Ko‘zda tutilgan vaziyatda sodir bo‘ladigan zaharlanish - o‘z-o‘zini
o‘ldirish
(suitsid) yoki qasddan o‘ldirish
(kriminal) maqsadlar nazarda tutiladi.
O‘zgalar mol-mulkini o‘g‘irlash va nomusga tegish kabi nojo‘yaliklar maqsadida
sodir etiladigan zaharlanishlar ko‘zda tutiladi. Hozirgi vaqtda dunyoda har 100000
aholi hisobiga o‘rtacha 120 o‘limga olib kelmagan va 13 ta o‘limga olib keluvchi
zaharlanish to‘g‘ri keladi.
Zaharlanish qay tarzda yuzaga kelganiga qarab:
Ishlab chiqarishga oid zaharlanish - Korxonada avariya yoki texnika xavfsizligi
buzilishi
oqibatida
yuzaga
keladigan
zaharlanishlar.
Turmushda sodir bo‘ladigan zaharlanish - bu tur zaharlanish kishilarning
kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy va boshqa moddalarni noto‘g‘ri
qo‘llanishi, dori moddalar va ximikatlarni noto‘g‘ri saqlash kabi ehtiyotsizliklar
oqibatida sodir bo‘ladigan zaharlanishlar nazarda tutiladi.