MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT
FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI
XORIJIY INVESTITSIYALAR FANIDAN
РЕФЕРАТ
Mavzu: “O’zbekiston iqtisodiyotiga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning
ustuvor yo’nalishlari".
Topshirdi: Tohirov M.
Tekshirdi: Rahmatova N
TOSHKENT – 2014
Reja:
I. Kirish
II.
1. Xorijiy investitsiya.
2. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish
sabablari.
3. ―Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
tashkil
etishni
va
ularning
faoliyatini
rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida‖.
4. O‘zbekiston
iqtisodiyotida
investitsiyalarning
rivojlanishi.
5. Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish
monitoringi boshqarmasi.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Investitsiya – taraqqiyot tayanchi
Mamlakatimizda
xorijiy
investitsiya
ishtirokidagi
korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar,
qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan,
ro‗yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish
tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta‘sir choralari faqat
sud orqali amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar
va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini
ta‘minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan ―To‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni
kuchaytirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
qarori muhim omil bo‗lmoqda.
Poytaxtimizda
xorijiy
investitsiyalar
ishtirokidagi
korxonalarning faoliyatiga bag‗ishlangan seminarda shu haqda
gap bordi.
Toshkent shahar hokimining o‗rinbosari F.Ziyayev va
boshqalar
Prezidentimiz
Islom
Karimov
rahnamoligida
yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani samarasida
iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi
izchil o‗sayotganini ta‘kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga
oshirish natijasida yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab
chiqarish hajmi o‗sib, yangi ish o‗rinlari yaratilmoqda.
Seminarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga
berilayotgan imtiyoz va kafolatlar bo‗yicha amaldagi qonun
hujjatlariga kiritilgan o‗zgartish va qo‗shimchalar haqida batafsil
ma‘lumot
berildi.
Shuningdek,
poytaxtimizda
faoliyat
yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi.
Joriy yilning o‗tgan davrida Toshkent shahar adliya
boshqarmasiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
tomonidan tushgan qirqdan ortiq murojaat ko‗rib chiqilgan.
Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi
yuzasidan sudlarga da‘vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo‗shma
korxonalar foydasiga jami 423 million so‗mdan ortiq pul
mablag‗i undirilgan. Qonun buzilishiga yo‗l qo‗ygan tegishli
idoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va ko‗rsatmalar kiritilgan.
Xorijiy investitsiya
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan
yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida
mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual
boyliklaridir.
Chet
el
investitsiyalari
ichki
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga
kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini
ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb
qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi
manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari
bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli.
Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari
maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan
foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan
xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig
o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar
risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
O'zbekiston qonunchiligi
„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida―gi Qonunga koʻra
Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar
quyidagilar boʻlishi mumkin:
chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki
hududiy organlari;
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga
muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq
subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq
tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik
shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar
yoki uyushmalar;
chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar,
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy
yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.
Xorijiy investitsiyalarning shakllari
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir
qancha shakllari mavjud:
ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni
tashkil etish;
100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan
xorijiy korxonalarni tashkil etish;
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻʼba
korxonalari va filiallarini tashkil etish;
konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;
tenderlar eʼlon qilish;
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish
sabablari.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib
chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital
qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya
mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya»
tushunchasi
iqtisodiy
va
boshqa
faoliyat
ob`ektlariga
kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir
huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi
milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik
faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-
bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan
asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga
erishishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha
tasniflanadi:
Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish
maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;
Investitsion
loyihalarni
amalga
oshirish
jarayonida
investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlardir.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida
o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib,
investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:
moliyaviy investitsiyalar;
moddiy investitsiyalar;
aqliy (intellektual) investitsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining
o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga
mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi
omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,
veksel‘‘lar
va
boshqa
qimmatli
qog`ozlar
shamda
tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar,
asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa
turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv
qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-
barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar
aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy
resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari
bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy
bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy
mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga
mualliflik huquqlari, ―nou-xau‖, kashfiyotlar, tovar belgilariga
beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab
chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy
shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga
qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u
yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi
mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan
aylanma
kapitalning
o`zgarishiga
ketgan
harajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat
ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va
qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi
mumkin.
Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va
asbob-uskunalar sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo
etishga ketgan harajatlardir.Investitsiyaga ketgan harajatning
miqdori ikki omilga bog`liq: birinchisi – sof foydaning
kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga
ketgan harajatlaridan olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz
stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo`lgan
pulga ega bo`lishi uchun to`lashi lozim bo`lgan baho. Agarda,
kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan
foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali
bo`lmay qoladi.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun
yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to`la qonli xorijiy
investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari
borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan,
elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro
shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin
xorijiy investitsiya bo`la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan
yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida
mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual
boyliklaridir.
Xorijiy
investitsiyalari
ichki
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga
kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi
shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali
(ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel‘
investitsiyalarga
bulinadi.
Investitsiyalar
nimaga
yunaltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini
belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan
katnashib,
xorijiy
investorlarga
to`liq
tegishli
bo`lgan
korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy
sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi,
er va boshka tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega
bulishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari
mumkin.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir
ko`rsatadi:
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab
chiqarishning
rivojlanishi
va
iqtisodiy
usish
sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chukur tarkibiy
siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti
yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib
borilishi);
-ishlab
chiqarishni
xalqaro
ixtisoslashuvi
va
kooperatsiyalashuvining chukurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi
(AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining
maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4
marotaba ortikdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya
jarayonlarining chukurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va
boshk.
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy
hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib
borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini
xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-
quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va
boshqalar.
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda)
O‗zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va
ularning faoliyat ko‗rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish,
ularning
respublikaning
iqtisodiy
salohiyatini
mustahkamlashga
hamda
jahon
iqtisodiyotiga
integratsiyalashishga qo‗shadigan hissasini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, eksportga mo‗ljallangan va importning
o‗rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va
ularning samarali faoliyat ko‗rsatishini rag‗batlantirish
O‗zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya
siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.
2. O‗zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy
investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga
bo‗lgan huquqi himoya qilinishini ta‘minlovchi, ular uchun
qulay
investitsiya
muhitini
yaratuvchi
kafolatlar
va
imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq
ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil
etish, ro‗yxatdan o‗tkazish va ularning faoliyat ko‗rsatishi
tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish,
hukumat
qarorlarida
nazarda
tutilmagan
qo‗shimcha
ma‘lumotlar va hujjatlarni so‗rash taqiqlansin.
Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning
faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va
qo‗shma
ishlab
chiqarishlar
soni
ko‗payishiga
ko‗maklashishlariga va rag‗batlantirishlariga qarab baho
berilishi haqida ogohlantirib qo‗yilsin.
3. «O‗zistiqbolstat» davlat qo‗mitasi, O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy
investitsiyalar
ishtirokidagi
korxonalarni
eksportga
mo‗ljallangan va importning o‗rnini bosuvchi mahsulot ishlab
chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb
hisoblash tartibi to‗g‗risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va
tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Eksportga mo‗ljallangan va importning o‗rnini bosuvchi
mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi
qo‗shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:
ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq
krediti olish huquqi berilsin, ya‘ni byudjetga
to‗lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‗shilgan
qiymat solig‗i va er solig‗i yuzasidan to‗lovlar ikki
yilgacha muddatga kechiktirilsin;
ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming
AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig‗i
to‗lashdan ozod qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil
16 iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini
yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-
modda)
6.
O‗zistiqbolstat»
davlat
qo‗mitasi,
O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va
korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab
chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‗yicha
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish
bo‗yicha
investitsiya
takliflarini
bir
oy
muddatda
aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini
ko‗rsinlar.
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‗yicha
agentlik, «O‗zbekinvest» milliy sug‗urta kompaniyasi ko‗rsatib
o‗tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‗yxatini chet el
elchixonalari
va
vakolatxonalariga,
manfaatdor
xorijiy
banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar.
7. O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‗zistiqbolstat» davlat
qo‗mitasi, Davlat mulki qo‗mitasi hamda Fan va texnika davlat
qo‗mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‗yicha agentlik bilan birga
xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta‘minlashning yagona
tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar,
bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
respublikada
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning yo‗nalishi va borishi, iqtisodiyotga
investitsiya
qo‗yishning
shartlari
va
ustuvor
yo‗nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar
huquqlari
va
manfaatlarini
himoya
qilishning
amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng
doirasini tanishtirish;
xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ
hujjatlar,
yo‗riqnoma
va
axborot-ma‘lumot
materiallari bilan ta‘minlash;
axborot tarmog‗ini hamda ustuvor investitsiya
takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi
potensial sheriklar to‗g‗risida yagona ma‘lumotlar
bazasini yaratish.
8. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi
iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‗rsatiladigan
bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy
muddatda takliflar kiritsinlar.
9. O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki
ishlar
vazirligi
soddalashtirilgan
viza
rejimini,
xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish
yuzasidan sherikchilik aloqalari o‗rnatish uchun keluvchi chet el
fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari,
yashashlari hamda respublika hududi bo‗ylab yurishlari tartibini
ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
10. O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya
vazirligi, Davlat soliq qo‗mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun
hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‗zgartirishlar
va qo‗shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda
tayyorlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV
O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning
rivojlanishi
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el
investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy
etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy
rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda ―Chet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida‖gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun
yanada
qulay
shart-sharoitlarni
ta‘minlash,
xorijiy
investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy
mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi
investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-
mayda 205-son ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni
huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o‘tish
joizdir.
О‘zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining
ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati
yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas,
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib
berilmoqda. O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha
belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan
investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda
investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va
preferensiyalar
tizimi
yaratilgan.
Iqtisodiyotimizga
jalb
etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga
ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizning
investitsion
jozibadorligi
keng
ko‘lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning
investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini
belgilab
beruvchi
multimodal
kommunikatsiya
tizimiga
integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani
bilan ham bog‘liq. O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan
xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan
bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan
bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy
Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq
davlatlariga chiqish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xalqaro
investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy
investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan
preferensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni
o‘zida mujassam etgan. O‘zbekiston Respublikasining
investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik
tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. ―Xorijiy
investitsiyalar
to‘g‘risida‖gi,
―Investitsiya
faoliyati
to‘g‘risida‖gi, ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularni himoya qilish choralari to‗g‗risida‖gi qonunlar,
shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari
shaklida qabul qilinayotgan qator me‘yoriy-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni
huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat
qilmoqda.
Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni
rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‗yilmalar kiritayotgan
xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya
muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga
oshirish
uchun
xorijiy
investitsiyalar
jalb
etilishini
rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi
turli byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz
Islom Karimovning ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida‖gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali
qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan
ziyod
korxona
tashkil
etilib,
muvaffaqiyatli
faoliyat
ko‘rsatmoqda,
Qisqacha qilib aytganda, 2012-yilda 270 dan ortiq
investitsiya loyihasini nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu
borada 2012-yilgi Investitsiya dasturi investitsiya siyosatini
amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Uning
parametrlari davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risidagi
qarori bilan tasdiqlangan.Investitsiya dasturi doirasida 2012-
yilda O‘zbekistonda 23,6 trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalarni
o‘zlashtirish rejalashtirilgan edi. Ularning 5,47 milliard so‘mi
markazlashtirilgan, 17,9 trillion so‘mini nomarkazlashtirilgan
investitsiyalar tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati 1,7 trillion
so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlarni teng ravishda o‘z
kafolati ostida jalb qiladi. Shuning 301 milliard so‗mi qishloq
joylarda uy- joy qurishga yo‘naltiriladi. 4,3 trillion so‘mni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil
qiladi.
Xulosa qilib aytganda xorijiy sheriklar bilan o‘zaro
manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki,
O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash
uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat
investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo
lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha
sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O‘zbekistonning geografik
jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog‘ining
rivojlangani, tabiiy resurslarning ko‘pligi, ishlab chiqarish
hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani,
malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga
kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.
Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish
monitoringi boshqarmasi(xisobga olish va nazorat qilish)
Boshqarmaning asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturining
Aniq manzilli ro'yxatida ko'zda tutilgan xorijiy investitsiya va
kreditlar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya
loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Davlat monitoringini olib
borish.
Iqtisodiyot
tarmoqlarini
modernizatsiyalash
va
rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy
investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda
moliyalashtirish manbalari va tasdiqlangan loyiha xujjatlari
mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish.
O'zbekiston Respublikasi Xukumati nomidan TIAISV va
xorijiy investorlar o'rtasida imzolangan investitsiya bitimlari
asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xorijiy
hamkorlar tomonidan qabul qilgan majburiyatlarini bajarilishi
yuzasidan monitoring olib borish.
Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati loyihasini,
hamda
iqtisodiyot
tarmoqlarini
modernizatsiyalash
va
rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlarini shakllantirish.
Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati doirasida
amalga
oshirilayotgan
yirik
loyihalarning
mamlakatlar,
tarmoqlar, respublika hududlari, mahsulot turlari va boshqa
kesimlarda, hamda investitsiya va moliyalashtirish yo'nalishlari
bo'yicha doimiy ma'lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish.
Jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning barcha moliyalashtirish
manbalari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni tizimli ravishda
tayyorlash.
Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga
oshirish Davlat monitoringi instituti faoliyatini yanada
yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya
loyihalarini amalga oshirish jarayonlari, vazirlik va idoralar
hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatiga,
shuningdek umumiy investitsiya faoliyati samaradorligini
oshirishga oid Normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish
bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Hukumat va boshqa ishchi guruhlar tarkibida investitsiya
loyihalarini amalga oshirish bo'yicha vazirlik va idoralar
faoliyatini reja asosida tahlil qilish va o'rganish, shu bilan birga,
loyihalarni amaliy holatini joylarga chiqib o'rganishni tashkil
qilish.
Xulosa
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda qulay investitsiyaviy
muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish bo‗yicha qonun yo‗li bilan keng
ko‗lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari
va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan
ko‗proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat
yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‗proq asosan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar o‗zlashtirilmoqda, mamlakat
iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6
foizdan ko‗prog‗i ularning hissasiga to‗g‗ri keladi. Bu esa
xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va
pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi
hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom
etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida
raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham
qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‗yicha
loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb
etilishini rag‗batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan
ishlashdagi mavjud byurokratik g‗ovlar va to‗siqlarni bartaraf
etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga
davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga
yo‗l qo‗ymaslik borasida qo‗shimcha chora-tadbirlar qabul
qilinishini taqozo etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. ―Xorijiy investitsiyalar ―-Vahobov A.V., Xojiboqiyev
Sh.X. va Mo‘minovN.G.
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorijiy_investitsiya
3.
cbu.uz/uz
4.
uza.uz/uz
5.
fikr.uz
6.
www.gov.uz
7.
www.mfer.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |