Biologik havzalar 3—5 bosqichdan iborat bo‘lib, undan biologik tozalangan yoki tiniqlashgan suv sekinlik bilan o‘tadi. Havzalar biologik tozalash va oqova suvni boshqa tozalash inshootlari
bilan birga oxirigacha tozalashga mo‘ljallangan. Bunda’n tashqari,
tabiiy yoki sun’iy aeratsiyali havzalar ham bor. Tabiiy aeratsiyali
havza 0,5—1 m chuqurlikka ega, quyoshda yaxshi qiziydi va unda
suv organizmlari mavjud.
Bakteriyalar fotosintez jarayonida suv o‘tlari tomonidan ajralgan kislorodni, shuningdek, havodagi kislorodni iflosliklami oksidlash uchun sarflaydi. Suv o‘tlari, o‘z navbatida, organik moddalarni biokimyoviy p£(rchalashda hosil bo‘ladigan karbonat angidridi, fosfatlar va amoniyli azotni iste’mol qiladi. Qish vaqtida
havzalar ishlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |