Insulinni ta'sir etish mеxanizmi
Insulin qonga o’tkanda erkin va plazma oqsili bilan bog’langan shaklida bo’ladi. Erkin holdagi Insulin shu gormonga sezgir hamma hujayralarga, bog’langan shakli esa faqat yog’ to’qimasiga ta’sir etadi.
Insulin membranadagi rеtsеptor bilan bog’lanib insulin-retseptor komsplеksini hosil qiladi. Bu kompleksni hosil bo’lishi mеmbranada joylashgan ferment va Ca2+, Na+, K+ ionlarni, glyukozani, aminokislotalarni, transport oqsillarini konfiguratsiyasini o’zgartirib nofaol holdan faol holga o’tkazadi. Insulinni eng muhim effekti – gipoglikemik, qondagi glyukoza miqdorini glyukozani hujayra ichiga transporti hisobiga pasaytirish – insulinni membranaviy effekti.
Hujayra ichidagi metabolizmga ta’sir etayotganda insulinni membranaviy – hujayra ichidagi mexanizmi namoyon bo’ladi. Membranada joylashgan retseptor insulin bilan kompleks tashkil qilib, guanilatsiklaza faolligini oshiradi
( GTF Gs→ sGMF + PP I ) hosil bo’lgan sGMF proteinkinazalarni modifikatsiyaga uchratib metabolizmga ta’sir etadi.
Shuningdеk insulin hujayra ichki vositalarni hosil bo’lishiga ham ta’sir etadi. sGMF orqali guanilatsiklazini faolligini oshirib, sAMF konsеnratsiyasini kamaytiradi. Insulinni bu ta’siri natijasida qonda glyukoza, aminokislota, yog’ kislotalar, glitserin va K+ konsentratsiyasi pasayadi, hamda siydik bilan aminokislot va K+ chiqib ketishini ham kamaytiradi. Shuning uchun insulinni metabolizmga ta’siri anabolik ta’sir deb ataladi, (+) musbat azot balansi bilan xarakterli.
Insulin yetishmovchiligida – qandli diabet rivojlanadi. Qandli diabet 2 xil ko’rinishda bo’ladi. 1. Insulin bilan bog’liq formasi (IZSD) – insulinni sintezi va sekretsiyasi pasayganda kelib chiqadi; 2. (INZSD) – a) qonda erkin holdagi insulinga nisbatan bog’liq formadagi insulinni miqdori oshib ketadi, natijada glyukozani faqat yog’ to’qimasi o’zlashtirib, undan yog’larni sintezlaydi; b) Insulinni retseptorlarini miqdori kamayishi, yoki defektli retseptor va insulin sintezlanib retseptor va insulin kompleksi hosil bo’lmaydi
Diabetda katabolik jarayonlar anabolik jarayonlardan ustunlik qiladi glyukozani o’zlashtirilishi pasayganligi tufayli lipoliz oshib ketadi, bunda qonda yog’ kislotalarni, glitserinni, xolesterinni miqdori oshadi va ular qon bilan siydikka chiqa boshlaydi. Qondagi keton tanachalar pH ni pasaytirib organizmga jiddiy ziyon keltirishi mumkin.
Glyukogon – Mm = 3485 bo’lgan oqsil, 29 ta aminokislota qoldig’idan iborat. A – hujayralarda proglyukogon sintezlanadi, u 37ta aminokislotadan tuzilgan bo’lib, proteazalar yordamida gidrolizga uchrab faol glyukogonga o’tadi. Glyukogonni sekretsiyasi qonda Ca2+ va argininni miqdori oshganda ko’payadi, glyukoza va samotastatin ta’sirida kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |