Referat Mavzu : bilimlar tizimi bajardi: Raxmanqulova Zilola Tekshirdi: Mavzu: Bilimlar tizimi


Et larni ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari



Download 173,3 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2022
Hajmi173,3 Kb.
#688277
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Bilimlar tizimi

Et larni ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari
ET lar ekspert-insonlarga nisbatan ma'lum yutuqlarga ega:
1. Ular shoshilinch xulosa chiqarmaydi.
2. Bu tizimlar bir-biriga bog'liq holda ishlab, barcha fikrlarni qarab chiqib, eng yaxshi natija beradiganini tanlaydi.
3. Bilimlar ombori juda katta bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan bilimlar, mashina xotirasida abadiy qoladi. Inson esa cheklangan bilimlar omboriga ega bo'lgani uchun, ko'p vaqt ishlatilmay kelgan ma'lumotlar esdan chiqib, yo'qolib ketadi.
4. ETlarning «shovqin»ga bardoshi yuqoridir. Ekspert masala yechimi bilan umuman bog'liq bo'lmagan tashqi ta'sirlar ostida noto'g'ri fikrga kelishi mumkin. Boshqa sohalardagi bilimlardan xabarsiz ETlar shovqinga bardoshlidir. Vaqt o'tishi bilan bilimlarga asoslangan tizimlar foydalanuvchi tomonidan bilimlar yozish va tarqatish usuli sifatida qaralishi mumkin. Boshqa Komp’yuter dastur mahsulotlari kabi ETlar ham masala yechish borasida insonning o'rnini bosa olmaydi, lekin masalani tez va samarali hal etishi uchun mehnat quroli bo'lib xizmat qiladi.
5. Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol bo'lib hisoblanadi.
Ekspert tizim turlari
1960—70-yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining sohalarida klassik hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va dastur ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin:
1. META-DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga (massa-spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda kimyoviy birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-DENDRAL DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va kimyoviy birikma qismlarining tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi.
2. MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-NERMYCIN. Bular medisina ET lari bo'lib hisoblanadi.
3. PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer osti qazilmalarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish tizimi.
4. CAKNET-EXPERT — ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini olish bo'yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab chiqilib, uning yordami orqali bir necha medisina tizimlari ishlab chiqilgan.
5. HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi birinchi ikkita tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali aniqlovchi intellektual tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi — tizimning ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash orqali ajralib turadi. Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY-3 va AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
6. SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizimlari Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish maqsadlarida ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi joylashgan bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak. Shuningdek, Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar hajmi kichik ET larni yaratish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik nazariya va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan edi. Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator va oddiy sonlar tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy sonlar yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi yoki inkor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish jarayoni to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga qaramasdan, tizim evristik qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti kemalarini cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi.
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol ravishda buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilimlar elementlarini kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc «NHK» — inglizcha enciklipedia so'zidan).

Download 173,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish