intervensiyasi va grajdanlik urushi hamda Ulug` Vatan urushi davrida ayniqsa
3. Avvaliga xalq demokratik, so`ngra sotsialistik davlatlar bilan hamma
tomonlama hamkorlik olib borish SSSRning muhim tashqi funksiyasi edi. Bunda
Sovet davlati sotsializm pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida o`sha
mamlakatlarga ko`p jihatdan bir tomonlama yordam ko`rsatib turdi.
4. Bunday yordam, ayniqsa, mustamlakachilik tuzumidan ozod bo`lgan
davlatlarga nisbatan keng doirada olib borildi.
5. SSSR ma`lum doirada kapitalistik mamlakatlar bilan ham hamkorlik
funksiyasini bajargan. Biroq bunda mafkuraviy to`siqlar halaqit berar edi.
SSSRda davlat bajargan ichki va tashqi funksiyalarning ijobiy va salbiy
natijalari mavjud. Ular kelajakda Yanada aniq-ravshan bo`lajak. Biroq shuni aytish
lozimki, SSSRning tarqalib kyetishida milliy, milliy-davlat munosabatlaridagi
nuqsonlar beyagalovchi ahamiyatga ega bo`ldi.
Shu bilan birga ta`kidlab o`tish lozimki, davlatning ichki va tashqi
funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o`tgan har bir davrning
ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va madaniy ahvoli, vazifalari, hokimiyatning kimlar
qo`lida bo`lganligi, demokratik rejim yoxud fashistik tartib-qoidalar bo`lganligi,
xalqaro vaziyat, hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o`zining ta`sirini o`tkazib kelgan.
Chunonchi, quldorlik va feodalizm dav-rlarida aholi bir qismi huquqlarining
cheklanganligi, kimlarningdir manfaatlari ustun darajada ifodalanganligi o`sha
paytdagi davlatlar funksiyalarining mohiyatini ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi
hukmron mulkchilik shakllarini muhofaza qilish esa barcha davlatlarning tabiatini
xarakterlovchi funksiyalardir. Yana bir mi-sol. Kishilik jamiyati olga borgan sari
uning tabiiy boyliklari hajmi qisqara borgan, jamiyatni rivojlantirishda yangi
vazifalar kelib chiqqan. Natijada fan va texnikani taraqqiy ettirish davlat funksiyasi
XX asrda yuzaga keldi. Shu fikrni tabiat boyliklarini va atrof muhitni qo`riqlash
funksiyasiga nisbatan ham dadil ay-tish mumkin. O`z navbatida, insonlar dunyoviy
bilimlarining o`sishi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi davr
madaniyati-ma`naviyati ruhida tarbiyalash funksiyasini keltirib chiqardi.
Jahonda mamlakatlararo urush munosabatlarining keskin yumshashi
davlatlarning mudofaa uchun qiladigan xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi
Yoki davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishi ularning o`zaro va xalqaro
hamkorlik olib borish funksiyasini avj oldirish uchun keng asos yaratadi. So`ngra,
xalqning modtsiy va madaniy farovonligi o`sishi, huquqiy madaniyatning
yuksalishi, o`z navbatida, huquq-tartibotni qo`riqlash funksiyasiga ijobiy ta`sir
o`tkazib turadi. Xalqaro tashkilotlarning mustahkamlanishi, ular mavqeining
o`sishi bosqinchilik urushlarining oldini olishga jiddiy ijobiy ta`sir o`tkazadi va
hokazo.
Hozirgi demokratik, shu jumladan mustaqillikka erishgan davlatlarning
funksiyalari ham o`ziga xos xususiyatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: