7.3. Populyatsiya sonining o’zgarishi.
Hozirgi vaqtda populyatsiya sonining o’zgarishi o’z-o’zidan boshqariladigan jarayon deb qaraladi.Populyatsiya o’zgarishining 2 tomoni farq qilinadi.Modifikatsiya va boshqarilish. Barcha organizmlar uchun aniq sharoitlarda populyatsiya sonining o’rtacha darajasi mavjud bo’lib, populyatsiya soni shu o’rtacha qiymat atrofida tebranib turadi.Bu o’rtacha qiymatdan chetga chiqish turli darajada bo’ladi.Lekin keyin populyatsiya soni qarama qarshi tomonga o’zgaradi.Modifikatsiya-bu turli omillar ta’sirida populyatsiya sonining tasodifiy o’zgarishi bo’lib, bu omillarning ta’siri populyatsiya zichligiga bog’liq emas.Boshqarilish-bu o’zgarishdan keyin populyatsiya sonining boshlangich holatga kelishi bo’lib, bu jarayonni yuzaga chiqargan omillarning ta’siri populyatsiya zichligiga bog’liq.Modifikatsiyalovchi omillar populyatsiya sonini o’zgartiradi, lekin bu o’zgarish shu omillarga ta’sir qilmaydi, ya’ni ularning ta’siri bir tomonlamadir. Populyatsiya sonini Modifikatsiyalovchi omillarga barcha abiotik omillar, ozuqaning miqdori va sifati, dushmanlar faolligi va h.o. lar kiradi. Boshqaruvchi omillar populyatsiya soni o’zgarishlarini yumshatadi va uni dastlabki holatga keltiradi. Populyatsiyaning zichligi qancha yuqori bo’lsa boshqaruvchi omil ta’sirining samarasi shuncha ko’p bo’ladi. Boshqaruvchi omillarga tur ichidagi va turlararo munosabatlar kiradi. Populyatsiya sonini boshqaruvchi mexanizmlar inersiyali va inersiyasiz mexanizmlarga ajratiladi. Inersiyali mexanizmlar oldingi avlodlar zichligiga bog’liq bo’lsa, inersiyasiz mexanizmlar mazkur avlod zichligiga bog’liq bo’ladi.Masalan, yirtqichlarning funksional reaksiyasi-inersiyasiz mexanizm bo’lib, o’lja zichligi oshganda tutilgan o’ljalar soni ko’payadi.Yirtqichlarning miqdoriy reaksiyasi esa inersiyali mexanizm bo’lib, yirtqichlar miqdorining ko’payishi bilan bog’liq hamda bu mexanizm Har doim kechiqadi.Xasharotlar soni dinamikasida entomofaglar faoliyati yuqori inersiyalikka ega.Kasallik kuzgatuvchi mikroorganizmlar kam inersiyali, chunki ular tez ko’paya oladi.Populyatsiyaning ichki boshqaruv mexanizmlari ham inersiyalik jihatidan turlicha bo’ladi. Raqobat, konnibalizm, serpushtliliqning o’zgarishi, migrasiya bir avlodning o’zida samara beradi va oldingi avlodlar zichligiga bog’liq emas. Lekin diapauza, yosh tuzilmasining o’zgarishi, jinslar nisbatining o’zgarishi mavjud avlodga emas, balki bo’lajak avlodga ta’sir ko’rsatadi.Populyatsiya sonining mumkin bo’lgan chetga chiqishlarini chegaralab turish nafaqat populyatsiyaning normal hayoti uchun balki biotsenozning barqarorligi uchun ham muhimdir.Biotsenozda organizmlarning muvaffakiyatli birga yashashi ma’lum miqdoriy nisbatlardagina mumkindir.Tabiiy jamoalarda populyatsiya sonining o’zgarishi avtomatik ravishda boshqariladigan jarayon bo’lib, barqarorlashtiruvchi mexanizmlar turlarning uzoq vaqt birga yashashi tufayli yuzaga kelgan. Inson tomonidan sun’iy yaratilgan jamoalarda boshqaruvchi aloqalar kuchsizlangan, shuning uchun bu jamoalarda ayrim turlar sonining (zararkunanda, kemiruvchi, parazitlar va x.o). cheksiz ko’payishi kuzatiladi. Organizmlar sonining tabiiy boshqarilishi ikki xususiyatga ega. Birinchidan, ko’pchilik boshqaruvchi omillar populyatsiya soni o’zgargandan keyin unga javob qaytaradi va boshqaruvchilik samarasi bir oz kechiqadi. Binobarin, to’liq barqarorlikka erishish mumkin emas.Populyatsiya soni modifikasion omillarga mos ravishda hamma vaqt tebranib turadi.Boshqaruvchi omillar esa bu tebranishlarni yumshatadi.Shunday qilib populyatsiya uchun kechikuvchi yoki xatoli boshqarish xos.Ikkinchidan, boshqarish bir tomonlama ta’sir ko’rsatadi, ya’ni u Faqat populyatsiya soni o’sishini chegaralab turadi.Populyatsiya soni kamaygandan keyin uning o’sishi esa boshqaruvchi omillar ta’siri susaygandagina mumkin bo’ladi. Populyatsiyaga turlicha ta’sir ko’rsatgani uchun amaliyotda populyatsiya sonini o’zgartiruvchi omillarni Modifikatsiyalovchi va boshqaruvchi omillarga ajratish muhim hisoblanadi. Modifikatsiyalovchi omillarni o’rganish organizmlar soni tebranish sabablarini aniqlash va uni bashorat qilishda, boshqaruvchi mexanizmlarni o’rganish esa bu tebranishlarni pasaytirish va uni barqaror holatga o’tqazishda katta ahamiyatga ega.
© GOD Vashe Imya
Do'stlaringiz bilan baham: |