Referat mavzu: Kitsimonlar turkumi va asosiy turlarining yashash tarzi. Bajardi: Primov T. E biologiya (kechki) 202



Download 156,66 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi156,66 Kb.
#675459
TuriReferat
Bog'liq
kitsimonlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “ZOOLOGIYA” KAFEDRASI


REFERAT

Mavzu: Kitsimonlar turkumi va asosiy turlarining yashash tarzi.

Bajardi: Primov T.E Biologiya (kechki) 202
Qabul qildi: Shakarbayev E.

TOSHKENT 2022
Kitsimonlar (Cetacea)
Suvda yashaydigan sut emizuvchilar turkumi, 100 ga yaqin turi bor. Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda 6 oilasiga mansub 21 turi uchraydi. Boʻyi 1,2 m dan (dengiz choʻchqasi) 33 m gacha (koʻk kit). Kitsimonlar turkumiga moʻylovli kitlardelfinlarkashalotlar kiradi. Tuzilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyogʻi boʻlmaydi, oldingisi boshqaruv vazifasini bajaradigan kurakka aylangan. Terisi yalangʻoch, shilimshiq modda bilan qoplangan. Dum soʻzgichlari ikki boʻlakdan iborat. Kitsimonlar nafas olish uchun suv betiga suzib chiqib, oʻpkasini havo bilan toʻldirib oladi. Boshi ustiga oʻrnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlar bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora boʻlib otilib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yil. Ogʻirligi 1-3 tonna keluvchi 1 ta bola tugʻadi. Bolasi 4—8 oy onasini emadi. 3 yoshida voyaga yetadi. Kitsimonlar 200 metrgacha chuqurlikka shoʻngʻiydi. Mollyuskalarqisqichbaqalar va boshqa umurtqasiz hayvonlarbaliqlar bilan oziqlanadi. Suv ostida bir soat va undan ortiq tura oladi. Kitsimonlar tishsiz (moʻylovli) va tishli kitlar kenja turkumiga boʻlinadi. Kaspiy va Orol dengizidan tashqari barcha dengiz va okeanlarda, tropikdagi yirik daryolarda uchraydi. Kitsimonlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Yogʻidan glitserinmargarin va sovun tayyorlashda foydalaniladi; goʻshtidan konserva tayyorlanadi; suyagidan talqon qilinadi, jigarida vitamin A koʻp boʻladi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ovlash man etilgan. 18 turi va 1 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Koʻk kit, blyuval (Balaenoptera musculus) — yoʻl-yoʻl kitlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Dunyodagi eng yirik hayvonlardan biri, tanasining oʻz. 33 m gacha, ogʻirligi 150 t gacha, usti koʻkimtir, qorni va biqinlari zangori. Qornida oqish yoʻllari bor. Plankton organizmlar bilan oziqlanadi. 2—3 yilda bitta bola tugʻadi, bolasini 7—8 oy emizadi. Bitta kit 15—20 t yogʻ va 35—40 t goʻsht beradi.

Kashalot  (Physeter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urgʻochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30— 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor; yuqori jagʻida tishi yoʻq. K. qoʻngʻirdan to toʻq jigarrang tusda. Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. K. — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta K.dan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.

Delfinlar (Delphininae) — tishli kitlar turkumiga mansub sut emizuvchilar guruhi. Daryo D.i (Platanistidae) va delfinsimonlar (Delphinidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Daryo D.ining uz. 1,5–3 m, koʻkrak suzgichlari kalta va keng , tumshugi uzun va ingichka, tishlari koʻp (104 dan 242 gacha), koʻzlari ojiz (gang D.da koʻz gavhari boʻlmaydi). Asosan Jan. Amerika (laplat Delfin.) va Janubiy Osiyo (hind Delfin, Xitoy koʻl Delfin.) daryolarida tarqalgan. Delfinsimonlarning uz. 1,2–3 m, ayrim turlari (kosatka) 10 m gacha. Koʻpchiligida orqa suzgichi boʻladi, tumshugi choʻziq, tishlari 50 tadan koʻproq, dum suzgichining keyingi uchi chuqur kesilgan. Bosh miyasi sharsimon, yarim sharlari poʻstlogʻida juda koʻp pushtachalari bor. Delfinda kitsimonlarga nisbatan exolokatsiya va eshitish organi yaxshi rivojlangan (bir necha oʻn Gs dan 150— 196 Gs gacha chastotalik akustik tebranishlarni qabul qiladi). Tovush signallari orqali oʻzaro aloqa qiladi. Exolokatsiya organi boshining havo toʻplovchi boʻshliqlarida joylashgan. Soatiga 55 km tezlikkacha suza oladi (kosatka). 3—5 yilda balogʻatga yetadi. Bolasini 4—6 oy emizadi. Yirik Delfin. 50, maydalari 30-yilgacha yashaydi. Ovozga taqlid kila oladi, qoʻlga oson oʻrganadi. Okeanariumlarda boqilganida koʻpayishi ham mumkin. Delfinning 50 turi maʼlum. Oq biqin Delfin. va afalina deyarli hamma dengizlarda uchraydi. Dengizda faqat oq biqin Delfin shimoliy dengizlarda shimol kitsimon delfin kosatkalar tarqalgan. Koʻpchilik turlarini ovlash man qilingan.

Download 156,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish