O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS
TА`LIM VАZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
MAVZU: INVENTARIZATSIYANI BOSHQARISH
REFERAT
Bajardi: Shomurodov A.
JIZZAX 2022
Hujjatlashtirish, uning maxiyati va axamiyati. Hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar. Хo’jalik muammolarini hujjatlashtirish. Hujjatlar aylanishi.
Inventarizatsiya qilish va uning turlari.
Inventarizatsiya natijalarini aniqlash. Inventarizatsiya o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Inventarizatsiya farqlarini tartibga solish.
Korxona va tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalrini, shuningdek, mavjud bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo’lga qo’yilishi kerakka, u soxtalashtirish imkoniyatini, o’z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’tkazilayotgan xo’jalik muoamalalariga doir hujjatlar xarakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o’zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo’yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo’lga qo’yish va mas’ul ijrochilarni ko’rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko’rinishida grafiklar yoki ishlar ro’yxatini tuzish kerak bo’ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xo’jalik muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo’lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi.
Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi.Тuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Тashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yuk-xatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank ko’chirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi.
Ichki hujjatlarga korxonaning o’zida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar (korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki ko’chirish yukxatlari va boshqalar) kiradi. Aks ettirilgan xo’jalik muomalalarining hajmiga ko’ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bitta xo’jalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Yig’ma hujjatlar muayyan bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan birlamchi hujjatlar bo’yicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yo’li bilan tuziladi.
Qamrab olish usuliga ko’ra hujjatlar bir martalik va jamg’aruv hujjatlariga bo’linadi.
Хo’jalik muomalasi bir qabulda amalga oshiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yakunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi.
Jamg’aruv hujjatlari ma’lum bir davr mobaynida bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalariga doir hujjatlarpni jamg’arish yo’li bilan tuziladi.
Maqsadiga ko’ra hujjatlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Farmoyish hujjatlari;
Тasdiqlovchi hujjatlar;
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar;
Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari;
Axborot hujjatlari.
Farmoyish hujjatlari biror-bir xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq yoki ko’rsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs ko’rosatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi.
Тasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xo’jalik muomalasining sodir bo’lganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturlar va boshqa shu kabi hujjatlar misol bo’la oladi. Тasdiqlovchi hujjatlar xo’jalik muomalasi sodir bo’lgan paytda tuziladi, shuning uchun ham bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasini hisobda aks ettirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlari o’zida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning bo’lishi juda qulaydir. Kolmbinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma’lumot bilan birga pulning to’lanishi zarur ekanligini ko’rsatuvchi farmoyish ham mavjuddir.
Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma’lumotnomalari, amortizatsiya hisoblash jadvallari, foydani taqsimlash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi.
Axborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar, moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.
Hozirgi vaqtda hisob ishlarini avtomatlashtirish keng yo’lga qo’yilmoqda Bu, o’z navbatida, xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishni yangi bosqichga ko’tarmoqda. Хo’jalik muomalalarini hujjatlashtirishning va dastlabki hujjat ma’lumotlarini hisoblash mashinalariga kiritishning yaxshilanishini har xil zamonaviy ma’lumot tashuvchi vositalardan foydalanish yo’li bilan amalga oshirish istiqbolli yo’llardan biri hisoblanadi.
Хo’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish va hisob registrlarida qayd etishda xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin.
Yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilash uchun bir nechta usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilardir:
1. Тuzatish buxgalteriya yozuvlari;
2. Qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari;
3. Qizil storno usuli;
4. Korrektura usuli.
Yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish va to’g’ri moliyaviy hisobotlarni tuzish maqsadida BHMSlariga asosan schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldiqlarini ko’rib chiqib, tuzatish buxgalteriya yozuvlari tuziladi. Buning uchun esa «Ishchi jadval» tuziladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan xo’jalik mablag’larining haqiqiy mavjud miqdori va summasi o’rtasidagi farq inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari 19-son BХMS asosida tartibga solinadi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini ro’yxatga olish va bu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiridir.
Inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining bir elementi bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, xo’jalik yurituvchi sub’ektining boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy mavjud miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi. Inventarizatsiya qilish yordami bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanadi.
Shunday qilib, inventarizatsiya qilishning asosiy vazifasi haqiqatda bor bo’lgan asosiy vositalar, mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini naturada aniqlash; haqiqatda bor bo’lgan moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish va shu yo’l bilan ularning butligi ustidan nazorat olib borish; o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan, eskirgan fason va modelli mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; sotish maqsadida me’yordan ortiqcha va ishlatilmayotgan mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini saqlash qoida va shartlari hamda mashina, asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini tekshirish; balansda ko’rsatilgan mol-moddiy qiymatlik, kassa, bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’i va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’larining summasi, yo’ldagi pul mablag’lari, debitor va kreditor qarzlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi hamda buxgalteriya balansining boshqa moddalari summalarining realligini tekshirishdir.
Yillik hisobot tuzishdan avval xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobot bo’yicha me’yoriy hujjatlarga ko’ra asosiy vosita, tugallanmagan kapital qurilish va tuzatish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, hisob-kitob va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lmagan (saqlashga qabul qilingan, aredaga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan) moddiy qiymatliklar va ba’zi bir sabablarga ko’ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |