Referat va kurs ishlarini yozish
Reja:
1. Referat ishi uchun mavzu tanlash.
2. Kurs ishi.
3. Egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash.
4. Kurs ishini himoya qilish tartibi.
Ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishi uchun inson bir necha yillar davomida o'zini bu ishga tayyorlab borishi kerak.
Yuqori ilmiy ish adabiyotlar bilan ishlashdan boshlanadi, dedik. Adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasi ilk bor izlanuvchi kishida talabalik davrida referatlar yozish paytidan boshlab shakllanib boradi. Kurs ishini bajarganda bu ko'nikmalar malakaning birinchi bosqichlariga chiqadi. Adabiyotlar bilan ishlashning haqiqiy malakasi, magistrlik va fan nomzodligi dissertasiyasi ustida ishlash jarayonida shakllanib, takomillashib boradi hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun olib borilgan izlanishlar jarayonida maromiga etib, tadqiqotchining hayot tarziga aylana boshlaydi.
Referat deb, talabani qiziqtirgan va davrning dolzarb muammosiga aylangan mavzudagi yirik asar yoki adabiyotlar majmuini tahliliga bag'ishlangan kichik bir ilmiy ishga aytiladi.
Bunda talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda, o'zining qiziqtirgan dolzarb mavzularning birini referat ishi uchun tanlab oladi. So'ngra shu mavzu ustida boshqa tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar monografiya, ilmiy risola va maqolalar ro'yxatini tuzadi. Odatda bu ro'yxat kamida ikkita - uchta kitob va ikki - uchta maqoladan kam bo'lmaydi.Ba'zi referat yirik bir asarni tahlil qilishga ham yo'naltirilgan bo'ladi.
Maxsus adabiyotlar ustida ishlash, yuqorida ko'rsatilgan yo'l bilan olib boriladi. Ya'ni talaba oldida raqamlangan uch varaqni ko'yib olib, adabiyot muallifi va o'zining fikrlarini ularga tushunrib boradi.Ro'yxatdagi adabiyotlarning hammasi tahlil berib chiqilgandan keyin referat yozish boshlanadi. Misol uchun talaba “ Ma'naviyat asoslari” fanidan referat yozmoqchi.Uning mavzuyi qilib, davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan ishlarda “Milliy ma'naviyatni shakllantirish” degan masalani tanlab olishi deylik. Referatni yozish taxminan quyidagi satrlar bilan boshlansa yanglish bulmaydi.
“ Mustaqil O'zbekistonning milliy g'urur va erkin fikr yurita oluvchi fuqarolarining shakllantirish uchun, yoshlarda milliy ma'naviyatni shakllantirish darkor. Yosh avlod milliy ma'naviyatini shakllantirish muammosi bilan O'zbekiston bir qator olimlari va tadqiqotchilari shug'ullanmokdalar. Shular qatoriga - deb falonchi- flonchi mualliflarning ismi va sharifini hamda ular yozib chop ettirgan kitob va maqolalarning nomi avvaldan to'zilgan ro'yxat buyicha kayd qilib, sungra bu adabiyotlarning tahlili boshlanadi. Adabiyotlarning qisqacha tahlilini yozib bo'lgandan keyin mualliflarning hammasining fikrlari falondaka masalada yakkadil, mana bu masalalarda ular orasida farq bor deyiladi.Bu farqlar nimalardan iboratligi ko'rsatiladi. Oxirida kurib chiqilgan adabiyotlar tahlilidan kelib chikib, referat muallifining shaxsiy fikri keltirilib, shu muammoning echimidagi asosiy yo'nalishini ko'rsatib beriladi. Shu bilan referat nixoyasiga etadi.
Talabalar referat yozdirishdan maqsad ularni mustaqil ravishta bilim egallashga urgatish. Shu bilan birgalikda adabiyotlar bilan ishlash va ularni tatbiq qilishda tayyorlash. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bilim egallashning bu turiga juda katta etibor berilib, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarini talabalari birinchi kursdanoq referatlar yoza boshlaydilar.
Kurs ishi referat yozishdan ancha farq qiladi. Talabalardan kurs ishi yozishdan maqsad o'quv yurtida yil davomida tuplagan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, egallangan bilimlar asosida yangi bilimlarni aniqlay olishga urgatish. Ya'ni asotir bilimlar asosida ilmiy bilimlar shakllanishiga ko'nikma hosil qoldirishdir. Yoki boshqacha qilib aytganda talabalar sunna yoki ibrat bosqichdan ma'rifat bosqichiga, ya'ni tafakkur yuritishdan tasavvur qilishga ko'tarishlikdir. Kurs ishini yozdirishdan bir maqsad tanlangan kasbi buyicha bilim olishning ma'lum bir bosqichda barcha fanlardan olgan bilimlarni mustahkamlash, o'zaro bog'lab, ularni umumiy maxrajga keltirib qo'shishlikdir.
Kurs ishini yozish ham, referat yozish kabi mavzuni tanlashdan boshlanadi. Kurs ishi bir necha yil davomida har turli fanlardan egallagan nazariy bilimlarni va amaliy mashg'ulotlarda orttirgan ko'nikmalarini bir yo'nalishga birlashtirish yo'li bilan mavzu tanlanadi.
Kurs ishi yozganda kishi tadqiqot ishida zarur bo'lgan bir yo'la bir necha vazifani bajaradi. Ya'ni avvalo kurs davomida kasbi bo'yicha o'tilgan maxsus fanlardan olingan bilimlarni amaliyotda kompleks qo'llashga o'rganadi. Ikkinchidan, kurs ishi yozish jarayonida o'qish davomida turli fanlardan egallagan bilimlarga bir necha bor qayta va qayta murojat qiladi.Bu bilimlar xotirasiga qaytarilaverib, uning malakasiga aylana boshlaydi.Uchinchidan, kurs ishini yozganda talaba har turli adabiyotlar ko'radi va ularni tahlil qiladi.Shu tufayli uning adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasi malakaga aylana boradi.Va nihoyat kurs ishini yozganda talaba o'z fikrini boshqalarga yozma til orkali ifoda eta olishni ko'nikmasini egallaydi.
Kurs ishi yozishda o'tilgan fanlarning nazariy asoslarni qaytadan ko'rib chiqib, xotirasiga tiklab olishdan boshlanadi. Buning uchun talaba kurs davomida o'tilgan fanlardan o'zi to'zgan konspektlarni va darsliklarini yig'ib olib ularni solishtiradi.Konspektida tafovut bo'lsa, sababini aniqlaydi va to'zatib kuyadi.Ilmiy rahbari bilan bir necha bor muloqotda bo'lgandan keyin, kurs davomida olgan bilimlarni amaliyotda kullatishni o'rgatadi. Shundan so'ng turli fanlardan olgan bilimlarni ma'lum bir vaziyatda qo'llash yo'lini ishlab chiqadi va o'ni kurs ishi qilib yozadi.
Kurs ishi bajarishda egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash uslubini faqat yozma ravishta ifoda etish yo'li bilan kifoyalanmaydi, bu bilimlar hayotda ishlatish yo'llarini ham o'rganadi.Jumladan kurs ishi bulib kompleks geografik haritani yoki bir binoni tizimsiz loyixasini chizish, faqat tayyor bino loyixasini tizimini ishlab chiqish, bir maxsulotni yoki uning modilini ishlab berish, kino lavxaga senariy yozish va hakozolarni ham kiritsa bo'ladi. Ammo har qanday amaliy ish bajarganda o'ni qanday bajarganligini va qaysi bilimlardan foydalanganligini bayoni ham bo'lishi kerak.
Kurs ishi bajarilib, ilmiy rahbarni kurigidan utib, uni qoniqarli javobi olingandan sung, kurs ishi oliy o'quv yurtlarida qabul qilingan tartibda shaklga keltirilib, kafedraga topshiriladi.
ADABIYOTLAR:
Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xoliqberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi » - 2008 yil.
2. Bo’ri Ziyomuhedov. “Ilm hikmati.” Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y
3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.
4.R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
w.w.w. /pedagog/ uz..
Do'stlaringiz bilan baham: |