Referat mavzu: O’zbekiston markaziy osiyo mintaqasidagi roli tayyorladi: Yuldoshev u qabul qildi: Toshkent-2022 Reja


O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy xavfsizlikni



Download 32,12 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2022
Hajmi32,12 Kb.
#476794
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi roli

O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlashdagi o’rni va roli

Bugungi kunda dunyo davlatlari kabi Markaziy Osiyodagi davlatlar ham
globalizatsiya jarayonlariga tortilmoqda. Ko‘pchilik davlatlardagi singari,
Markaziy Osiyoda ham globalizmni tushunmaslik mavjud. Mintaqadagi ayrim
davlatlar o‘z muammolarini hal etolmasdan turli hil bayonot va chaqiruvlar bilan
chiqishmoqda. Prezident I. A. Karimov12 bu haqda: «bunday bayonot va
yondashuvlar hozirgi kundagi dunyoni jadallik bilan o‘zgartirib borayotgan globall jarayonlarni tushunmaslik» deb baholadi. 0 ‘z navbatida globalizimning Markaziy Osiyo xavfsizligi va barkarorligiga ijobiy va salbiy ta’sirini anglash juda muhimdir. Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, xalqaro noxukumat tashkilotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatning ichki ishlariga aralashadilar. Mamlakatda barqarorlikni keltirib chiqaruvchi harakatlarga «rangli inqilob yoki demokratiyani eksporti» nikobi ostida yordam beradilar. Bunday
xalqaro tashkilotlaming mohiyatini o‘rganish, ular orqasida kimlar va qanday
kuchlar turganligini aniqlash va bular haqda keng jamoatchilikni xabardor qilish
dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasiga turli xalqaro, xukumatga tegishli bulmagan
tashkilotlar, transmilliy kompaniyalar krib keldi va faoliyat yuritmoqdalar. Bu
tashkilotlar asosan uz maqsadlaridan kelib chiqib faoliyat yuritmoqdalar.
Ayrimlarining maqsadi mintaqa davlatlarida «demokratiyani eksport» qilish bilan
shugullansalar, ayrimlari mintaqa boyliklarini o‘z maqsadiga yunaltirishdan
iboratdir.
Prezident I. A. Karimov13 xalqaro terrorizm, ekstremizm narkoagressiya va
mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan boshqa transmilliy tahdidlar hamon saqlanib
qolayotganligini ta’kidlab bunday tahdidlarga Karshi samarali choralar ko‘rish,
mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bilan bog‘liq boshqa
vazifalami faqat shu zaminda joylashgan davlatlaming faol ishtiroki bilan hal etish
mumkinligini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida mintaqada davlatlarini bu boradagi
siyosatining mohiyati va yo‘nalishlarini, erishgan natijalari va maqsadga
sobitqadamligini aniqlashni talab qilmoqda. Chunki, bulami aniqlash orqali kim
qanday holda yukoridagi taxdidlarga qarshi kurashayotganligini, kim qanday hissa
qo‘shayotganligini aniqlash mumkin. Bular o‘z navbatida davlatlaming tahdidlarga
qarshi kurashdagi ma’sulligini oshiradi.
Birinchidan, Markaziy Osiyo Shimol va Janub, Sharq va G arbning о ta
muhim transport-kommunikatsiya yo‘llarini bog‘lovchi vosita bo lib hisoblanadi.
Bu hududdan yuz yil ilgari Yevropadan to Xitoy va Hindistongacha cho`zilgan.
Buyuk ipak yo‘li marshrutlari qatnagan bo‘lsa, bugungi kunda ulami qayta tiklash
ishlari borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Transmilliy temir yo‘l magistralining, avtomobil yo‘Harming qurilishi va Afg‘oniston hududida transport kommunikatsiyalarining janubga chiqish imkoniyatlarini kengayishi bilan bu yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu esa mintaqaviy transport yo‘llarining ahamiyatini oshirishga, ulaming transit imkoniyatlarini kengaytirishga, sarmoyalami jalb qilish uchun mustahkam asoslami yaratishga qulay imkoniyatlar tug‘diradi hamda savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalami faollashtirishiga turtki bo‘ladi. Istiqbolda Markaziy Osiyo dunyoning ikki geosiyosiy markazi - Osiyo va Yevropani bog‘lovchi ko‘prikka aylanadi.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo islom va xristian, sharq va g‘arb sivilizatsiyalarining to‘qnash joyi hisoblanadi. Mintaqa uchta dunyoviy dinlar: islom, xristian dini va buddizmning kesishgan nuqtasida joylashganligi XIX asming o‘rtalaridanoq Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va Turkiya kabi davlatlaming e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Bu omil esa mintaqaning jahon madaniyatidagi o‘mini belgilab beradi. Uchinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasi yirik geostrategik kuchlaming (Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va AQSh) manfaatlari tutashgan hudud deb e’tirof etiladi. Uning geosiyosiy ahamiyati uning Xartlend va Rimlend oralig‘ida - dunyoviy davlatlaming doimiy geosiyosiy o‘zaro kurashi mavjud hududda joylashgan. Bu esa ko‘plab noqulayliklar tug‘diradi. Xartlend va Rimlend oralig‘i to‘g‘risida Makinder o‘zining 1904 yilda «Jo‘g‘rofiy jumal» oynomasida Chop etilgan «Tarixning jo‘g‘rofiy o‘qi» nomli asarida fikr yuritib, bu borada o‘z geosiyosiy formulasini taklif etadi. Unnig ta’limotiga ko‘ra, «Kimki Sharqiy Yevropani nazorat qilsa, Xartlend ustidan hukmronlik qiladi; Kim Xartlend ustidan ft nazorat o‘matsa, dunyo orollari ustidan hukmronlik qiladi». Mazkur ta’limot asosida butun dunyoning yirik davlatlari o‘z tashqi geosiyosiy strategiyalarini amalga oshirmoqdalar. 1997 yilda qabul qilingan RF milliy xavfsizlik konsepsiyasida davlatning hayotiy muhim manfaatlari qatorida Yevroosiyo va MDH mintaqasida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan qudratli davlatni shakllantirish
ko‘zda tutilgan.
2002 yilda AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan «AQSh milliy
xavfsizlik strategiyasi»da «AQSh xavfsizlikni ta’minlash borasidagi olib
borilayotgan siyosatning muhim yo‘nalishlari sifatida Sharqiy Yevropa va sobiq sovet ittifoqi davlatlarida demokratiyani rivojlantirishga yordam berish» deb e’tirof etilgan. AQSh tomonidan milliy maqsadlaming asosiy kriteriyasi bo‘lmish demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish siyosatini dunyo mintaqalarida (Sharqiy Yevropa va sobiq SSSR hududidagi Yangi mustaqil davlatlarda) faol olib borilishini AQSh manfaatlar dunyoning boshqa hududlarga tarqatilishinita’minlashi, deb e’tirof etsa bo‘ladi.
To’rtinchidan, mintaqaning neft va gaz zahiralariga boy hudud ekanligidir Ushbu xorijiy davlvatlami doimo o‘ziga jalb etib turadi. Markaziy Osiyoda razvedka qilingan neft zahiralari 15 dan 31 mlrd. barrel yoki barcha dunyo zahiralarining 2,7 foizini, tabiiy gaz zahiralari 230 dan 360 trillion kub. futni, ya’ni dunyo zahiralarining 7 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Yaqin Sharqning neft zahiralari dunyo zahiralarining 55 foizini, ulkan Janubiy Amerika zahiralari 8 foizni tashkil etadi. Mazkur masala yuzasidan izlanish olib borayotgan ayrim geologlaming fikricha, ulkan Markaziy Osiyo hududi va Kaspiy dengizi havzasi hali yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Kelgusida bu hududda juda ko‘p miqdorda uglevodorod xomashyo zahiralarini zabt etish kutilmoqda.
Jahon tarixiga kirib kelgan XXI asr xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka nisbatan. kontseptual yondashuvlaming rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqich yasadi. Keng ma'nodagi milliy xavfsizlik kontseptsiyasi davlatlaming o‘z qadriyatlari va manfaatlariga, bu qadriyatlar va manfaatlarga tahdidlarga nisbatan rasmiy darajada qabul qilingan yondashuvlar tizimidan, shuningdek bu qadriyatlar va manfaatlami amaldagi va ehtimol tutilgan tahdidlardan himoya qilish usullaridan iborat. Hozirgi notinch dunyoda davlatlaming milliy xavfsizligiga juda ko‘p tahdidlar saqlanib qolmoqda. Milliy mojarolar va nomuayyan rejimli davlatlar jahonning ko‘pgina mintaqalarida mavjud. Ommaviy qirg‘in qurolining tarqalishi, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va ekologiya muammolari milliy chegaralami bilmaydi va jahonning barcha davlatlarini bir xilda tashvishga solmoqda. Xavfsizlikning dunyo miqyosidagi muammolari, chunonchi: resurslaming kamayishi, aholining jadal sur'atlarda o‘sishi, atrof muhitning ifloslanishi, odamlaming ommaviy migratsiyasi juda ko‘p mamlakatlarda keskin tus olgan.
Hozirgi vaqtda xavfsizlikning kontseptual asoslari nazariyachilari milliy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan an'anaviy yondashuvlami qayta ko‘rish zarur degan
fikrga keldilar. Bu:
1) Sovet Ittifoqining parchalanishi va Varshava Shartnomasi tashkilotining tugatilishi Sharq-G‘arb munosabatlarida keskinlikni pasaytirgani;
2) urushqoq mustabid davlatlarga qarshi tinch yo‘l bilan kurashish vositalarining nufuzi va ta'siri oshgani;
3) amaliyot o‘ta qudratli davlatlar beqaror bo‘lishini, ular o‘z ta'sir doirasiga kiruvchi mamlakatlar va mintaqalardagi siyosiy o4zgarishlami nazorat qila
olmasligini isbotlagani;
4) uchinchi dunyoda beqarorlikning oshishi xavfsizlikka islom omilining ta'sirini kuchaytirgani bilan bog‘liq;
Ko‘rsatilgan holatlar "siyosiy realizm" nazariyalariga (ularga Makiavelli,
Gobbs, Nibur va boshqalaming asarlari asos bo‘lgan; hozirgi vaqtda "siyosiy
realizm" maktabining davomchilari Morgentau, Kissinjer, Z. Bjezinskiy va
boshqalar hisoblanadi), ayniqsa, ulaming davlatlardagi ichki siyosiy vaziyatni uning xalqaro xavfsizlik bilan aloqasini hisobga olishga doir qismiga jiddiy zarba
berdi. Bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan zamonaviy kontseptual yondashuvlardan jahon hamjamiyati nazariyalari keng o‘rin olmoqda. Jahon hamjamiyati tushunchasining tahlili milliy davlatlaming jahondagi roli va davlat suverenitetining istiqbollari haqidagi tasawurlar bilan bog‘liq. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda har bir davlat xalqaro munosabatlar bo‘yicha hamkorlarining xavfsizligi bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelmoqda, chunki yadroviy tanglikka mintaqaviy mojaro ham, harbiy kemalar o‘rtasidagi to‘qnashuv ham, kompyuterlar xatosi ham, terrorchilar harakati mahsuli sifatidagi yadroviy intsident ham sabab bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat hayotiy muhim anfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganlik holati sifatida ta'riflanadi. Jahondagi, ayniqsa Markaziy va Janubiy Osiyodagi murakkab vaziyat 0 ‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini davlatimiz xavfsizligini, shuningdek butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta'minlashning muhim sharti qilib qo‘ymoqda. Mudofaa sohasida normativ bazaning yaratilishiga 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan "0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"gi Qonun bilan asos solingan. Bu Qonunda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa ishlari bo‘yicha vazirlik tashkil etish va mustaqil harbiy siyosat olib borish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Respublika Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan "O‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv yurtlari
to‘g‘risida"gi Qaror yuqorida zikr etilgan qonunni amalga tatbiq etish yo‘lida
tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasining "Mudofaa to‘g‘risida"gi
Qonuni (1992-yil 3-iyul), Oliy Majlisning "Harbiy qasamyod to‘g‘risida"gi Qarori (1992-yil 3-iyul), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida" (1992-yil 3-iyul), "Muqobil xizmat to‘g‘risida" (1992-yil 3-iyul) qonunlar, O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining "Milliy xavfsizlik Kengashini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoni (1995-yil 1 may), Oliy Majlis tomonidan" O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi" (1995-yil 30-avgust), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Nizomlari (1996-yil dekabr), boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi terrorizmga qarshi kurash strategiyasini ishlab
chiqishda mintaqa miqyosida mavjud shartnomalardan, masalan, Evropa Kengashi 1977-yilda qabul qilgan Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Evropa
konventsiyasidan keng foydalanmoqda. Terrorizmga qarshi kurashda Shanxay hamkorlik tashkilotining roli oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik ikki taraflama darajada ham rivojlanmoqda. Masalan, Turkiya Respublikasi bilan О zbekiston Respublikasi o‘rtasida "Terrorizm, giyohvandlik vositalar kontrabandasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida" qo‘shma bayonot qabul qilindi. Shu jumladan idoralararo darajada ham terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikki taraflama bitimlar Rossiya, Turkiya, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan tuzildi. Terrorizmga qarshi kurash bo£yicha bitimlaming asosiy maqsadi terrorizmning har qanday ko4rinishlarini qoralash, terrorchilik harakati qanday sababga ko‘ra sodir etilganidan qat'i nazar, uni g‘ayrihuquqiy deb e'tirof etishdan iborat. Bunda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlar zamirida aut dedere, judicare (yo topshir, yo jazola) printsipi yotadiki, bu aybdorlar jazolanishining muqarrarligini ta'minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmga qarshi kurash kontseptsiyasini
amalga oshirishda BMT yordami va ko‘magiga suyanmoqda, BMT Bosh
Assambleyasi 1994-yilda qabul qilgan Xalqaro terrorizmga barham berish choratadbirlari to‘g‘risidagi deklaratsiyada belgilangan normalarga qat'iy rioya
qilmoqda.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ularga xalqaro tashkilotlar kuchg‘ayrati qarshi qo‘yilgan va Markaziy Osiyo davlatlari bahamjihat harakat qilgan
taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. 1999-yil oxirida Qirg‘izistonning O‘sh
viloyati va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hududida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya qurolli kuchlarining vakillari ishtirokida
"Hamdo‘stlikning janubiy qalqoni-99" qo‘shma qo‘mondonlik-shtab
mashqlarining o‘tkazilishi bu yo‘lda tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.
Rossiya Prezidenti V. Putinning 2000-yil 18-19-mayda O‘zbekistonga rasmiy
tashrifi chog‘ida ikki davlat boshliqlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokara ham
xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikki taraflama qo‘ shma chora-tadbirlar
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Muzokara davomida xalqaro
terrorizmga qarshi kurashning zarurligi xususidagi pozitsiyalar to‘la mos kelishiga
erishildi. Bu kurash 1999-yil Toshkentda 0 ‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida
tuzilgan Harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
2000-yil aprelda Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari Toshkentda
imzolagan to‘rt taraflama bitim terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro
uyushgan jinoyatchilikka hamda mamlakatlar barqarorligiga boshqa tahdidlarga
qarshi kurashda hamkorlikning huquqiy negiziga aylandi. Markaziy Osiyoda ish olib borayotgan ekstremistlar o‘ziga e'tibomi qaratish va boshqa davlatlar ko‘magidan foydalanish uchun har xil diniy shiorlami niqob qilib olmoqdalar. Islom ekstremizmi ilgari asosan Yaqin Sharqda o‘zini namoyon etgan bo‘lsa, kofir "sho‘roviylar"ga qarshi kurashda mujohidlar tayyorlash uchun lagerlar va bazalar tashkil etilgan Afg‘onistondagi 20 yillik urush munosabati bilan u o‘z doirasini ancha kengaytirdi. Jahon axborot agentliklarining ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston hududida "Tolibon" harakati ixtiyorida maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtirishdan iborat bo‘lgan bir necha lager uzoq vaqt mobaynida ish olib borgan.
Islom aqidaparastlari "dastlabki" islomga qaytish, xalifalik ko‘rinishida
islom davlati qurish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va diniy madaniy hayotni Qur'oni
karim va Shariat asosida qurish g‘oyasini ilgari surmoqdalar. Agar ta'sirchan
choralar ko‘rilmasa, diniy ekstremizm islohotlar va demokratik o‘zgarishlarga
katta zarar etkazishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlari sharoitida islom aqidaparastlari o‘z siyosiy
maqsadlariga erishish uchun terrorchilik tadbirlari uyushtirish usulidan tobora ko‘p
foydalanmoqdalar. Masalan, 1997-yil oktyabrda Namangan tumanida ular mahalliy
amaldorlar va militsiya xodimlariga bir necha suiqasdlar uyushtirdilar, mahalliy
aholini hukumatga qarshi chiqishlar qilishga da'vat etdilar. 1997-1998-yillarda
vahhobiylar shunday tadbimi Qirg‘iziston janubida o‘tkazdilar, 1999-yil fevralida
esa ular O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovga qarshi terrorchilik tadbiri
uyushtirdilar.
Markaziy Osiyo davlatlari terrorchilaming kirdikorlariga o‘z uyushqoqligi va birdamligini qarshi qo‘ymoqdalar. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bir qancha xalqaro anjumanlar, seminarlar va uchrashuvlarda xavfsizlik masalalariga doir muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi:
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha Toshkent
seminar-kengashi (1995-yil 15-16-sentyabr);
"Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli hudud" xalqaro konferentsiyasi
(1997-yil 15-16-sentyabr);
Afg‘oniston masalasi bo‘yicha "6 2" guruhining Toshkent uchrashuvi va
unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ma'ruzasi.
Mamlakatimiz Toshkentda bir necha konferentsiyalar o‘tkazgan EXHT
yig‘ilishlarida faol ishtirok etmoqda. Ular orasida demokratiya va inson huquqlari
masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya ayniqsa muhim о rin egallaydi.
O‘zbekiston NATO doirasida amalga oshirilayotgan "Tinchlik yo‘lida hamkorlik"
dasturiga qo‘shildi va mazkur dastur doirasida o‘tkazilayotgan mashqlarda ishtirok
etmoqda. 0 ‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov NATO nafaqat Evropada, balki
keng Evrosiyo mintaqasida ham barqarorlik omiliga aylanishi mumkinligini
ta'kidladi.
Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish va jahon huquqiy tartibotini o‘matishda
ishtirok etish - bu avvalo BMT faoliyatida ishtirok etish demakdir. О`zbekiston
BMTga, uning tinchlikni saqlash borasidagi ulkan salohiyatini hisobga olgan
holda, mamlakat jahon tizimiga qo‘shilishining muhim vositasi sifatida
qaramoqda.
BMT universal kollektiv xavfsizlik tizimining negizi hisoblanadi. Tashkilot
Ustavida uning jahonda tinchlikni barqaror etish uchun samarali kollektiv choratadbirlar ko‘rish borasidagi vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bu vakolatlar
tinchlikni barqaror etishning eng muhim preventiv choralari sifatida nizolami tinch
yo‘l bilan hal qilishni (2-moddaning 3-bandi va IV bob), kuch ishlatish yoki kuch
ishlatish bilan qo‘rqitishni taqiqlashni (2-moddaning 4-bandi), xalqaro vaziyatni
beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan turli xalqaro muammolami hal qilishda keng
hamkorlikni (1-moddaning 3-bandi, IV va IX boblar), qurollanishni cheklashni
hamda qurolsizlanishni (11, 26, 47-moddalar) o‘z ichiga oladi. Xalqaro
mojarolami tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, BMT qurolli kuchlardan
foydalanmasdan (41-modda) yoki ulaming yordamida (42-modda) majburlov
choralarini ko‘rishi mumkin.
Ustavning 40-moddasi qoidalari asosida "er kurrasining qaynoq nuqtalarida"
harbiy kuzatuvchilar missiyalari va BMT bayrog‘i ostidagi qurolli kuchlar yordamida tinchlikni saqlash bo‘yicha BMT operatsiyalarini o‘tkazish barqaror va
samarali amaliyoti shakllangan. BMT Ustavining VIII bobida mintaqa miqyosida
kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlarini tuzish imkoniyati nazarda tutilgan
bo‘lib, ular BMT maqsadlari va printsiplariga mos kelishi, muayyan geografik
hudud doirasidagi nizolargagina taalluqli bo‘lishi va shu doiradan chetga
chiqmasligi kerak.
Bunday tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi: Evropada - 1949-yildan beri
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan SHimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)
va Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT); Evrosiyo qit'asi doirasida
1992-yildan beri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlami o‘z ichiga
olgan kollektiv xavfsizlik tizimi va mazkur Tashkilotning ta'sis hujjatlari va
keyingi hujjatlariga muvofiq yaratilgan mexanizmlar shakllanmoqda; tegishli
mintaqa davlatlariga qarshi agressiya yuz bergan holda kollektiv choratadbirlardan foydalanish imkoniyati Arab davlatlari ligasi, Afrika birdamlik tashkiloti va Amerika davlatlari tashkilotining ta'sis hujjatlarida va ular bilan bog‘langan boshqa hujjatlarda ham nazarda tutilgan.
Xalqaro xavfsizlik huquqining shakllanishi va rivojlanishida qurolli kuchlar
va qurollanishni cheklash va qisqartirishga, urush olib borishning ayrim o‘ta xavfli
vositalarini yo‘q qilib tashlashga, qurolsizlanishga qaratilgan ko‘p taraflama
xalqaro bitimlar muhim rol o‘ynamoqda. Ulaming orasida 1972-yilgi
Bakteriologik (biologik) va zaharli qurollami ishlab chiqish, yasash va ulaming
zaxiralarini to‘plashni taqiqlash hamda ulami yo‘q qilish to‘g‘risidagi konventsiya,
1963-yilgi Atmosfera, koinot bo‘shlig‘i va suv ostida yadro qurolini sinovdan
o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, 1968-yilgi Yadro qurolini
tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma, 1971 -yilgi Yadro qurolini va ommaviy
qirg‘in qurolining boshqa turlarini dengizlar va okeanlar tubida va uning ostida
joylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, 1967-yilgi Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma alohida o‘rin egallaydi. Bu va
boshqa shunga o‘xshash ko‘p taraflama hujjatlar ayni shu tartibga solish
obektlariga doir ko‘p sonli ikki taraflama shartnomalar bilan to‘ldiriladi.
1996-yilda Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning
qabul qilinishi xalqaro xavfsizlik huquqining shakllanishida muhim voqea bo‘ldi.
Shartnomaning 1-moddasiga muvofiq har bir ishtirokchi davlat yadro qurolini
sinov tarzida portlatmaslik va umuman hech qanday yadro portlashini amalga
oshirmaslik, shuningdek o‘z yurisdiktsiyasi yoki nazorati ostidagi har qanday
joyda shunday yadro portlashini taqiqlash va oldini olish majburiyatini oladi
Ishtirokchi davlatlar Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi
shartnoma Tashkilotini ta'sis etdilar. Tashkilot qarorgohi Vena shahrida
joylashgan. Tashkilotning oliy organi - ishtirokchi davlatlar Konferentsiyasi.
Tashkilot ijro qo‘mitasi 51 a'zodan iborat. Shartnomaga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish maqsadida nazorat rejimi ta'sis etiladi. U xalqaro monitoring tizimi, maslahatlashish va tushuntirishlar berish, joyda inspektsiya o‘tkazish va ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlaridan iborat.


Download 32,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish