Elektron va masofaviy o'qitish texnologiyalari. Kerakli natijalarga erishish, motivatsiyani rivojlantirish shaxsga yo'naltirilgan yondashuvdan foydalanishni talab qiladi. Zamonaviy o'qituvchi individual o'quv dasturlarini tuzishi, har bir bola uchun o'ziga xos traektoriyani shakllantirishi kerak. Bunday sharoitda masofadan o'qitish texnologiyalaridan foydalanish davr talabiga aylanib bormoqda.
Birinchi marta eksperimental darajada masofadan o'qitish 1997 yilda boshlandi. Joriy yilning 30 mayida Ta'lim vazirligi tomonidan 1050-sonli buyruq chiqarildi. Unga muvofiq yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish boshlandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu
texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda. Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot Texnalogiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi.Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib
kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |