Ichki buxgalterlarning professional tashkilotlari
Tashqi (mustaqil) buxgalterlar o‘z faoliyatida ko‘p jihatdan ichki buxgalter natijalariga tayanadi. Umuman olganda ichki buxgalterlar o‘zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko‘ra, korxona ma’muriyati (direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar.Bunday nazorat (o‘z-o‘zini nazorat qilish) shakli AQSHda o‘tgan, XX asrning 30-yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada tarqalgan.
Hozirgi vaqtga kelib ko‘p hollarda ichki buxgalterlarning funksiyalari, hatto o‘z kompaniyasi tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki buxgalterlar korxonaning iqtisodiy siyosati va boshqaruv masalalarida ko‘proq ishtirok etmoqdalar.Ichki buxgalterlar yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib, o‘z maqomiga ko‘ra katta vakolatlarga ega.
Ularning majburiyatlari doirasiga ko‘proq quyidagilar kiradi: operatsion buxgalter boshqaruv masalalari bo‘yicha korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash kerak.); muvofiqlik buxgalteriya – ushbu korxona bo‘linmalari faoliyati, uning ma’- muriyati va zarur bo‘lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan, tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish va baholash, risklarni kamaytirish.AQSHda ichki buxgalterlarning professional tashkilotlari 1941-yilda tashkil topgan bo‘lib, Ichki buxgalterlar instituti – (IIA – Institute of Internal Accountants) deb nomlangan.U hech qancha vaqt o‘tmasdan «Taraqqiyotga hamkorlik orqali erishiladi» degan shior bilan chiqqan. O‘tgan asrning 70-yillarida institut o‘zining xalqaro markazini Florida shtatiga ko‘chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar negizida qurilgan:
ichki buxgalterlarning umumkasbiy bilimlari;
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi;
v) iqtisodiy kodeks;
g) professional me’yorlar;
d) sertifikatsiyalash dasturi.
Ichki buxgalterlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish hamda malaka mahoratini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib chiqqan. Institut ichki aditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot me’yorlarini ishlab chiqadi. U o‘z funksiyalarini va
ichki buxgalterlar xizmatlarini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.Institut ichki buxgalterlarning professional olamida yuqori obro‘ga ega.Uning dunyo bo‘yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning AQSHdagi bo‘limlaridan tashqari Avstraliya, XXR, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va Shimoliy Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda Davlat sektori buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish va uni yanada rivojlantirish masalalari bo’yicha ko’plab izlanishlar qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda.Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ularni xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Albatta buning uchun eng avvalo, yoshlarning o’rni katta chunki, hozigi kunda yuqori-malakali katta tajribaga ega yosh kadrlarning yetishmasligi, qaysidir ma’noda o’sha buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga to’liq javob bera olmayabdi desak, menimcha mubolag’a bo’lmaydi.Xolbuki,Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi egallaydi.Chunki, buxgalteriyani – biznesning tili deydilar.Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi asosiy
manba hisoblanadi.
Aslida buxgalteriya hisobi bizning mamalakatimiz uchun nisbatan yangi ilm sohasi, lekin jahon mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‘p davrga to‘g‘ri keladigan tarixga ega.Ushbu yangi ilm sohasini respublikamizda rivojlantirish, iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun zarur bo‘lgan buxgalterlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.Faqatgina muhtaram birinchi Prezidentimiz I. Karimov ushbu faoliyatga alohida e’tibor berib, «Tadbirkorlar manfaatini himoya qilishda buxgalterlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb o‘qtirgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |