Referat mavzu: 9-may xotira va qadirlash kuni



Download 357,63 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi357,63 Kb.
#386529
TuriReferat
  1   2   3   4

REFERAT

MAVZU:

9-MAY XOTIRA VA QADIRLASH KUNI

Xotira muqaddas – inson qadri aziz

Xotira – о‘tganlarni eslatib turadi, о‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, kо‘nglini kо‘tarish yо‘lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bо‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida kо‘plab ishlarb amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish tо‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2017 yil 6 may kuni “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professor-о‘qituvchilaridan: J.A.Mamatqosimov, M.R.Yusupova, I.Y.Sodiqov, SH.SH.Rasulov, SH.N.Ikromov, D.M.Xakimov va “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi N.Narziyeva hamda “Teatr san’ati” fakulteti dekani A.Qurbonov front orti mehnat faxriysi Xusan Xoliqov xonadoniga tashrif buyurishdi.

Xusan Xoliqov hozirda 94 yoshda. Besh farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. о‘ndan ortiq nabira, yigirmaga yaqin yevaralarning suyukli bobosidir.

Tashrifdan xursand bо‘lgan Xusan Xoliqov mehmonlarga urush davri qiyinchiliklarini, front orti zahmatlarini kо‘zida yosh bilan sо‘zlab berdi:



– Bugun dorilomon zamonda yashayapmiz. Tinchlikdan ortiq bebaho ne’mat yо‘q, uning о‘rnini hech narsa bosolmaydi. Urush boshlanganda men 11 yoshda edim. Mening bolaligim qora kunlarda о‘tgan. Hozir yevaralarimni kо‘rib xavas qilaman. Ular baxtli bolalardir. Urushda halok bо‘lgan yurtdoshlarimizni xotirlash, janglardan omon qaytgan, bugun oramizda yashayotgan nuroniylarga yuksak ehtirom va g‘amxо‘rlik kо‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganidan xursandman. О‘sha paytda yurtimizda yashagan 6 million 500 ming aholining bir million 500 mingdan ziyodi Ikkinchi jahon urushi frontlariga ketgan, ulardan qariyb yarim millioni g‘alaba uchun jonini fido etgan. Xalqimiz shunday og‘ir kunlarni boshidan о‘tkazgan.

Bugungi tinchlik, osuda kunlar vatan farzandlari jasorati, matonati, sabr-toqati evaziga bunyod bо‘lgan. Mustaqillik va tinchlikning, farovonlik va osudalikning qadriga yeting. Biz kо‘rgan og‘ir damlarni siz kо‘rmang. Meni yо‘qlab kelibsiz bundan boshim osmonga yetdi, yoо‘imga yosh qо‘shildi. Siz va siz orqali institut rahbariyatiga katta rahmat, - deydi tо‘lqinlanib..

Tashrif davomida tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, nuroniy otaxon va onaxonlarga hurmat kо‘rsatish, kо‘makka muhtoj kishilarga g‘amxо‘rlik qilish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan ekanligi qayd etildi.








Download 357,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish