Referat bajardi: Tekshirdi


Qurol-aslaha va o‘q-dorilarni saqlash xonasi



Download 1,07 Mb.
bet4/8
Sana10.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#772765
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pahlavon

Qurol-aslaha va o‘q-dorilarni saqlash xonasi.
Qurol-aslaha va o‘q-dorilarni saqlash xonasi o‘quv quroli, kichik kalibrli miltiqlar va ularning o‘q dorilarini olish, saqlash va hisobini yuritishni tashkil qilish Yo‘riqnomasiga muvofiq jihozlanadi. U ta’lim muassasasiga berilgan o‘quv quroli, kichik kalibrli miltiq va ularning o‘q dorilari hamda o‘quv qurol-aslahalarning but saqlanishi va ehtiyot qilinishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. YOCHQBT uchun mo‘ljallangan individual himoya vositalari, radiostansiyalar radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari va boshqa o‘quv buyumlari laborant yoki harbiy xonalarda (alohida) saqlanishi kerak.
Agar qurolni saqlash xonasi quroldan tashqari qurol aslahalar va boshqa ro‘y xatdagi buyumlarni joylashtira olsa, unda u ichki devor (temirli panjara) hamda eshik bilan ajratilishi kerak. Xonaning yaqin qismida individual himoya vositalarini, radiostansiya, radiatsion va kimyoviy razvedka asboblarini va boshqa ro‘yxatdagi buyumlarni saqlash mumkin. Ichki devor orqasida (panjara) o‘quv quroli o‘quv qurol-aslahala, kichik kalibrli miltiqlar va ularning o‘q-dorilarini, pnevmatik qurollar va ularning o‘qlari saqlanadi.
Xona quyidagi talablarga javob berish kerak:
- boshqa qo‘shimcha xizmat xonalaridan mustahkam devorlar bilan ajratilgan pishiq va mustaxkam pol, devor, tom, shiftga ega bo‘lishi;
- ikki tomonidan 1,4-1,6 mm qalinlikdagi ruhlangan (otsenkovannыm) tunuka bilan qoplangan 40 mm qalinlikda bo‘lgan taxtali tashqi va diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan alohida armaturadan bo‘lgan ichki panjarali mustahkam va ishonchli eshiklar bo‘lishi;
- Deraza oynalarida diametri 15 mm bo‘lgan stal tayoqchalardan temir (stal) panjaralar bo‘lishi. Birinchi qavatda joylashgan qurol saqlash xonalarida panjaralardan tashqari metali yoki ikki tomondan ruhlangan (otsenkovannыm) tunuka bilan qoplangan taxtali ichki to‘siqlar bo‘lishi, derazaning ichki to‘siq va eshiklari qulflanadigan, suriladigan tirgagichlar bo‘lishi, ular muxrlanadigan yokii plombalanadigan bo‘lishi;
-ichki ishlar organilarining markazlashtirilgan kuzatuv pultiga chiqadigan qo‘riqlash signaliga ulanishi yoki yaqindagi qo‘riqlash postiga ulanishi, ta’lim muassasasi binosining tashqi tomonida o‘rnatilgan baland ovozli bong yoki sirenali mustaqil (avtanom) signal bilan jixozlangan bo‘lishi;
-yong‘inni o‘chirish vositalariga ( ognetushitel) ega bo‘lish. Xonada o‘quv otish quroli yoki kichik kalibrli miltiqlar javoni (piramida) yoki seyf, kichik kalibrli o‘q-dorilarni saqlash qutisi, radiostansiya uchun stellaj (tokchalar)o‘rnatiladi. Otish joyi (Strelkoviy tir)
Otish joylari (strelkovыyy tir)- bu kichik kalibrli miltiqlardan nishonlarga qarata otishga mo‘ljallangan maxsus jixozlangan qurilma yoki joy qismidir. Otish joylari (strelkovыy tir) orqa tomondan otish chizigi, oldindan o‘qni tutib qoluvchi qatlam va val bilan, yon tomonlardan esa o‘qning tashqariga uchib chiqib ketishini to‘sib turuvchi devorlar bilan to‘silgan bo‘ladi. Otish joylari (strelkovыy tir) lar ochiq, yarim yopiq va yopiq bo‘lishi mumkin. SHuningdek, soddalashtirilgan temir (stal) beton yoki metall trubalardan 25 m. yoki 50 m.li tirlar bo‘lishi mumkin. Otish joylari (strelkovыyy tir) shunday qurilishi kerakki, atrofdagilar uchun
to‘la xavfsizlik ta’minlangan bo‘lishi, odamlar va hayvonlarning otish zonasiga quqqisdan kirib qolishining oldi olingan bo‘lishi kerak. Ushbu shartlarning bajarilishiga maxsus tarx, himoya devorlari, ayvoncha, o‘q tutkichlar o‘rnatish orqali erishiladi. Otish joylari (strelkovыy tir) otish zonasi va otuvchilarni tayyorlash uchun xonalardan iborat bo‘ladi.Otish zonasida dastlabki holat va o‘t ochish marralari yaqqol ko‘rinib turadigan chiziqlar va yozuvlar yozilgan ko‘rsatkichlar bilan belgilab ko‘yiladi. O‘t ochish marrasida otuvchilar uchun tayanib otish uchun tayanchlar (qum yoki qirindi to‘lg‘azilgan qopchalar mavjud bo‘lishi kerak.Otuvchilar uchun xonada o‘zlarining bilimlarini va amalmy ko‘nikmalarini takomillashtirishlari uchun o‘quv joylarini tashkil qilinadi. Buning uchun otish vaktida xavfsizlik choralari; kichik kalibrli miltikdan otish uchun tayyorgarlik mashqini hamda Kalashnikov avtomatidan boshlang‘ich mashqni bajarish sharti haqida ko‘rsatmalar qo‘yilgan shitlar joylashtirilishi lozim
.
2-rasm. Otish joyining yarim yopiq sxemasi. 1-otish paviloni; 2- ustki qismdagi o‘q tutqichlari; 3-otish zonasi; 4-otish o‘nalishidagi o‘q tutqich; 5-mishenlar.(-ramda faqat otish joyining boshqa turlariga nisbatan ko‘proq foydalanilayotgan yarim yopiq turining sxemasi ko‘rsatilgan, kengroq materiallarni «YOCHQBT bo‘yicha O‘MB jihozlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanma»ga qaraladi).

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish