Referat mavzu: Davlat sektori buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga o’tkazish masalalari. Bajardi: Z. Asatullayev



Download 72,16 Kb.
bet1/19
Sana01.01.2022
Hajmi72,16 Kb.
#288420
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Реферат Бюджет ва газначилик


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Iqtisodiyot fakulteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

sirtqi bo‘lim 4-bosqich o‘zbek guruhi



«Davlat byudjeti va g’aznachilik tizimi» fanidan

REFERAT


Mavzu: Davlat sektori buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga

o’tkazish masalalari.



Bajardi: Z.Asatullayev

Tekshirdi:

Toshkent-2021

Reja


Kirish

1) O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya faoliyatining huquqiy asoslari.

2) Buxgalteriya hisobiga qaratilgan malakaviy va axloqiy talablar.

3) Buxgalteriya hisobi faoliyatida xorij davlat sektorlarining tajribalari.

4) Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Kirish

Bozor iqtisodiyotining barpo bo'lishi va rivojlanishi hamda iqtisodiyotni modemizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo'llanilish chegaralarini kengaytinnoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi sifatida hisob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo'ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida uni yangi sharoitlarga moslashtirish bo'yicha vazifalar paydo bo'lmoqda.Hisob axborotlari hajmining doimiy o'sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalteriya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni, EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro'yxatga olish va ishlov berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.


Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot tizimi rivojlanmoqda.Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to'liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o'lchovining qo'llanilishi va boshqalar bo'lib, hisob axborotlarini o'zgartirish va boshqaruv apparatiga hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga
yetkazish va umumlashtirishga irnkon beradi.Shu bilan birga ular xo'jalik yurituvchi subyektning moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar.
Buxgalteriya faoliyati bizni o'rab turgan moddiy dunyoning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarga, qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda javob beradi.
Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg'or chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xo'jalik yurituvchi subyekt bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlami taqdim etish irnkonini beradi.Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.

  1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya faoliyatining huquqiy asoslari.

Buxgalteriya faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog‘onasida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, 29 moddadan iborat (2-ilova). «Buxgalteriya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentabr 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365- sonli «Buxgalteriya faoliyatini takomillashtirish va buxgalteriya tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi (3-ilova). Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Buxgalteriya xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, « Buxgalteriya tekshiruvi o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va «Buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish uchun buzgalteriya tashkilotlariga litsenziya berish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlangan.Ushbu qarorga muvofiq, ijobiy buxgalteriya xulosasi mavjudligi xo‘jalik yurituvchi subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish,uning tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli buxgalterlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi.Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun buxgalteriya tashkiloti javob beradi Qarorning 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buxgalteriya faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib


tasdiqlangan va unga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  • o‘z vakolatlari doirasida buxgalteriya faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan buxgalteriya faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;


  • buxgalteriya tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • buxgalteriya hisobini respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda buxgalterlar malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;

  • buxgalteriya faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, buxgalterlik malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish;

  • malaka sertifikatiga ega bo‘lgan buxgalterlar reestrini va buxgalterlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan buxgalteriya tashkilotlari hisobini yuritish.

Buxgalteriya tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilangan.Bunda yangidan tashkil etiladigan buxgalteriya tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan sarmoyasini shakllantirishlari zarur.Buxgalteriya faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog‘onasi buxgalteriya faoliyatining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga oladi.


Download 72,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish