Adsorbsiya
. Ko'mir (ayniqsa, pista ko'mir)ning adsorblash xususiyati juda kuchli
bo'ladi.
Ko‘mirning va boshqa qattiq yoki suyuq moddalarning o‘z sirtida bug‘, gaz va
erigan moddalarni ushlab qolish xossasi
adsorbsiya
deyiladi.
Yuzasida adsorbsiya sodir bo'ladigan moddalar
adsorbentlar
deyiladi. Adsorblanadigan
moddalar
adsorbatlar
deyiladi. Agar, masalan siyoh eritmasini mayda tuyilgan ko'mirga
qo'shib chayqatilsa va so'ngra aralashma filtrlansa, u holda filtratda rangsiz suyuqlik —
suv bo'ladi. Bu holda erigan bo'yoqning hammasi ko'mirga adsorblanadi. Ko'mir —
adsorbent, bo'yoq — adsorbat.
Texnikada adsorbentlar sifatida alumosilikatlar, sintetik smolalar va boshqa moddalar
ishlatiladi.
Ko'mirning adsorblash xususiyati uning g'ovakligi tufaylidir. ( i'ovaklar soni qancha
ko'p bo'lsa, ko'mirning sirti shuncha katta va adsorblash xususiyati shuncha kuchli
bo'ladi. Odatda pista ko'mirning g'ovaklari turli xil moddalar bilan qisman to'lgan
bo'ladi, bu esa uning adsorblash xususiyatini kamaytiradi. Adsorbsiyani kuchaytirish
uchun ko'mirga maxsus ishlov beriladi suv bug'i oqimida qizdirib, g'ovaklari
ifloslantiruvchi moddalardan tozalanadi. Shunday ishlov berilgan ko'mir
aktiv
ko'mir
deyiladi.
Aktiv ko'mir shakar sharbatini unga sariq rang beruvchi qo'shimchalardan tozalash,
o'simlik moylari va yog'larni tozalash uchun keng ko'lamda ishlatiladi. Aktiv ko'mirdan
tayyorlangan tabletkalardan («karbolen») tibbiyotda organizmdan zararli moddalarni
chiqarib yuborish uchun foydalaniladi. Aktiv ko'mir protivogazlarda zaharlovchi
moddalarni yutib qolish uchun ishlatiladi. N.D.Zelinskiy yaratgan filtrlovchi
protivogazdan 1914— 1918- yillardagi jahon urushida foydalanilgan, bu esa bir necha
o'n minglab kishilarning hayotini saqlab qolishga imkon bergan.
Kimyoviy xossalari. Odatdagi temperaturada ko'mir ancha inert bo'ladi. Uning
kimyoviy aktivligi yuqori temperaturalardagina namoyon bo'ladi. Ko'mir oksidlovchi
sifatida ba’zi metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Uglerodning metallar
bilan hosil qilgan birikmalari
karbidlar
deyiladi.
Vodorod bilan ko‘mir nikel katalizator ishtirokida va qizdirilganda metan — tabiiy
yonuvchi gazlarning asosiy tarkibiy qismini hosil qiladi:
C+2H=CH4
Lekin ko‘mir qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladigan reaksiyalarga ko‘proq
kirishadi. Bu hoi ко‘miming istalgan allotropik shakl o'zgarishining to‘liq yonishida
ko‘rinadi:
C+02=C02
Ko'mir temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlarni ularning oksidlaridan
qaytaradi, uning bu xossasidan metallurgiyada shu metallami olishda keng ko‘lamda
foydalaniladi. Masalan:
2Zn0+C=2Zn+C02
Ko‘ miming juda muhim kimyoviy xossasi — uning atomlarining bir-biri bilan birikib,
puxta bog‘lanishlar — uglerod zanjirlari hosil qilishidir (III qism, Organik kimyoga q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |