AL-BUKHARIY UNVERSITY
REFERAT
Bajardi: 1-3 guruh talabasi Amirova Maxfuraxon
Tekshirdi: Kozimbek Toztabekov
Mavzu: 2007-yil Toshkent - Islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishining mazmun mohiyati
Reja:
1. Toshkent - Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi sabablari
2. «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi»
3. TOSHKENT SHAHRI “ISLOM MADANIYATI POYTAXTI” DEB E’LON QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR
Islom konferentsiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri — Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi.
Islom konferentsiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri — Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Butun Osiyo qit’asining vakili bo‘lgan Toshkent bilan bir qatorda arab dunyosidan Fes (Marokash) va Tripoli (Liviya) shaharlari, shuningdek, Afrika qit’asidan Senegal poytaxti — Dakar shaharlari ham Islom madaniyatining poytaxtlari, deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
Haqiqatan ham, mustaqil O‘zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o‘ziga xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining binolari, minglab nodir qo‘lyozmalarga boy bo‘lgan kutubxonalari, islom uyg‘onishi davrining buyuk ustalari, alloma va me’morlari ijodiga mansub namunalari ko‘z qorachig‘iday avaylab-asralayotgan muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hayratga soladi. Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko‘kaldosh nomidagi madrasa va Prezident I.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ta’lim muassasalari diniy ulamolar, dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika mutaxassislarini tayyorlaydi. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha MDH hududidagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent islom universitetida juda ko‘p marotalab din va siyosat, bag‘rikenglik hamda zamonaviy dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiyalar, seminar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tgan.
Fan, madaniyat va ta’lim bo`yicha xalqaro islom tashkiloti 2007 yilda Toshkentni Islom poytaxti sifatida e`lon qilgan. Bu voqea O`zbekiston matbuotida keng yoritildi. Toshkentda islom mavzusiga oid bir necha xalqaro konferensiyalar o`tkazildi. Mutaxassislar fikriga ko`ra, islom tarixi, madaniyati va taraqqiyoti haqida gapirilganda Imom al Buxoriy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy va shu kabi ko`plab allomalar yaratgan qomusiy ishlarni e’tirof etmasdan bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |