Qo‘l kaftining III darajali kuyishi
IV darajali kuyish klinikasi
Bu darajada chuqur to‘qimalarning shikastlanishi ko‘mirlanish
ko‘rinishida bo‘ladi, hattoki suyaklar ham shikastlanishi mumkin.
To‘qimalar qora rangdagi sinuvchan holatga keladi. Bu darajada kuyish o‘z o‘zidan bitishi kuzatilmaydi. Nekrektomiya va amputatsiyalar bajariladi.
IV darajali kuyish
Kuyishda birinchi yordam
jabrlangan bemorni olovdan ozod etish, ustidagi yonayotgan kiyimlarini o‘chirish yoki yechib olish
- kuygan sohani sovuq suv oqimida og‘riqlar to‘xtagunicha sovitish
- aseptik yoki maxsus bog‘lam qo‘yish
- og‘riqsizlantiruvchi tadbirlarni qo‘llash
Davolash
I darajali kuyishlarga 5% sintomitsinli bog‘lamlar qo‘yiladi
Yuz sohasidagi kuyishlarni «ochiq» yo‘l bilan davolanadi (baliq yog‘i, oblepixa yog‘i)
II va III A darajada mayda pufakchalar ko‘chirilmaydi, katta pufakchalar asosida teshiladi va suyuqlik chiqarib tashlanadi. Keyinchalik sintomitsin va
levomekol malxamlari va yog‘li-furatsilinli aralashmalar bilan bog‘lamlar qo‘yiladi
Teri qavatini ko'chirib o’tkazish operatsiyasi autodermoplastika deb ataladi. Teri 2 mm qalinlikda sog' sohalardan: son, yelka, qorin old devori, beldan maxsus uskuna - Dermatom yordamida olinadi
KUYISH KLASSIFIKATSIYASI VA UNING DARAJALARI
I darajadagi kuyish
Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.
II darajadagi kuyish
II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.
Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham, infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin, bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi.
III va IV darajadagi kuyish
III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Issiq suvdan kuyish kuzatilsa, nima qilish mumkin?
Qaynoq suv to‘kilgan kiyimlarni yechish kerak;
Kuygan teri darjasini aniqlash kerak (inson kafti 1 % hisoblanadi). 10 % dan ortiq kuygan sohada, ya’ni 10 kaftga teng, tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur;
Jarohatlangan sohani “Pantenol” eritmasi bilan qayta ishlash;
Agar kuygan soha qo‘lda bo‘lsa, qo‘llarni pastga osiltirgan holda ushlamaslik kerak, shunda shish paydo bo‘lishini kamaytitishga erishiladi;
Birinchi va ikkinchi darjali kuyishlarda terining jarohatlangan sohasiga sovuq suv shimdirilgan bog‘lam qo‘yish kerak. Har ikki-uch daqiqada bog‘lamni almashtirib turiladi (20 daqiqa davomida, agar teri qoplami buzilmagan bo‘lsa);
Pufaklar paydo bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yorishga harakat qilmang;
Do'stlaringiz bilan baham: |