3. Sudgacha sanasiya.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi.
Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunga kuzatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan.
Xo‘jalik protsessual kodeksiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar iqtisodiy sudlar sudloviga taalluqlidir.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan qarzdor, kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajarilmagan hollarda murojaat etish huquqiga ega. Majburiy to‘lovlar majburiyati bajarilmaganligi natijasida esa ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Ariza yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirilmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak. Ariza ushbu muddatda taqdim etilmaganda, muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmasdan arizani qabul qilish va bankrotlik ishini qo‘zg‘atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi. Ariza ish yuritishga qabul qilingan taqdirda ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda kreditorlarning talablarini qondirishga doir chora-tadbirlar ham ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. Sud amaliyotida bu ikki masalani bir ajrimda ko‘rsatib o‘tish odat tusiga kirgan.
Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablardan birortasi buzilsa ham, sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etishga haqli. Masalan, agar qarz qarzdor tomonidan uch oydan kam bo‘lgan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa, ariza qabul qilinmaydi va bu to‘g‘rida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim XPKning 117-moddasiga asosan yakka tartibda sudya tomonidan 5 kunlik muddatda chiqariladi. Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |