9. Xiyonat, o‘g‘irlik qilma
O‘ljadan hali u taqsim qilinmay oldin xiyonat qilib yoki o‘g‘irlab olma.
Xiyonat va o‘g‘irlik gunohi kabira. Bu borada juda ko‘p oyat va hadislar mavjud.
10. Qo‘rqoqlik qilma
Urushdan qo‘rqoqlik qilib qochma. Chunki hadislarda urushdan qochish gunohi kabira ekanligi ta'kidlangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aytilgan gaplarning hammasi urush vaqtiga qaydlanganligi, hatto urush vaqtida ham haddan tajovuz qilmaslik kerakligi kelib chiqadi. Musulmonlar bu qoidalarga ming yillardan beri amal qilib kelganlar. Bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lganlar.
Turli oqim va firqalar esa yuqorida aytilgan o‘nta nasihatning aksariga balki ularning hammasiga xilof qiladi.
Islom dini daraxtni payxon qilma, hayvonni qiynama, hatto chumoliga ozor berma, deb bong urib turgan bir vaqtda yerda fasod qilib, mavjudotlar gultoji joniga tajovuz qilish nimasi?!
Eng achinarlisi tub aholisi musulmon bo‘lgan xalqlar bu sitamlardan eng ko‘p jabr chekmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |