Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta talim vazirligi qoshidagi Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Turizm (faoliyat yonalishlari boyicha)
3-1TUR20 gruh
REFERAT
Mavzu: Sohadagi faol va nofaol terminlar ”
Buxoro 2021
Reja:
1-Sohaviy nofaol terminlar
2-Faol terminlar
3-Hozirgi qoʻllanilayot terminlar
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi
so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar
lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bolgan ozgarishlar bilan
bogliqdir. Ayniqsa, jamiyatda roy beradigan har xil ozgarish sababli zamon
talablariga javob bermagan sozlar istemoldan chiqadi, ularning orniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bolib turadi. Bular davr talabi bilan bogliqdir. Bazi sozlar qollanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga otishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Takidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning ozi ham davrga kora nisbiy hisoblanadi. Eskirgan sozlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi sozlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini takidlash kerak.
a) arxaizmlar. Arxaizmlar eskirgan soz tiplaridan biri bolib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning ozi ham, nomi ham
eskiradigan bolsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy boladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, istemoldan chiqadi, natijada narsa
yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi.
Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bolgan narsalarni
ifodalashda kamida ikkita soz ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi,
passiv leksik qatlamga otadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qollanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta sozi oynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta sozining aktiv qollanishi natijasida soqta sozi passiv leksik qatlamga otib, istemoldan chiqa boshlagan. Shuni alohida takdlash kerakki, arxaik sozlar shevalarda tarixiy sozlarga nisbatan kopchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski sozlar ornini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan otadi. Adabiy tilda bolganidek, shevalarda ham sozlarning istemoldan
chiqishi,ularning ornini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bolayotgan ozgarishlar bilan
chambarchas bogliqdir. Sozlarning arxaizmga aylanishida ikki xil holatni kuzatish mumkin. Birinchisida, soz ozi eskirib, uning orniga zamon taablariga mos keladigan boshqa soz ishlatilsa, ikkinchisida sozlar manolaridan biri eskiradi, boshqa manolari esa saqlanadi. Shevalarda har ikkalasiga ham duch kelinadi. Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan sozlar-leksik arxaizmlar shevalarda kopchilikni tshkil qiladi. Qadimgi
davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Sӓtil (chelak), täläk (omborxona), mädräpxana (xojatxona), tuzuv
(taqinchoq), käpärät (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), äläm (bayroq), bändirgä(chorraxa), kärmän (shlyapa), diyzil (avtobus), däbil// ngir (og solinadigan idish) va hakazo.
Ijtimoiy tarixiy sharoit jamiyatda sodir bolayotgan ozgarishlar tilda ham oz aksini topadi.
Kop manoli sozlardagi manolaridan birining ozgarishi, eskirishi natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi.
Shevalardagi gassal sozi arabcha bolib, uning olik yuvuvchi manosi hozirda eskirgan, uning orniga ishyoqmas manosi ihlatiladigan bolgan. Shuningdek, kir suvi manosini anglatadigan magzava sozining takidlangan manolari istemoldan chiqqan, kullap sozining qarmoq, olik manosidagi miyt
sozining ushbu manosi ham eskirib, tobut manosida qollaniladigan bolgan. Bulardan tashqari xalpa sozining bilimi oz oquvchiga berkitilib qoyiladigan savodli oquvchi, battal sozining qaysar, tentak; oxur sozining otxona manolari
ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bolganligidan, ana shu sinonimik qatorni tashkil etgan manodosh sozlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, äräväk // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, särdoz // torqa //
chizim// shnur qatoridagi särdoz sozi passiv leksik qatlamga otib, arxaiklashgan sozlardir. Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri istemoldan chiqadi, yani eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan boladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir boladigan har xil ozgarishlar bilan bogliqdir. Shevalarda narsa, hodisalar nomlaridan birining eskirishi, kop manoli sozlar manolaridan birining eskirishi hodisalari uchraydi.
b) tarixiy sozlar. Otmishda bor bolgan narsa va tushunchalarning nomini
bildirgan, ammo hozirda eskirib qolgan sozlardir. Jamiyatda sodir bolgan ozgarishlarni ozida aks ettira olmagan sozlar istemoldan chiqib ketadi. Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan otadi. Chunki shevalarda
sozlarning eskirishi, yangi sozlarning kirib kelishi tez sodir bolmaydi. Tarixiy sozlar kopincha moddiy va manaviy hayot, turmush, davlat tuzilishi , din, urf-odatlar, turli lavozimlar, unvonlar, kiyim-kechak, uy-rozgor buyumlari, qurol-
asboblar bilan aloqador bolib, jamiyatdagi roy bergan ozgarishlar bilan bogliq ravishda ularning nomlari ham davr otishi bilan eskiradi, ular ornini boshqa sozlar egallaydi. Xorazm qipchoq shevalaridagi istorizmlarni turli sohalarga oid
sozlar doirasida uchratish mumkin:
1. Qishloq xojaligi va dehqonchilikga oid sozlar: kündä (omoch), zämbärchi
(zambil bilan mahalliy ogit tashiydiganlarga nisbatan ishlatiladi), digir
(charxpalakning suv chiqaradigan kozasi), vahim (vaqf qilingan yer yoki narsa) va hakazo.
2. Suv chiqarish bilan bogliq bolgan sozlar: kündä (juvozning yerga komilib turgan qismi), arish (kundaga boglanadigan uzun yogoch); darvaz yip (ikkita katta oqni boglaydigan ip); ayri agach (oqni tushirishga xizmat qiladigan yogoch); ayri baqan (katta oqni kotarib turishga xazmat qiladigan narsa); kämal
(tushirishga xizmat qiladigan narsa); kämälcha (oqqa kiydiriladigan narsa);
. Tarixiy sozlar (istorizmlar). Otmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda oz sinonimiga ega bolmagan sozlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorgichoq, charx kabilar.
2. Eskirgan sozlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bolgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan sozlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud boladi.
Masalan: budun, ulus, raiyat xalq; handasa - geometriya; muarrix
tarixchi; dudoq lab; lang - choloq, oqsoq.
3. Yangi sozlar (neologizmlar). Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ozgarishlar natijasida vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlaridir. Masalan, Ozbekiston mustaqil bolgandan song tilimizda paydo bolgan faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot kabi sozlar yangi sozlardir. Yangi sozlarning nofaol sozlar qatoridan orin egallashi sababi shundaki, ular paydo bolgandan keng istemoldagi sozlar singari barchaning nutqida birdek ishlatilavermay-di. Biroq vaqtlar otishi bilan yangi sozlar ham keng istemoldagi sozlar qatoridan orin egallashi mumkin. Masalan, 60-yillarda yangi sozlar hisoblangan kosmos, kosmonavt, kosmik kema kabilar hozirgi kunda yangi soz hisoblanmaydi. Shuni ham qayd etish lozimki, taraqqiyotning malum davrida tarixiy yoki eskirgan sozlar qatoriga otgan sozlar hisobidan ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, hozirgi tilimizda tuman, hokim, vazir, noib kabi neologizim sifatida qollanila-yotgan sozlar aslida tarixiy va eskirgan sozlarning yangilashgan holda qayta istemolga kirib kelishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |