Referat mavzu: Basketbol Bajardi: Tekshirdi: Basketbol



Download 120,07 Kb.
bet1/18
Sana26.02.2022
Hajmi120,07 Kb.
#467623
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
REFERAT




REFERAT


Mavzu: Basketbol


Bajardi:___________________


Tekshirdi:_________________
Basketbol
Basketbol (inglizcha basketball soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, ball — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12-marta, Faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.
Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:
Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan, Michael Jordan, Reggie Miller, Clyde Drexler, Oscar Robertson, Jerry West, Allan Houston, Allan Iverson, Kobe Bryant, Dwayne Wade kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan James Harden va Klay Thompsonni ham alohida aytib oʻtish mumkin.
Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu Magic Johnsondir. U 3-marta NBAning eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana Oscar Robertson, Allen Iverson, Steve Nash va Stephen Currylar erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija John Stockton ga tegishli.
Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan LeBron James, Kevin Durant, Skotty Pippen, Carmelo Anthony va rossiyalik basketbolchi Andrei Kirilenko larni aytib oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga slem-dank koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan Kevin Garnett, Tim Duncan, Dirk Nowitzki, Dennis Rodman, Ben Wallace kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing. rebound)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu Uilt Chemberlendir. Uning baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek, Shaquille O'Neal, Alexsander Belov, Arvydas Sabonis, Yao Min,Dwight Howard, Patric Young, David Robinson, Kareem Abdul-Jabbar kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.


Download 120,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish