Referat mavzu: Fuqorolik huquq subeyktlarining tarkibiy elementlari



Download 50,52 Kb.
Sana01.12.2022
Hajmi50,52 Kb.
#875961
TuriReferat
Bog'liq
zuxriddin 4



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“TARIX VA YURIDIK” FAKULTETI
“FUQAROLIKKA KIRISH” FANIDAN
REFERAT
Mavzu:Fuqorolik huquq subeyktlarining tarkibiy elementlari

Bajardi: Yurisprudensiya 5.1.22-guruh talabasi Xamidov Z
Tekshirdi: Bozorov S

Buxoro 2022
REJA:
1.Yuridik shaxslarning filialari va vakolatxonalari
2.Yuridik shaxs Tovar belgilari xizmat kursatish belgilari va Tovar kelib chiqqan joy nomlariga bulgan huquq

Vakolatxona - yuridik shaxsning o'zi joylashgan joydan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi alohida bo'linmasi.


Filial - yuridik shaxsning joylashgan joyidan tashqarida joylashgan va o'z vazifalarini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini to'liq yoki bir qismini bajaradigan alohida bo'linmasi.Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ularga mol-mulk ularni tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan beriladi va u tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi. Komissiya va filiallar rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi va uning ishonchnomasi asosida ish yuritadi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘z vazifalarini amalga oshirish va aholiga yaqindan xizmat ko‘rsatish maqsadlarida o‘z filiallari (bo‘limlari, idoralari, agentliklari) ni tashkil etishlari mumkin. Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir Filial yuridik shaxsning tarkibiy qismi bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi va muayyan bir joyda yuridik shaxsning vazifalarniboshqarishga xizmat ko‘rsatish maqsadida tuziladi.Filiallar o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida ba’zi yuridik harakatlarni qilishlari mumkin. Ammo bunday harakatlar natijasida olingan
majburiyatlar yuzasidan yuridik shaxs mulkiy javobgar bo‘ladi.Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi O ‘zbekiston Respublikasi qonunining 7moddasida ko‘rsatilishicha, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ushbu qonun talablariga rioya etgan holda O ‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shuba korxonalar, filiallar, shuningdek, yuridik shaxs boimagan vakolatxonalarva boshqa alohida bo`limlar ochishi mumkin.
Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida boiinmasidir. Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boisa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi.Ular uzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi
Vakolatxona va filiallarularni tashkil etgan yuridik shaxsning ta’sis
hujjatlarida ko‘rsatilgan bo`lishi kerak Yuridik shaxslarning tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga boMgan huquq
0 ‘zbekiston Respublikasida tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar
ko‘rsatadigan va xo‘jalik-tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda
fuqarolik muomalasida qatnashadigan har bir yuridik shaxs o ‘ziga xos
tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘ladi. Bu belgilar bir
yuridik shaxsning tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik shaxslarning
turdosh tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan
belgilardir. Tovar belgisi sifatida so‘zlar, tasvirlar, turli belgilar yoki ularning
jamlama ifodasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan yoki patent idorasida ro‘yxatga olingan patent vakili orqali berilishi mumkin.
Jamoat manfaatlariga, insoniylik va axloq qoidalariga zid boMgan
belgilar tovar belgisi yoki tovar belgisining qismi sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Tovar belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan undan o ‘zga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qo‘yishda mutlaq huquqqa egadir.
Tovar belgisidan qonunga zid ravishda foydalangan yuridik va jismoniy shaxslar O ‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.O ‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tovar belgilarini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o ‘tkazish yoki xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.Chet el yuridik shaxslari xalqaro shartnomalarga yoki o‘zaro hamkorlik asosida tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risidagiO ‘zbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilgan huquqlardanO ‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan bab-baravarfoydalanadilar.Agar O ‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida 0 ‘zbekiston Respublikasi tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarito‘g‘risidagi qonundan farq qiluvchi o‘zgacha qoidalar belgilangan
bo`lmasa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`laniladi. Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risidagi qonunningqoilaniiishi bilan bogiiq nizolar tegishli sudlar tomonidan, O ‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunlarida belgilangan tartibda ko‘ribchiqiladi. Har bir mamlakat, mintaqa, malum bir hudud o‘z iqlimi, havosi tuproq tarkibi, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy sharoitlari bilan o‘ziga xosdir. Ba’zan bu o‘ziga xoslik o‘sha hudud doirasida ishlab chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatni o‘ziga xos alohida sifat belgilariga ega boiishini ta’minlaydi.Boshqa joydagi aynan o‘shanday ishlab chiqilgan tovarlar, bajariladigan ishlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar o‘shanday sifatga, belgilarga ega boimaydi. Binobarin, maium geografik hududning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar (asosan o‘sha joyda yashovchilarning kasbkori
malakasi, mahorati) bilan uzviy bogiiq ravishda tayyorlangan tovarlar
boshqa joyda tayyorlangan aynan shunday tovarlarga nisbatan xaridorgir, yuqori sifatli, alohida xususiyati, raqobatbardoshli hisoblanadi.Bozorda ushbu tovar tayyorlangan joyning nomi tovarni maium sifati,xususiyatga ega ekanligi haqida o‘ziga xos sertifikat hisoblanadi.Masalan, «Boijomi», «Essentuki», «Toshkent» suvlari, Uchqora mayizi,Urgut tamakisi, Yangiqo‘rg‘on anjiri, Quva anori va h.k. Ba’zan tovartayyorlangan joyning tabiiy shart-sharoitlari emas, balki o‘sha joydayashovchi aholini maium bir kasb-hunarga, mahsulot tayyorlashga boigan alohida mahorati, malakasi ushbu tovarning sifatini belgilashda alohida muhim omil boiishi ham mumkin, masalan, Chust pichogi,
Samarqand noni, Xiva gilami va h.k. Tovar chiqarilgan (tayyorlangan) joy nomi sifatida mamlakat nomi ishlatilishi (Braziliya kofesi, Eron gilami, Gruziya choyi), aholi punkti yoki mintaqaviy hudud nomi (Toshkent suvi, Chust pichogi) umuman qandaydir geografik obyekt nomi (masalan, Tyan-Shan suvi) qoilanilishi mumkin. Bunday maqsadlarda o‘sha geografik obyekt tarixiy nomi ishlatilishi mumkin. Bunda eng asosiysi o‘sha joyda ishlab
chiqarilgan tovarni yuqori sifati, alohida belgilarga ega ekanligi va
xuddi shu holat tovarlar bozorida, xaridorlar orasida malum
ahamiyatga ega ekanligidir.Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi guvohnomasi10 yil muddatga beriladi, bu muddat tugagach uzaytirilishi mumkin.Dunyoning deyarli barcha davlatlarida tovarlami chiqarilgan joylar
nomlaridan g‘ayriqonuniy foydalanish, bu joylar nomlari haqida
notoVri yoki yolg‘on ma’lumot berish g‘irrom raqobatning ko£rinishlaridan hisoblanadi va tegishli javobgarlik choralari (zararlariii to‘latish,
hududiga olib kelishni taqiqlash, arest solish, tovarlami yo‘q qilib
tashlash va h.k.) qo`llaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatning cheklash va raqobat to‘g‘risidagi
1996 yil 27 dekabrda qabul qilgan qonunning 8-moddasiga asosan
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalarida va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar
sotish, tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi xususida
iste’molchini chalg‘itish insofsiz raqobat hisoblanadi va taqiqlanadi.
Download 50,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish