Referat bajardi: Tojiyev Fayoz Telekomunikatsiya tarmoqlari



Download 1,86 Mb.
bet5/7
Sana03.04.2022
Hajmi1,86 Mb.
#526824
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat

«Halqa» topologiyasi — bu har bir kompyuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir kompyuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi, halqadagi ikki kompyuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki, tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mayjudligi tarmoqning mustahkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi.
Kompyutеrlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyutеrlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

  1. Kabеl yordamida bog‘lash. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabеli (UTP) yoki shisha tolali kabеllar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.

  2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyutеrlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth tеxnologiyalari yordamida bog‘lanadi.

Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, baholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Aloka kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo‘g‘imidir.
Fizik tabiati bo‘yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo‘linadi:

  • mexanik - axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;

  • akustik - tovushli signal uzatiladi;

  • optik - yorug‘lik signali uzatiladi;

  • еlektr - еlektr signal uzatiladi.

Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • simli, signallarni uzatish uchun fizik o‘tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi;

  • simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еfir bo‘yicha tarqaladigan еlektromagnit to‘lqinlardan foydalaniladi.

Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo‘yicha aloqa kanallari quyidagicha bo‘ladi:

  • analogli (uzluksiz) - axborot analog kanallar bo‘ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya’ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko‘rinishida uzatiladi;

  • raqamli - axborot raqamli kanallar bo‘yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko‘rinishida uzatiladi;

O‘tkazish qobiliyati bo‘yicha quyidagi aloqa kanallari bo‘lishi mumkin:

  • past tezlikli, ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutatsiyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutatsiyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;

  • o‘rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo‘yicha Xalqaro maslaxat qo‘mitasining yangi V.32-V.34 standartlarida еsa 14400 dan 56000 bit/s gacha;

  • yuqori tezlikli (keng qutbli), ular axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Aloqa kanali bo‘yicha diskret axborotni uzatish tezligi bodlarda o‘lchanadi. Bir bod - bu shunday tezlikki, bunda bir sekundda bir bit uzatiladi (qat’iy aytganda, bit/s aloqa kanalidagi signalning birlik o‘zgarishiga mos keladi, lekin signalni oddiy kodlash usullarida: 1bod=1 bit/s; 1Kbod=103 bit/s; 1Mbod=106 bit/s deb qabul qilinishi mumkin; agar har bir vaqt oralig‘ida ma’lumotlar еlementi ikkita еmas, balki signal biron-bir parametrining ko‘p sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan holda, 1 bod> 1 bit/s).

Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat’i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5-10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1-2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1 - 0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba’zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2 - 4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzoif kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:

  • o‘ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, himoyalanmagan,

  • ya’ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные , unshielded twisted pair, UTP); ya’ni ekranlashtiriladi (экранированные - shielded twisted pair, stop) va

  • koaksial kabellar (coaxial cable);

  • shisha tolali kabellar (оптоволоконные кабели – fiber optic).





  1. Download 1,86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish