy asos hozirladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |