Referat mavzu: «Alohida aminolislotalarning almashinish hususiyati»



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#419611
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddinova Saida (2)

organizmda 
boshqa 
moddalardan 
sintezlanmaydi, shuning uchun ular doimo ovqat bilan birga tashqaridan kirib 
turishi kerak. Umuman almashinmaydigan aminokislotalar soni 8 ta: valin, leysin, 
izoleysin, treonin, lizin, metionin, fenilalanin, triptofan.
Yarim almashinadigan aminokislotalar organizmda hosil bo`ladi, lekin yetarli 
miqdorda bo`lmaydi, shu sababli qisman ovqat bilan birga kirishi kerak. Bunday 
aminokislotalarga arginin, tirozin, gistidin kiradi.
Almashinadigan aminokislotalar organizmda almashinmaydigan aminokislotalar 
yoki boshqa moddalardan yetarli miqdorda hosil bo`ladi. Agar shu aminokislotalar 


sintezlanadigan moddalar oziq yordamida chetdan kirib tursa, organizm bu 
kislotalarsiz uzoq vaqt yashashi mumkin. Almashinadigan aminokislotalarga qolgan 
barcha aminokislotalar kiradi. Keltirilgan fiziologik tasnif ma’lum darajada shartli 
bo`lib, ayni bir tur uchungina xos bo`ladi. Ammo 8 ta almashinmaydigan 
aminokislotalar barcha tur organizmlar uchun umumiy.
2.
Aminokislotalarning umumiy xossalari. Oqsillarning tarkibiga 
kiradigan aminokislotalar oq kristall moddalar bo`lib, odatdagi haroratda, qattiq 
holatda turg`undir. Suvli eritmalarda aminokislotalar 100-200°C da qisqa 
muddatda qizdirilganda buzilmaydi, ammo kislota yoki ishqor ishtirokida oqsillar 
gidrolizlanganda bir qator aminokislotalar buzilib ketadi. Aminokislotalar suvda 
turli darajada eriydi. Sistin va tirozin eng kam, prolin va oksiprolin esa juda yaxshi 
eriydigan aminokislotalardir. Aminokislotalarning ko`pchiligi mutlaq spirtda juda 
kam eriydi.
Aminokislotalarning qo`sh qutbli bo`lishlari ularning fizik-kimyoviy xossalariga 
ta’sir qiladi, xususan, aksari aminokislotalarning suvda yaxshi erib, organik 
eritmalarda kuchsiz erishi ularning mana shunday ionlanishiga bog`liq. 
Aminokislotalar o`zlarining amfoterlik tabiatlariga binoan muhitning pH iga qarab 
anion, kation yoki elektroneytral bipolyar ionlar shaklida bo`ladilar: kuchli kislotali 
eritmalarda aminokislotalar musbat ionlar (elektr maydonida katodga tomon 
harakatlanadi), ishqoriy eritmalarda manfiy ionlar shaklida (elektr maydonida 
anodga tomon harakatlanadi) bo`ladi.
Karboksil va aminoguruhlarning dissotsialanish konstantasi (K1 va K2 ) 
dissotsialangan ionlarning dissotsialanmagan shakllariga nisbati 1 ga teng, ya’ni 
aminokislotalarning 50% i dipol va 50% i ion shaklida bo`ladi.
Barcha aminokislotalar suvli eritmalarida ikki qutbli ionlar yoki svitter ionlar 
shaklida, ya’ni aminokislotalarning karboksil guruhi dissotsialangan, aminohuruhi 
protonirlangan holatda bo`ladi.
Demak, aminokislotalar muhit pH iga qarab zaryadlar yig`indisi 0 ga teng bo`lishi, 
musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin.


Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb aytiladi. 
Aminokislotalarning 
elektr 
maydonida 
anodga 
ham 
katodga 
ham 
harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pHi bilan 
belgilanadi. Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-
ishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan 
eng muhim konstanta hisoblanadi.
Odam organizmi va hayvonlardagi hujayra va hujayralararo suyuqlikda muhit pH 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish