Malumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.
Internet Explorer dasturining uskunalar paneli
Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo’llanilsa, ba'zilari tez-tez qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalarpaneli\s^M. etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuyidan iborat bo’lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.
Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:
Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarh murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.
Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo’lib, oson o’zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog’idagi Web-sahifa ochiladi va zarur bo’lsa, qog’ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo’yiladi.
Internet tarmog’idagi Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli Web-sahifa adresini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru deb vozib. lENTER klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida rambler.ru Web-sahifasi paydo bo’ladi. Huddi shunday ketma-ket bir necha Web-sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi "Orqaga" va "Oldinga" amallari yordamida ochilgan Web-sahifalar bo'yM> harakatlanish, ya'ni oldingi yoki keyingi ochilgan Web-sahifaga o’tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarfianishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi "To’xtatish" tugmasini bossangiz, Web-sahifani Internetdan qabul qilish to’xtatiladi va ma'lumotlar oynasida mazkur Web-sahifaning o’qib ulgurilgan qismi qoladi.
Ma'lumotlar oynasidagi Web-sahifani qog’ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi "Chop etish" tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan Web-sahifalarni "Tanlangan" papkasiga qo’shib qo’yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi "Tanlangan" rugmasi bosiladi.
Hosilbo’lgan "Tanlangan" oynasidagi "Qo’shish..." (добавить...) tugmasi bosilsa, ekranga "Tanlanganlarga qo’shib qo’yish" (3,o5aBJieHHe b roGpaHHoe") lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi "OK" tugmasi bosilsa, ko’rsatilgan Web-sahifa "Tanlangan" papkasiga qo’shib qo’yiladi. Keyinchalik "Tanlangan" papkasiga kirganda, undagi Web-sahifalar ro’yxatida mazkur Web-sahifa nomini ko’rish mumkin. Endi bu Web-sahifani chiqarish uchun uning ro’yxatdagi nomini tanlash kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |