Referat mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Bajardi: Sodikov r andijon-2021 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Asosiy savollar



Download 142,5 Kb.
bet1/7
Sana10.06.2022
Hajmi142,5 Kb.
#650059
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat mavzu Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilis


REFERAT


Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari

Bajardi: Sodikov R


Andijon-2021
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
Asosiy savollar:

  1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi

  2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari

  3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)

  4. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
1-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o‘zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofon, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Inson rivojlangan sari uning ehtiyojlari ham shiddat bilan o‘zgarib, ortib boradi. Iqtisodiy resurslar esa cheklangan. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bolgan daromadlar ham taqsimlanadi.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish