Referat Mavzu: Jarrohlik bemorlarni zamonaviy diagnostikasi va davolash. Endovideoxirurgiya. Transplantologiya. Og’riqsizlashtirish



Download 217,02 Kb.
bet11/19
Sana24.01.2022
Hajmi217,02 Kb.
#406813
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Turg\'unbayeva

Rentgenologik davolash.

Rentgenologik tekshiruvlar neyrodiagnostikada muhim ahamiyatga ega. Kompyuter tomografiya va magnitli-rezonans tomografiyaning tibbiyotga kirib kelishi rentgenologik tekshiruvlarni qo'llashni chegaralab qo'ydi. Biroq, rentgenologik tekshiruvlar neyrotravmatologiya amaliyotida juda keng qo'llaniladi va yuqori darajada diagnostik ahamiyatga ega. Chunki suyak-Tog'ay to'qimasi jarohatlari ko'p hollarda nerv sistemasi patologiyasi bilan namoyon bo'ladi.

Rentgen tekshiruvlarini o'tkazish uchun asosiy ko'rsatmalar

Kalla suyagi jarohatlari;

Umurtqa pog'onasi jarohatlari;

Ko'krak qafasi jarohatlari;

Elka va qo'l suyaklari jarohatlari;

Tos va oyoq suyaklari jarohatlari;

Metabolik va endokrin buzilishlarda suyaklar holatini o'rganish;

Suyak-Tog'ay to'qimasi o'smasi, anomaliyasi va patologik deformasiyalari.

Tekshiruvga monelik qiluvchi holatlar

Homiladorlikning dastlabki 3 oyi.

Psixomotor qo'zg'alishlar (tinchlantirilgandan so'ng qilinadi).

Tekshiruvga tayyorlash. Dastlab bemorga tekshiruv qonun-qoidalari haqida ma'lumot beriladi. Diagnostika maqsadida qo'llaniladigan rentgen nurlari odamga havfsizligi va tekshiruv bor-yo'g'i bir necha daqiqa davom etishi tushuntiriladi. Tekshiruv paytida hech qanday noxush holatlar kuzatilmasligini ham albatta aytib o'tish lozim. Bemorni kuzatib kelgan odamga boshqa xonada kutib turish tavsiya etiladi. Tekshiruv o'tkaziladigan sohadagi metall buyumlar, ko'zoynak, tish protezlari va taqinchoqlar echib qo'yiladi. Tekshiruvni o'tkazish. Tekshiruv bemorni rentgenologik stolda yotqizib, tik turg'azib yoki stulda o'tqazgan holatlarda o'tkaziladi. Bemorga tekshiruv paytida qimirlamaslik aytiladi va tekshiriladigan sohalar immobilizasiya qilinadi. Rentgenologik xulosalar. Nevrologiyada kalla suyagi rentgenografiyasi (kraniografiya) i umurtqa pog'onasi rentgenografiyasi (spondilografiya) alohida ahamiyat kasb etadi. Xulosa yozayotganda kalla suyagi shakli, hajmi, qalinligi, zichligi, kalla suyaklarining joylashuvi, ular orasidagi choklar holati (ayniqsa, bolalarda), qon tomirlar soyasi, turk egari, kranial bo'shliqlar va sinuslar holati aks etishi kerak.

Kraniografiya. Kraniografiya o'tkazish uchun asosiy ko'rsatmalardan biri – bu kranioserebral jarohatlardir. Kraniografiya KTSJ ro'y bergan kuniyoq o'tkazilishi talab etiladi. KTSJ da, ko'pincha, kalla suyagi gumbazi va asosida darz ketishlar yoki sinishlar aniqlanadi. Kraniografiya yon va to'g'ri proektsiyalarda qilinadi. Ana shunda to'liq ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Agar kalla suyagi zichligi yuqori bo'lsa, kichik sinishlar va darz ketishlar aniqlanmay qolishi mumkin.

Kraniografiya yordamida kalla suyagining tug'ma anomaliyalari va patologik deformasiyalar ham yaxshi aniqlanadi. Masalan, meningioma, kraniofaringioma, gipofiz adenomasi, mielom kasalliklarda kalla suyagi deformasiyasi kuzatiladi. Ayniqsa, turk egari yupqa va mo'rt bo'lganligi bois intrakranial jarayonlarda tez deformasiyaga uchraydi. Masalan, ikg da turk egari yanada yupqalashadi, mo'rtlashadi (osteoporoz) va unga kirish sohasi kengayadi. Agar turk egari juda kattalashib ketgan va deformasiyaga uchragan bo'lsa, bu holat gipofiz adenomasi yoki shu joydan o'sayotgan kraniofaringioma bilan bog'liq.

Kalla suyagiga yaqin joylashgan patologik jarayonlarda (meningioma, kraniofaringioma, surunkali epidural va subdural gematomalar) lokal giperostoz va kaltsifikatlar aniqlanadi. Pedjet kasalligida kalla suyagining ko'p joylarida giperostoz vujudga keladi. Ba'zida beozor kaltsifikatlar kalla suyagi va xatto bosh miyaning turli sohalarida (masalan, epifizda) aniqlanishi mumkin. Bu holat, odatda, kaltsiy almashinuvining buzilishi bilan bog'liq.

Bolalarda uchraydigan gidrosefaliyada kalla suyagi yupqalashib, uning xajmi kattalashib ketadi. Kuchli ifodalangan ikg da ham kalla suyagi yupqalashadi, osteoporoz shakllanadi, turk egari kengayadi, qon tomirlar soyasi va "barmoq izlari" paydo bo'ladi. Bemor qancha yosh bo'lsa, kraniogrammada ikg belgilari shuncha yaqqol namoyon bo'ladi.

Spondilografiya. Umurtqa pog'onasi rentgenografiyasi yordamida umurtqalarning bir-biriga nisbatan joylashuvi, deformasiyasi, jarohatlari, o'smalar, umurtqa sili, umurtqalararo yoriqlar holati, umurtqa zichligi, shakli, xajmi va undagi osteofitlar aniqlanadi.

Spondilografiyada umurtqa pog'onasining 5 ta anatomik qismi farqlanadi: bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum qismi. Bo'yin umurtqalari kichikroq, bel-dumg'aza umurtqalari esa yirikroq xajmga ega. Spondilografiya vrach tavsiyasiga ko'ra bo'yin, ko'krak yoki bel-dumg'aza sohasida o'tkaziladi. Tekshiruv o'tkazilayotganda nafas olib uni ushlab turish tavsiya etiladi.

Umurtqa pog'onasi rentgeni, odatda, to'g'ri va yon proektsiyalarda qilinadi. Vrach tavsiyasiga ko'ra boshqa proektsiyalar ham tanlanishi mumkin. Agar bemor kuchli og'riqlar bilan olib kelingan bo'lsa, rentgen tekshiruvlar o'tkazishdan oldin analgetiklar qilinadi. Bemor umurtqa pog'onasi jarohatlari sababli immobilizasiya qiluvchi taxtakachlar bog'langan holatda olib kelinsa, rentgenologik tekshiruvlar dastlab ularni echmasdan o'tkaziladi.

Umurtqa pog'onasi normada quyidagi egilishlarga ega: bo'yin va bel qismida biroz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida biroz orqaga egilgan bo'ladi. Bu holat bo'yin va bel lordozi, ko'krak va dumg'aza kifozi deb aytiladi


K alla suyagi va bo'yin umurtqalari. Norma. 1 — chakka suyagi; 2 — pastki jag'ning yuqori o'siqchasi; 3 — pastki jag'; 4 — ensa suyagi; 5 — Atlant (bo'yinning 1 - umurtqasi); 6 — aksiz (bo'yinning 2-umurtqasi); 7 — bo'yinning 3-umurtqasi; 8 — 5-umurtqaning o'tkir o'sig'i; 9 — 6-umurtqaning ko'ndalang o'sig'i; 10 — foraminal teshik; 11 — 7-umurtqaning o'tkir o'sig'i; 12 — o'mrov suyagi; 13 — to'sh; 14 — bo'yin-ensa bo'g'imi; 15 — I va II bo'yin umurtqalari; 16 — bo'yinning 2-umurtqasi; 17 — bo'yinning 4-umurtqasi; 18 — bo'yinning 5-umurtqasi; 19 — bo'yinning 6-umurtqasi; 20 — bo'yinning 7-umurtqasi


Download 217,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish