Uning ichki funksiyalari
1. Iqtisodiy funksiya Yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi.
Mazkur funksiya mazmunida sovet davrida juda ham kengayib ketgan davlat
mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, natijada mulkchilikning
turli shakllariga yo`l ochish, iqtisodiy rivojlanishga ma`muriy-buyruqbozlik
asosida emas, balki huquqiy jihatdan tartibga solib turish usullari orqali ta`sir
qilish, davlat sektori (qaramog`i)dagi iqtisodiyotni boshqarish va
umumiy rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalq xo`jaligada tuzilmaviy
o`zgartishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni boshqarishda chet el investitsiyalarini
jalb yetish, soliqdar siyosati va tizimini belgilash, baholarning barqarorligi uchun
kurash kabi masalalar va yo`nalishlar mavjud.
Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida I.Karimov mustaqilik va bozor
munosabatlariga o`tish sharoitida davlatning rivojlanishi va roliga katta baho berdi:
«Davlat islohotlarning tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi, ustuvor
yo`nalishlarni tanlashda faol ishtirok etdi, islohotlarni ro`yobga chiqarishni, qabul
qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi. Aynan davlat yangi
huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, erkin demokratik
me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining qaror
topishida, yangi bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan
boyishida tashabbuskor bo`ldi... Davlatning o`tish bosqichidagi, milliy
davlatchilikni qaror toptirish davridaga bunday roli, bugun ko`rinib turginidek,
o`zini to`la oqladi
4[4][4]
».
Iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo`naltirilgan bo`lishi davlatimiz siyosati va
faoliyatida markaziy o`rin tutadi.
2. Ijtimoiy funksiya. Uning tizimida aholining ish bilan bandligini
ta`minlash, vaqtincha ishsizlarga davlat yordami, yoshlarni kasbga o`rgatish,
ijtimoiy sohani - aholiga savdo, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlar
4[4][4]
«Халқ сўзи», 1996 йил 30 август.
ko`rsatishni tashkil yetish va shu tarmoqdarni rivojlantirish; aholini ijtimoiy
muhofaza yetish, ya`ni ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va omonatdagi
mablag`larni indeksatsiyalash, xalqning mehnat orqali o`z ijtimoiy ahvolini
yaxshilab borishi uchun sharoit yaratish, sog`lom avlod uchun kurash va boshqalar
orqali davlatimiz o`zining ijtimoiy (sotsial) vazifasini, tabiatini namoyon etmoqda.
3. Ta`lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g`oyaviy (mafkuraviy)
tarbiyalash sohasidagi davlat funksiyasi, buni odatda, madaniy-tarbiyaviy funksiya
deyiladi. YAngi davrda uning tarkibida milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni
tiklash hamda rivojlantirish, umuman xalq hayotida ma`rifat va ma`naviyatni avj
oldirish, umumiy savodxonlikni yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy malakasini
oshirish, umuminsoniyat madaniy-ma`naviy boyliklardan bahramand bo`lishini
ta`minlash, yangi milliy mafkuraga erishish singari ustuvor vazifalarni hal yetish
ko`zda tutiladi.
4. Huquq - tartibotni qo`riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ogishmay, mulkchilikning hamma shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va
jinoyatchilikka qarshi kurash. Bu funksiya o`z mohiyati va mazmuni bilan adolat
o`rnatishga, insonparvarlikka, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va
madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi.
5. Tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish. Bunda, bir tomondan,
tabiiy boyliklarni qo`riqlash, tejab-tergab sarflash zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan,
kimyo va texnikaning salbiy ta`siri bilan suv, havo, tuproq va atmosferaning
ifloslanishiga qarshi kurash ehtiyoji mavjud. Davlat bunday funksiyani bajarish
bilan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilgan bo`ladi. Bizning mintakdda,
ayniqsa, Orol dengizi bilan bog`liq masalalar bu funksiyaning dolzarbligini
isbotlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |