texnologiyalari yangilandi. Xodimlarning ish haqi
oshirildi. Joriy yilning
o„tgan davrida kutubxona fondi 6,5
milliondan ziyod nusxaga yetdi. Jumladan, fond 19,4
ming bosma va 304 ming elektron nusxadagi yangi
adabiyotlar bilan boyitildi.
Germaniya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Shveytsariya, Rossiya kabi o„ndan ortiq davlatdagi 24
nufuzli kutubxona bilan hamkorlik o„rnatilgan. Kitobxonlar
uchun EBSCO Publishing, Oxford University, JSTOR, Aluka,
Emerald Springer, Cambridge Journals Online kabi xalqaro
ilmiy-tadqiqot manbalaridan bepul foydalanish imkoni
yaratildi.Kitoblarni qayta tiklash va elektron nusxaga
o„tkazish jarayoni ham zamonaviylashtirildi. Jumladan,
Italiyaning “Zechini” kompaniyasining matbaa uskunasi olib
kelingach, oldin qo„lda bajarilgan muqova tayyorlash va
bloklarni zichlash ishlari texnika zimmasiga yuklandi.
Xitoyning “Purlux” uskunasi bosma taboqlarni tikish ishlarini
yanada osonlashtirdi.Kutubxona fondini davr talablari
asosida elektron shaklga o„tkazish va raqamlashtirish uchun
Avstriyada ishlab chiqarilgan professional skanerlar olib
kelindi. Masalan, “Xinoscans 700” ikki tomonlama nusxa
ko„chiruvchi rangli skaner A3 formatdagi hujjatlarni 1-1,5
daqiqada skanerlaydi. “Qiden VSPBS” robot skaneri esa
nodir kitoblarni buzmagan holda o„zi varaqlab, o„zi
nusxalaydi.
Yangi
g„oyalar manbai
Kutubxonadagi 12
o„quv zali zamonaviy jihozlanib, to„liq
kompyuterlashtirilgan. Masalan, 2010-yili kitobxonlar uchun 40
kompyuter xizmat qilgan
bo„lsa, bugun ularning soni 250 dan
ziyoddir. Kutubxona binosida bepul Wi Fi tizimi ishlab turibdi.
Kitobxon
o„zi bilan “nout-buk” olib kelib, internetdan cheklovsiz
foydalanishi mumkin. Hozir har kuni 800-1000 nafar kishi bu
yerda global axborot
tarmog„idan foydalanmoqda.Har bir o„quv
zali
ma‟lum yo„nalishga ixtisoslashtirilgan. Masalan, “Istiqbol”
o„quv zalida talabalar uchun kitob-jurnallar, “Tadbirkor”da
iqtisodiy adabiyotlar va biznesga oid
me‟yoriy-huquqiy hujjatlar,
“Bunyodkor”da me‟yoriy-texnik adabiyotlar, davlat va xalqaro
standartlar haqidagi 543,6 mingdan ortiq hujjatlar,
“O„zbekiston”da mamlakatimiz va jahon tarixiga oid asarlar,
“Adolat”da yuridik adabiyotlar va ma‟lumotnomalar mavjud. Eng
katta
o„quv zali – “Tafakkur”da bir vaqtning o„zida 100 kishi
mutolaa qilishi mumkin.
O„ttiz minglik fondga ega bu zaldan eng
ko„p so„raladigan kitoblar, matbuot nashrlarini topish mumkin.
“Jahon” xorijiy adabiyotlar o„quv zalida 75 tildagi 370 mingdan
ortiq kitob mavjud.
Bu o„quv zallari, ayniqsa, yoshlar bilan gavjum. Ularning har
biri o„z oldiga ulkan maqsadlar qo„ygan. Xususan, Zangiota
biznesni rivojlantirish kasb-
hunar kolleji o„quvchisi Shuhrat
Abduvohidov bu yerda darslarni tayyorlash bilan birga,
GMAT, SAT, TOEFL, IELTS kabi matematika va ingliz tili
fanlaridan xalqaro darsliklarni, arab, ispan tillarini
o„rganmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi
akademik litseyni bitirgan Nodira Nosirova Singapur
menejmentni rivojlantirish institutining Toshkent shahar filiali
talabasi bo„lish uchun imtihonlarga hozirlanmoqda.“Ilm”
o„quv zalida ilmiy xodimlar mustaqillik yillarida mamlakatimiz
va xorijda himoya qilingan dissertatsiya va referatlardan
foydalanish imkoniga ega. Masalan, Bank-moliya
akademiyasi davlat moliyasini boshqarish fakulteti 2-bosqich
magistranti Baxtiyor Abdullayev “Erlarning meliorativ holatini
yaxshilash Davlat dasturini moliyaviy ta‟minlash
samaradorligini oshirish yo„llari” mavzusidagi magistrlik
dissertatsiyasini tayyorlamoqda.
– Kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoit tufayli
dissertatsiyalarni o„qish bilan birga, internet orqali bu
yo„nalishda Xitoy va Amerikada amalga oshirilgan loyihalar
va yondashuvlarni ham o„rganyapman, – deydi B.Abdullayev.
– Ba‟zi xorij kutubxonalarida bo„lganman, ammo bunday
qulay sharoitlar boshqa joyda kam uchraydi. Ayniqsa,
xorijdagi qator ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy
bazasidan bepul foydalanish imkoni yaratilgani biz, yoshlar
uchun nihoyatda muhimdir....Bugun qator mamlakatlarda
iqtisodiy inqiroz, tabiiy ofatlar, ichki mojarolar oqibatida
moddiy ehtiyojlar, boshqacha aytganda, qorin g„ami birinchi
o„ringa chiqib qolgan. Taraqqiy etgan davlatlarda esa
“ommaviy madaniyat” yoshlarni o„z domiga tortib, jamiyat
ma‟naviy tayanchlarini tobora yemirmoqda.Mamlakatimizda
esa “Ma‟rifat markazi” kabi ko„plab ilm-ziyo, ma‟naviyat va
ma‟rifat markazlari barpo etilmoqda. Bu yurtimizda tinchlik-
osoyishtalik hukm surayotgani, totuv va fayzli hayotimiz
tufaylidir. Zotan, bugunidan rozi va ertangi kunga ishonchi
mustahkam xalq ezgulik va ma‟rifatga intilib yashaydi. Teran
ma‟naviy tomirlarga ega xalqning kelajagi buyuk, yo„li
hamisha oydin bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |