Kurs ishining maqsadi: Ma’naviyat farzandlarimizning ma’naviy qiyofasi, milliy ma’naviya qadriyatlarimizning farzandlarimiz ongida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ma’lumki,jamiyat taraqqiyoti barcha davlatlarda rivojlanishning mohiyati,uning sur’ati,insonlarning odobi,tarbiyasi,xulqi va ma’naviy kamoloti darajasiga bo’g’liq bo’lgan. Qayerda ma’naviy-ma’rifiy,madaniy.axloqiy kamolot yuksak bo’lsa,tarbiyaviy tadbirlar yo’lga qo’yilgan bo’lsa,shu yerda jamiyatning ijtimoiy adolat mezonlari tez rivojlanadi.Biz qurayotgan mustaqil O’zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiy,siyosiy va ma’naviy.Ular qancha mustahkam baquvvat bo’lsa,kelajagimiz shunchalik baquvvat bo’lib,jamiyat tez rivojlanadi.Odob-axloq me’yorlari kecha yoki bugun o’ylab topilgan narsa emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |