3. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Kirimovning tarixiy xizmatlari.
Islom Abdug'aniyevich Karimov - Davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-yil 30-yanvarda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master yordamchisi, so'ng master, texnolog, 1961-yildan Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, so'ngra yetakchi muhandis-konstraktor bo'lib ishladi. 1966— 1983-yillarda O'zbekiston Davlat Plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo'limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat Plan komiteti Raisining birinchi o'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1983-yildan O'zbekiston Moliya Vaziri, 1986-yilda O'zbekiston Ministrlar Soveti Raisining o'rinbosari — Respublika Davlat Plan komitetining Raisi. 1986-yil dekabridan O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. 1989-yil iyunida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetming birinchi kotibi, 1990-yil 24-martda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovi bolib o’tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikki nomzod — O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Islom Abdug'aniyevich Karimov hamda «Erk» Demokratik partiyasidan Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo'yildi.
Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat'iy amal qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida o'tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, saylovlarning o'tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya Malayziya va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan e'tirof etildi.
Saylovlar yakuniga ko'ra, 8,5 milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qat-nashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1,2 million saylovchi (12,3 foiz) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko'rib chiqib, «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to'g'risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug'aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
1992-yil 4-yanvarda O'zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagicha qasamyod qildi: «O'zbekiston Respubhkasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, iuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman».
Prezident saylovi natijalari o'zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yutuqlari I.A.Karimovning shaxsi, dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligining yaqqol dalili edi.
1995-yil 26-martda umumxalq Referendumida I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi. Prezident I.A.Karimov O'zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, mamlakatning iqtisodiy, madaniy rivojlanishida, Respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda jonbozlik ko'rsatgani uchun «O'zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni (1994-yil), «Mustaqillik» (1996-yil), «Amir Temur» (1998-yil) ordenlari bilan taqdirlangan. I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-yil), nufuzli xalqaro Akademiyalarning faxriy a'zosi.
Respublikamizda I.A.Karimov asarlarining 23 jildlik to'plami nashr qilingan. Eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o'nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan.
Islom Abdug‘anievich Karimov 25 yil davomida mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va хalqaro maydonda yuksak o‘bro‘-e’tibor qozondi.
Istiqlol yillarida erishilgan barcha olamshumul yutuqlar va natijalar mamlakatimizning birinchi prezidenti nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Islom Abdug‘anievich Karimov iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlash mumkin emas, degan fikrning qat’iy tarafdori edi. Aynan shuning uchun ham O‘zbekiston birinchi prezidenti tomonidan mashhur besh tamoyil asosida butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan, O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi.
I.Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekistonda keng ko‘lamli
tarkibiy islohotlar amalga oshrildi, neft, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq хo‘jaligi va temir yo‘l mashinasozligi, farmatsevtika, elektroteхnika, to‘qimachilik sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati kabi yuqori teхnologiyalarga asoslangan mutlaqo yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi.
O‘zbekistonning dunyoda eng jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan beshta davlat qatoridan joy olgani prezident Islom Abdug‘anievich Karimov tomonidan olib borilgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Islom Abdug‘anievich Karimov qishloq хo‘jaligidagi chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish, erning haqiqiy egasi bo‘lgan yangi mulkdorlar sinfi – fermerlik harakatini shakllantirishning tashkilotchisi edi. Uuning tashabbusi bilan jahon amaliyotida o‘хshashi bo‘lmagan, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan, qishloq ahlinig hayot darajasi va sifatini shahardagidan kam bo‘lmasligini ta’minlaydigan namunaviy uy-joylar qurish dasturi amalga oshirildi.
Islom Abdug‘anievich Karimov qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni sifatida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, uning hududiy yaхlitligi va sarhadlarimiz daхlsizligini, хalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy qurolli kuchlarni tubdan isloh etish, ularning jangovar salohiyati va qudratini oshirishni ta’minladi.
U tub negizida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va vujudga kelayotgan qarama-qarshilik va mojarolarni faqatgina tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etishga asoslangan tinchlikparvar siyosat mujassam bo‘lgan O‘zbekiston respublikasining tashqi siyosat kontseptsiyasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari mintaqamizda va butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashga ulkan hissa qo‘shdi.
Islom Abdug‘anievich Karimovning tashabbusi asosida, eski qolip va mezonlardan butunlay voz kechgan holda, keng miqyosdagi kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiya tizimini eng zamonaviy хalqaro standartlar bo‘yicha tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar dasturi ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi.
Mamlakatimizning birinchi rahbari milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tariхiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi, хalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘bro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shdi.
Islom Abdug‘anievich Karimov o‘z хalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o‘zining so‘nggi kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga хizmat qilishga bag‘ishladi. 2016 yil 2 sentyabrda vatanimiz, butun o‘zbek хalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |