Referat mavzu: Lokal tarmoqlar(lan) va ularning qurulish usullari. Guruh : 712-19



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#578224
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish K.T

tarmoq
 
deyiladi. 
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: 
- past 100 Kbit/ s gacha; 
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha; 
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga 
muvofiq: 
- LAN
( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); 
- CAN
(Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki 
modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan 
kompyuter lokal tarmoq; 
- MAN
(Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) 
imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan 
tarmoq; 
- WAN
(Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va 
dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; 
- GAN
(Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq; 
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida 
elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta 


kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish 
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham 
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida 
tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi. 
4) tugunlar munosabatiga ko’ra: 
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega 
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy 
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat 
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i 
tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga 
xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; 
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda 
tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan 
foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va 
boshqalar). 
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS): 
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan 
foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i); 
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari 
ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS). 
Lokal tarmoq (LAN-Local Area NetWork) kichik bir hududda joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi. Lokal tarmoqlar odatda bitta binoni yoki bitta kavatni 
yoki biror kompakt joylashgan binolarni birlashtirish uchun mo’ljallangan. Ba'zan 
uzoqroq masofada joylashgan kopyuterlarni ham lokal tarmoqka birlashtirish 
mumkin. Lokal tarmoqni yaratishdan maqsad resurslar (printer, skaner va h.k)dan 
unumli va tejamli foydalanishdir. 


Turli ko’rinishdagi kompyuter tarmoqlarini vazifasi ularning 
quyidagi 2 funktsiyasi bilan belgilandi. 

qurilmali va dasturiy tarmoq manbalaridan birgalikda ishlay olishni 
ta'minlash; 

ma'lumotlar manbasiga birgalikda egalik qilish. 
Kompyuter tarmog’ida agar hamma foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi uchun 
maxsus kompyuter ajratilgan bo’lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter 
tarmog’ida maxsus ajratilgan kompyuter bo’lmasa va hamma kompyuterlar uz aro 
ma'lumotlarni bir-biriga teng huquqli uzatishga moslashtirilgan bo’lsa, u holda 
bunday tarmoqka bir rangli tarmoq deyiladi. Lokal tarmoq tizimini boshqarib 
turadigan mas'ul kishini tizimning boshqaruvchisi (administrator) deb yuritishadi. 
Kompyuter tarmog’ini yaratishda qurilmalarni elektrik, mexaniq parametrlari va 
kodlashtirish tizimlari hamda qiymatlar shakli bo’yicha ma'lumotlar ta'minotini 
birgalikda ishlay olishlarini ta'minlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu 
masalani standartlashtirish sohasi hal etadi. Ochik tizimlarning o’zaro bog’lanish 
modeliga asoslangandir. Xalqaro standartlashtirish institutining texnik takliflari 
asosida yaratigan ISO OSI modeliga asosan kompyuter tarmog’ini 7 pogonadan 
iborat deb karash mumkin. Jadvaldan kurinib turibdiki, har bir yangi pogonada 
tizimning funktsional bog’lanish ketma-ketligi kattalashib boradi. 


Eng yukori pogona amaliy pogona bo’lib bunda foydalanuvchilar hisoblash 
texnikasi bilan muloqotda bo’lishadi. Eng quyi pogona fizik pogona bo’lib bunda 
qurilmalar signallar bilan o’zaro almashinishi ta'minlanadi. Kompyuter tarmog’i 
ushbu etti pogonasida birgalikda ishlashi uchun ularning har birida «qaydnoma 
(protokol)» deb yuritiladigan maxsus standart ishlatiladi. Qaydnomalarni fizik 
jihatdan kullaydigan apparat vositalari «interfeys» deb deb, dasturiy vositalari 
bo’lsa dasturiy vositalar qaydnomasi deb atashadi. Kompyuter tarmog’ida 
foydalanilayotgan qaydnomalarga karab «lokal» (LAN-Local Area NetWork) va 
«Global (WAN-Wide Area NetWork)» tarmoqlarga bo’linadi. 
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko’p tarmoqli 
ierarhiyani tashqil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari 
keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog’idir. Uning tarkibiga erkin 
ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini uzi «tarmoqlar orasida» ma'nosini 
bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni 
birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari 
tashqil etadi. 
Kompyuterning mahalliy tarmoqka ulashning 3 turi mavjud. 
1. Halkasimon. 
2. Shinali. 
3. Yulduzsimon. 
Halkasimon bog’lanishda kompyuterlar yopik chizik bo’yicha bog’langan bo’ladi. 
Tarmoqning kirish qismi chikish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halka 
bo’yicha kompyuterdan kompyuterga utadi 
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Ahborot 
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa 
kompyuterlar bilan umumiy tarmoqka ulanish kerak bo’ladi. 
2.
Marshrutizatorlar alohida tarmoqlarni, umumiy tarmoqlardan iborat tarmoqqa 
birlashtiradi. Har bir marshrutizator bir nechta tarmoqqa ulangan bo`lishi 
mumkin(1-rasm). 


1-rasm.Tarmoqlardan iborat tarmoq. 
3. Marshrutizatorning asosiy vazifasi – har bir port orqali qabul qilinadigan va 
vaqtincha saqlab turiladigan tarmoq protokollari (masalan IPX, IP, APPLE TALK 
yoki DESNET protokollari) paketlarining sarlavhalarini o`qish va paketning 
tarmoq adresi, ya’ni IP-adresi asosida, uning navbatdagi marshruti qanday bo`lishi 
haqida qaror qabul qilishdan iboratdir.
Marshrutizatorlar qo`llaniladigan o`rniga qarab, bir nechta sinflarga bo`linadi (2-
rasm): 
1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo`ljallangan marshrutizatorlar. 
2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo`ljallangan marshrutizatorlar. 
3.Xududiy bo`limlar marshrutizatorlari. 
4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo`ljallangan marshrutizatorlar. 
5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari. 


2-rasm. Marshrutizatorlarning qo`llanish o`rinlari va xillari. 
Katta tarmoqlarda, ko`pincha bir nechta ierarxik sathlarda ishlovchi 
marshrutizatorlar qo`llaniladi. Bunda lokal kompyuter tarmoqlari stansiyalari 
birinchi sath marshrutizatorlariga ulangan bo`ladi. Birinchi sath marshrutizatorlari 
esa, ikkinchi sath marshrutizatorlariga ulanadi. Yuqori uchinchi sath 
marshrutizatorlari esa, faqat o`zaro bog`langan bo`ladilar. 
Marshrutizatorlarning – yuqori, o`rta (ikkinchi sath) va quyi (birinchi sath) sinflari 
mavjud. 
Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb ataladi (баcкбоне 
роутерс). Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo`ladi. Ular 
yordamida korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global 
tarmog`i magistrali hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida 
sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni ishlash amalga 
oshiriladi. 
O`rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo`limlar uchun mo`ljallangan 
marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo`limlarni, markaziy 
ya’ni, magistral tarmoq bilan bog`lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, 


yuqori sinf marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari 
hisoblanadi. 
Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun 
mo`ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo`lmagan 
ofislarni korxona tarmog`i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar 
uncha katta tezlikka ega bo`lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo`ljallangan, 
jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo`ladi.
Marshrutizatorlarni qurishda uch xil asosiy arxitekturalardan foydalanilgan: 
1.Bitta prosessorli arxitektura. 
2.Kuchaytirilgan bitta prosessorli arxitektura. 
3.Simmetrik ko`p prosessorli arxitektura. 
Bitta prosessorli arxitektura asosida qurilgan marshrutizatorlarda trafikni ishlash 
bosqichlari - filtrlash va paketlarni uzatish, marshrutlash jadvallarini yangilash, 
xizmat ko`rsatuvchi paketlarni ajratish, boshqaruvchi paketlarni shakllantirish va 
xokazo shu kabi vazifalarning barchasi markaziy prosessorga yuklangan bo`ladi. 
Kuchaytirilgan bitta prosessorli marshrutizatorlarda esa, yuqorida sanab o`tilgan 
bosqichlarning ba’zilarini bajaruvchi, qo`shimcha modullar o`rnatilgan bo`ladi. 
Simmetrik ko`p prosessorli marshrutizatorlarda, paketlarni ishlash bosqichlarini 
bajarish uchun alohida-alohida prosessorlardan foydalanilgan.
Marshrutizator (роутер) - bu qurilma katta lokal tarmoqlar tarkibidagi tarmoq osti 
tarmoqlari (субнет-lar) ichida va ular orasida uzatilayotgan axborotni, ko`priklarga 
nisbatan yana ham ishonchliroq himoya qila oladi. Negaki mar¬shrutizatorlar 
tar¬kibiy raqamli adreslar, ya’ni IP-adreslar asosida tarmoqni mantiqiy 
seg¬ment¬larga ajratadi. Bu adreslarda tarmoqning nomeri degan qismi bo`ladi. 
Adresining ana shu qismi bir-xil bo`lgan kompyuter¬lar, bir tarmoq osti tarmoqqa 
tegishli bo`ladi (3-rasm). 


3-rasm. Marshrutizatorlar yordamida tarmoqni mantiqiy strukturalash. 
4. Xulosa 
LAN - bu tarmoqda ishlatiladigan bitta texnologiya talablari asosida qurilgan 
kompyuter tarmog'i, aksariyat hollarda u Ethernet bo'lib, faqat kompyuterlarni 
qamrab oladi. SCS va LAN o'rtasidagi asosiy farq shundaki, u keyinchalik 
qo'llaniladigan dasturlardan mustaqilligi bo'lib, bu unga keng doiradagi dasturlarni 
qo'llab-quvvatlashga imkon beradi. SCS LAN-ga qaraganda kengroq tushunchadir
chunki u ovoz, ma'lumotlar va video tasvirlar kabi keng ko'lamli vazifalar uchun 
ma'lumot uzatishni qamrab oladi va shu bilan kompyuter va telefon tarmog'ini, 
yong'in va xavfsizlik signallarini, video nazorati, televizor, radioni yagona 
ma'lumot tuzilmasiga birlashtirishga imkon beradi. va h.k. To'g'ri qurilgan SCS bu 
uni boshqarish, kuzatish va kengaytirish uchun ishlab chiqilgan vositalarga ega 
ishonchli va moslashuvchan tuzilma. 
Mahalliy tarmoq (LAN) bu printer, plotterlar, disklar, modemlar, CD-ROM 
drayverlar va boshqa periferik qurilmalar kabi tarmoqqa ulangan kompyuterlarning 
manbalarini baham ko'rish imkonini beradigan aloqa tizimi. Mahalliy tarmoq 
odatda bitta yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolar bilan cheklanadi. LAN tasnifi 
Hisoblash tarmoqlari bir qator mezonlarga ko'ra tasniflanadi. Tugunlar orasidagi 
masofa bo'yicha Ulangan tugunlar orasidagi masofaga qarab kompyuter tarmoqlari 
quyidagilarga bo'linadi: hududiy - muhim jug'rofiy makonni qamrab olish; 
hududiy tarmoqlar orasida biz tarmoqlarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin 
mintaqaviy va globaltegishlicha mintaqaviy yoki global miqyosga ega; mintaqaviy 
tarmoqlar ba'zan MAN tarmoqlari (Metropolitan Area Network) deb ataladi va 
hududiy tarmoqlarning umumiy inglizcha nomi WAN (Wide Area Network); 
mahalliy (LAN) - cheklangan maydonni qamrab olgan (odatda stantsiyalarning 
uzoqligi bir-biridan bir necha o'n yoki yuzlab metr masofada, kam 1 ... 2 km); 


lANlar LAN (mahalliy tarmoq) ni bildiradi; korporativ (korxona miqyosi) - bir 
korxona yoki muassasa bir yoki bir nechta yaqin joylashgan binolarda joylashgan 
hududni qamrab oladigan bir-biriga ulangan LANlar to'plami. Lokal va korporativ 
kompyuter tarmoqlari - bu avtomatlashtirilgan dizayn (SAPR) tizimlarida 
ishlatiladigan kompyuter tarmoqlarining asosiy turi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish