7. Korxonalarning pul tushumi, yalpi va sof daromadi,
foyda va rentabelligi
Ma`lumki, ishlab chiqarish har kanday jamiyat faoliyatining uta muhim jihatidir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslardan (ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari ) foydalanish natijasida mahsulot , ish va xizmatlardan iborat xayotiy ne`matlar yaratiladi.
Ma`lum davr mobaynida mamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati yalpi ichki mahsulotni tashkil etadi .
Xo`jalik mikiyosida u yalpi mahsulotni tashkil etadi. Yalpi mahsulot qiymatidan moddiy xarajatlar so`mmasi chiqarilgandan qolgan qismi yalpi daromad hisoblanadi. Yalpi daromaddan mexnat haqi (ajratmalar bilan) xarajati chiqarilgandan qolgan qismi sof daromadni tashkil etadi.
Qishloq xo`jalik korxonalarining pul tushumi o`simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar sotishdan tashkil topadi.
Qishloq xo`jalik korxonalarida mahsulot (ish va xizmatlar) sotishdan tushgan pul tushumidan ularni tannarxi chegirilgach mahsulot (ish va xizmatlar) sotishdan yalpi foydani tashkil etadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ktlarnig barcha faoliyati moliyaviy va boshqa natijalarini hisobga olgan holda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllanish tartibi to`g`risida Nizom»ga binoan foyda qo`yidagi turlari bo`yicha aniklanadi:
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
YAM = SST – IT
Bunda: SST – sotishdan olingan sof tushum
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
Asosiy faoliyatdan foyda
AFF = YAF – DX + BD – BZ
Bunda: DX – davr xarajatlari
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
BZ – asosiy faoliyatdan kurilgan boshqa zararlar
Umumxo`jalik faoliyatidan foyda
UF = AFF + MD – MX
Bunda: MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromad
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari
Soliq tulangungacha foyda
STF = UF + FP – FZ
Bunda: FP – favkulotda vaziyatlardan foyda
FZ – favkulotda vaziyatlardan zarar
Sof foyda
SF = STF – DS – BS
Bunda: DS – daromad (foyda)dan tulanadigan soliq
BS – boshqa soliqlar va to`lovlar
Xo`jaliklarda yuqoridagi va boshqa ayrim ma`lumotlar asosida rentabellik ko`rsatkichlari aniklanadi. Rentabellik samaradorlik ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, foydalilik darajasini ifodalab ishlab chiqarishga qilingan sarflar qanchalik foyda keltirilayotganligini bildiradi.
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi nizomga asosan rentabellikni qo`yidagi ko`rsatkichlari aniklanadi:
1.
Bunda: YAF – mahsulot sotishdan yalpi foyda
IT – sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi
2.
Bunda: SF – hisobot davridagi sof foyda
UA – o`zok muddatli aktivlarni hisobot davridagi o`rtacha қиймати
3.
Bunda: STF – soliq tulangungacha foyda
BA – balans aktivining jami
4.
Bunda: XK – xususiy kapitalni o`rtacha yillik qiymati.
5.
Bunda: MCHAM – muomalaga chiqarilgan aksiyalar mikdori va rentabullikning boshqa ko`rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |