Referat mavzu: Elektron biznesda narx shakllantirish Bajardi: 9-1mars -21 guruh talabasi Berdaliyev Ibrohim


-jadval Tovar va xizmatlar narxlari darajasini aniqlab beruvchi omillar



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana03.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#734741
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o\'uf

5.11-jadval Tovar va xizmatlar narxlari darajasini aniqlab beruvchi omillar 
Narxlarni aniqlab beruvchi 
omillar va uni tasdiqlanishi 
uchun zarur bo‘lgan qarorlar
Sharhlar 
Xulosa va takliflar 
1. Iste’molchilarning tovar va 
xizmatlardan foydalanishdan 
olgan iqtisodiy samarasi 
Mazkur omilni baholash iste’- 
molchilar tomonidan tovarni 
ish- latish samarasiga 
asoslangan narx shakllantirish 
usullarini qo‘llashda zarurdir 
. Samaraning miqdorini 
aniqlash usulini takomillashti- 
rish va ularni qo‘llash sohasini 
aniqlashtirish zarur 
2. Tovar, xizmat va ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 
sifatini baholash 
Eng muhim narx shakllantiruv- 
chi omillardan biri hisoblanadi. 
Tovar sifatining kompleks ko‘r- 
satkichiga erishish uslublariga 
katta amaliy talab seziladi 
Tovar, xizmat sifatini ko‘p 
mezonli solishtirma baho- ga 
erishish imkoniyatlarini 
ta’minlovchi usullarni ishlab 
chiqish talab etiladi 
3. Korxona nisbatan tashqi 
muhit tahlili: talab, raqobat, 
bozor 
. Narx shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotni olish 
maq- sadida bozorni tadqiq 
qilishni ko‘zda tutadi (talab 
hajmini prognoz qilish, uning 
elastikligi- ni baholash, 
raqobatchilar bozor siyosatini, 
umumiqtisodiy vazi- yatni 
o‘rganish) 
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘- 
yicha baholar to‘g‘risidagi 
axborotlarni yig‘ish va qayta 
ishlash usullarini ishlab 
chiqish: 
- iste’molchilar; - 
raqobatchilar; 
- o‘z va raqobatchilar 
tovarlarining sifati 


24 
4. Tovar, xizmat narx- larining 
yuqori va quyi chegaralarini 
aniqlash 
Tovar, xizmat bahosining quyi 
chegarasi bo‘lib uni ishlab 
chiqish va tarqatish uchun 
qilingan xarajatlar hisoblanadi 
Tovar, xizmat bahosining 
yuqori va quyi chegaralari 
qiymatlarini hisoblash 
usullariga aniqlik kiritish 
5. Narx to‘g‘risidagi axborotni 
xaridorlarga yetkazishni tashkil 
qilish 
Bo‘lajak foydalanuvchilaming 
axborotga ega bo‘lishlarini 
yaxshilashga va firma yaxshi 
obro‘sining shakllanishiga 
ko‘maklashadi 
Istemolchilar va o‘rtada tu- 
ruvchilarga baholarni 
tushuntirishni tashkil qilish 
bo‘yicha tavsiyalarni ishlab 
chiqish 
6. Maqsadli bozorni aniqlash, 
segmentlash 
Narx shakllantirish maqsadla- 
rini aniq belgilash, amaliy 
maqsadlari bo‘yicha yaqin 
bo‘lgan 
Muammo yetarli darajada 
yaxshi ishlab chiqilgan 
7. Narx shakllantirish- ning 
maqsadi (maqsadlari) 
Sotuvga, foydaga va hozirgi 
ah- volga asoslangan uch 
asosiy gu- ruh maqsadlari 
mavjud 
Maqsadlar korxona tomonidan 
mustaqil o‘rnatiladi. Narx 
shakllantirish bo‘yicha barcha 
qarorlar ular- ga mos holda 
qabul qilinadi 
8. Narx shakllantirish- ning 
umumiy siyosa- tini aniqlash 
Quyidagi qarorlarni yagona ti- 
zimga keltirish - narxlarning 
o‘zgarish chastotasi va tamo- 
yillari, raqobatchilar xatti-
harakatlariga javob qaytarish 
siyo-sati 
Mazkur muammo bo‘yicha 
qaror qabul qilish na- 
zariyasiga va o‘yinlar
nazariyasiga asoslangan 
samarali uslubiy ishlanmalar 
mavjud 
9. Narx shakllantirish usulini 
tanlash 
Bozorda shakllangan holat va 
korxona maqsadlariga mos ra- 
vishda amalga oshiriladi 
Qo‘llanilayotgan narx 
shakllantirish usullarini 
maqsadga muvofiqlarini 
tanlash maqsadida tahlil qilish 
lozim 
10. Firma-ishlab chi- 
qaruvchilar tomonidan 
tovarlarning ilgari su- rilishi va 
taqsimlanishi strategiyasini 
baholash 
Mazkur omillarni hisobga olish 
firma va uning raqobatchilari 
imkoniyatlarini miqdoriy 
baholash imkoniyatlarini 
ta’minlash uchun zarur 
Mazkur muammo bo‘yicha 
ishlanmalar adabiyolarda 
mavjud emas 
11. Tovar hayotiy sik- lining 
uning bahosiga ta’ siri 
Mazkur omillarni hisobga olish 
tovar sifatini baholashda zarur 
Tovar hayotiy siklining o‘ziga 
xos konsepsiyasi [1] da 


25 
Tovarlar va xizmatlarning bazaviy narxlarini belgilash sohasida to‘plangan tajribani, mavjud 
usullarning kuchli tomonlarini, shuningdek, kamchiliklarini e’tiborga olib, tovarlar va xizmatlarga 
narx belgilash chog‘ida hisobga olinishi kerak bo‘lgan quyidagi asosiy prinsiplarni taklif qilamiz: 
• narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi;
• ko‘p variantlilik; 
• uzluksizlik; 
• operativlik;
• sikllilik;
• ko‘p mezonlilik;
• narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi; 
• ilmiylik;
• qonuniylik;
• formallashtirish; 
• moslashuvchanlik; 
• universallik. 
Narx belgilash jarayonining maqsad yo‘nalishi prinsipi hal qilish chog‘ida narxlar hisobga olinishi 
kerak bo‘lgan muammoni aniq belgi- lashni anglatadi. 
Ko‘p variantlilik prinsipi tavsiya ruhiga ega bo‘lgan takliflarning varianti ko‘pligini anglatib, tovar, 
xizmat narxining uzil-kesil variantini tanlashni qaror qabul qiladigan shaxs ixtiyorida qoldiradi.
Uzluksizlik prinsipi tovarlar, xizmatlar narxini tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga, korxonaning faoliyat 
ko‘rsatish maqsadlariga, uning faoliyat sharoitlariga, tovar hayotiy o‘xshashlarini tanlash 
imkoniyatini taklif etilgan siklining bosqichlariga muvofiq holda belgilash va o‘zgartirish borasidagi 
boshqaruv faoliyatini uzluksiz amalga oshirish zarurligini aks ettiradi.
Operativlik prinsipi ishlab chiqaruvchi korxonaning ish sharoiti o‘zgarishiga qarab uning narx 
belgilash sohasidagi siyosatiga tezlik bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurligini nazarda tutadi. 
Sikllilik prinsipi narx belgilash jarayoni o‘zining asosiy davr va bosqichlari bo‘yicha takrorlanib 
turishida namoyon bo‘ladi. Har gal yangi boshqaruv maqsadi qo‘yilganida yoki avvalgi maqsadga 
tuzatish kiri- tilganida shunday hol yuz beradi. Korxona faoliyatining maqsadi o‘zgargan taqdirda, 
tovar, xizmat narxini belgilash jarayoni o‘zining barcha davrlari bo‘yicha takrorlanadi. 


26 
Narx belgilash bosqichlarining ketma-ketligi prinsipi narx belgilash jarayoni bajarilishi natijasida 
pirovard maqsadga - korxonaning o‘zi e’lon qilgan maqsadlarga erishishini ta’minlaydigan tovar, 
xizmat narxining belgilanishiga olib keladigan harakatlarning muayyan ketma-ketligiga bo‘ysunishi 
kerakligini anglatadi. 
Ilmiylik prinsipi narx belgilashning iqtisodiy-tashkiliy modelidan foydalanish natijasida qo‘lga 
kiritiladigan qarorlarning ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishini ta’minlashni zarur qilib qo‘yadi. 
Tovarlar, xizmatlar narxini belgilash modelining ushbu prinsipga mosligi unga narx belgilash bilan 
bog‘liq iqtisodiy va tashkiliy qarorlarning to‘g‘ri tanlangan dastlabki ma’lumotlardan 
foydalanishga, yetarli darajada aniq hisob- kitob natijalarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan 
zamonaviy mate- matik apparatga hamda qaror qabul qilish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish- ga 
asoslanadigan usullarni kiritish bilan ta’minlanadi.
Qonuniylik prinsipi tovar, xizmat narxini amaldagi qonunlarga mu- vofiq hamda ularga zid 
bo‘lmagan tarzda belgilashni nazarda tutadi.
Formallashtirish prinsipi uni joriy etish mumkin bo‘lgan boshqaruv tartib-taomillari va funksiyalari 
uchun ularni formallashtirish va avto- matlashtirish bo‘yicha (iqtisodiymatematik usullar va EHM 
yordamida tegishli hisob-kitoblarni bajarish bo‘yicha) tavsiyalar ishlab chiqilishi kerakligini 
anglatadi. 
Moslashuvchanlik prinsipi shundan iboratki, tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilash uchun 
ishlab chiqilgan usullar va ularni bajarish ketma-ketligi qat’iy belgilangan algoritmdan iborat 
emasligini, aksincha ularni konkret sharoitlarga moslashtirish mumkinligini nazarda tutadi. 
Ko‘p mezonlilik prinsipiga muvofiq maqsadlar va ularga mos mezonlar ko‘p bo‘lgan vazifalar 
uchun ushbu mezonlar bo‘yicha bir vaqt- ning o‘zida zarur ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarish 
imkoniyati ta’min- langan bo‘lishi kerak. 
Universallik prinsipi iqtisodiy-tashkiliy model tarkibiga kiradigan hamma usullardan alohida-
alohida hamda narx belgilashdan boshqa maqsadlar uchun ham foydalanish mumkinligini nazarda 
tutadi. Masalan, firmaning tovarlar, xizmatlarni ilgarilatish va tarqatish sohasidagi faoliyatini 
baholash usullari marketing faoliyatining samaradorligini tahlil qilish chog‘ida, sifatni baholash 
usuli - uni takomillashtirish yo‘- nalishlarini aniqlash uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan prinsiplarga muvofiq tovar, xizmatning ba- zaviy narxini belgilashni 
boshqarish jarayonini amalga oshirish korxona tomonidan narx belgilash maqsadlariga 
erishilishini, bozorda vujudga kelgan real vaziyatga mos bo‘lgan tovar, xizmat bahosining bazaviy 
da rajasiga operativ ega bo‘lish hamda korxonaning faoliyat sharoitlarida yuz berayotgan 
o‘zgarishlarga muvofiq bu darajaga keyinchalik tuzatish kiritish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Virtual tovarlar, xizmatlar narxini belgilash usulini tanlash. Bozorda real vujudga kelgan vaziyatga 
(talab va raqobat xususiyatlariga), mahsulot sifatining ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqaruvchi 


27 
firmaning bozorda- gi siyosatiga mos keladigan narxni belgilash usulini tanlab olish narx belgilash 
metodologiyasining muhim masalasidir. 
Biron-bir narx belgilash usuli yoki bir necha usul turli sabablarga ko‘ra tanlab olinadi va ishlab 
chiqaruvchi korxonaning narx sohasidagi siyosatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ko‘pdan-ko‘p 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Tovarning xususiyati (yangilik darajasi, mahsulotning assortiment va sifat 
ko‘rsatkichlari, tovarning bir xilligi yoki darajalanganligi, hayotiy siklining bosqichi); firma narx 
yordamida bozorda erishmoqchi bo‘layotgan maqsad; firmaning moliyaviy va tarmoq xususiyati; 
bozor konyunkturasining holati, korxonaning distribyutiv imkoniyatlari (sotish tarmog‘ining 
rivojlanganligi, vositachilar soni) ana shunday omillardir. Tovar, xizmat narxini belgilash jarayonida 
unga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillarning miqdorini yetarli darajada hisobga olishga 
harakat qilish zarur. Bunda vaziyatga qarab omillarning bir guruhi asosiy bo‘la- di, qolganlari 
(asosiy bo‘lmaganlari) esa sharoit yoki cheklovlar sifatida hisobga olindi. Narx belgilash vaziyatga 
qarab u yoki bu omilga (xarajatlar, sifat, talab, mahsulotni qo‘llashdan olinadigan samara va 
boshqalar) bo‘linishi munosabati bilan narx belgilashning tegishli muqobil usullari ajratiladi. 
Mavjud narx belgilash usullari g‘oyat xilma-xil bo‘lsa-da, ularni quyidagi asosiy guruhlarga 
birlashtirish mumkin:
• narxlarni chiqimlar asosida belgilash; 
• narxlarni talabga qarab belgilash; 
• narxlarni raqobatga qarab belgilash. 
Tovarlarning narxlarini ular iste’molchilarga keltiradigan iqtisodiy samara asosida belgilash 
usulidan samarani miqdor jihatidan baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan, raqiblar tovarlarining 
sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotni bilish imkoniyati esa kamroq bo‘lgan yoki funksional 
vazifasi jihatidan yaqin turuvchi tovarlar bozorining ko‘rib chiqilayot- gan segmentida bunday 
imkoniyat yo‘q bo‘lgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq. 
Tovarning bazaviy narxini belgilashga qaratilgan boshqaruv qarorlarining aksariyat qismi ancha 
murakkabligiga quyidagilar sabab bo‘ladi: 
• tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatining eng muhim iqtisodiy va moliyaviy 
ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan yuksak mas’uliyat;
• narx belgilashni boshqarish tizimida hal qilinadigan aksariyat vazifalarning optimallik mezonlari 
ko‘pligi; 
• tegishli vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan narxlar bo‘yicha qarorlar tayyorlash, 
shuningdek, ishlab chiqish va ruxsat berishga mo‘ljallangan vaqtning cheklanganligi; 
• narx belgilash bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarining oqibatlari inersiya bo‘yicha yuzaga chiqishi 
va shuning natijasida darhol nomatlub tamoyillaming oldini olish mumkinemasligi.


28 
Tovarlar narxining bazaviy darajasini belgilashda asosli qarorga kelish uchun tegishli iqtisodiy-
tashkiliy model (ITM) taklif qilinadi. ITM tovarning bazaviy narxini belgilashning barcha prinsiplari 
va bosqichlari majmuyidan iborat bo‘lib, bu prinsip va bosqichlar narx belgilashni boshqarishning 
uslubiy va axborot ta’minotini belgilaydi. Tovarning bazaviy narxi va uni belgilash bilan bog‘liq 
tadbirlar boshqarish obyekti bo‘ladi. Narxlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun javobgar bo‘lgan, 
korxonaning narx belgilashni axborot va tashkiliy jihatdan ta’minlash bo‘linmalari va xizmatlari 
faoliyatini muvofiqlashtiradigan shaxs yoki bir guruh shaxslar tovarning bazaviy narxini boshqarish 
subyekti bo‘ladi.
Tovarning bazaviy narxi, qoida tariqasida, qarorlar qabul qiladigan shaxs tomonidan tanlab olingan 
narx belgilash usuli bo‘yicha (yoki bir usul ustunlik qilgani holda bir necha usullar bo‘yicha) hisob-
kitoblarni amalga oshirish natijasida belgilanadi. 
ITM doirasida qabul qilinadigan qarorlarning markaziy obyekti bozor talablariga va korxona 
maqsadlariga juda yaxshi mos keladigan “xarajatlarsifat” nisbatini shakllantirishdan iborat. 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1.
Internetda bazi bir tovar va xizmatlarning narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillar 
nechta? 
A)4ta C)3ta 
B)2ta D)6ta 
2. “Telecom you CAN” firmasi qaysi davlatga tegishli? 
A)AQSH C)Germaniya 
B)B.Britaniya D)Rossiya
3. Tovarlar narxining bazaviy darajasini belgilashda asosli qarorga kelish uchun qanday model
tavsiya etiladi? 
A)Shopbot C) iqtisodiy-tashkiliy model (ITM) 
B)Marketing Mix D) Tannarx plyus foyda 
4. Iste’molchi “portreti” demografik ma’lumotlar nimaga asoslanib tuziladi? 
A) shu mamalakat aholisi haqidagi ma’lumotlar asosida 
B) shu mintaqa aholisi haqidagi ma’lumotlar asosida 
C) shu mamlakat iqtisodiy holatiga asoslanib 


29 
D) shu mamlakat YaIMga asoslanib 
5. Waldo qaysi firma tomonitan chiqarilgan? 
A) Microsoft C)Apple 
B) Anderson Consulting D) Ernst & Yung 
6. Arzon bo’lishiga ta’sir qiluvchi omillar nechta? 
A)4 ta C) 3 ta 
B) 8 ta D)6 ta 
7. maxsulotlar va xizmatlar aloxida emas gurux xolida tavsiya qilinadi. Bu electron biznesning 
qanday strategiyasi? 
A) Tovarlar differenstiyasi C) Ommaviy kastomizastiya 
B) Guruhlashtirish D) onlayn tizim 
8. Anderson Consulting firmasi tomonidan 1996 yilda chiqarilgan, Bruce Krulwich tomonidan 
1997 yilda to’ldirilgan kompyuter dastur qaysi? 
A)Waldo C) You Can 
B) Lifestyle D) Ulf-vulkan 
9. ”Unumli qidiruv ippoteka bilan xaridor uchun “on-layn” rejimida qidirish vaqtini qisqartiradi, 
va oxir oqibat iste’molchi eng kam prostentli qarzni topadi” . Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan? 
A) Skot Xerr C) Angus Read 
B) Ernst Yung D) Anderson 
10. Internetda ba’zi bir narxlari yuqoriligiga sabab bo’luvchi omillardan biri qaysi? 
A) Yetkazib beruvchi kanal xarajatlari
B) Erkin hududlarning mavjudligi 
C) Savdo bo’yicha uni tahlil qilish bo’yicha xarajatlar 
D)Barcha javoblar to’g’ri 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish