Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat kutubxonasi
Bajardi. Turakulova F
Raxbar.Qodirova T.
Gurux.2-09 Du
Toshkent 2013
REFERAT
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi № UP-
3029 raqamli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to„g„risida”gi
Farmoni 2002 yil 12 apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy
nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi №123
Qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy
kutubxonasi “Milliy” maqomini oldi.
Kutubxona 1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi
sifatida ochilgan. Fondini tashkil qilishga xalq maorifi vazirligi, Fanlar
Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh
shtabi hamkorlik ko„rsatib, o„z fondlaridan sovg„a qilishgan. 1870 yil
may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq adabiyotlar yig„ilib,
kutubxona fondining asosi yaratildi
.
Toshkent ommaviy kutubxonasi fanning turli sohalari bo„yicha, birinchi
navbatda o„lkaga doir va qo„shni davlatlar to„g„risidagi adabiyotlarni
yig„ishi va saqlashi lozim bo„lgan.
Kutubxonaning o„lkashunoslik fondini to„ldirish uchun atoqli rus
bibliografi V. I. Mejov jalb etilgan. U Toshkent ommaviy kutubxonasi
uchun Turkiston o„lkasiga doir materiallar yig„ishni amalga oshirgan va
ilmiy doirada “Turkiston to„plami” nomi bilan ma‟lum to„plamning
yaratilishiga asos solgan.
Kutubxonaning birinchi direktori 1972 yil 11 maydan N.V.Dmitrovskiy
(1841-
1910) bo„lgan. U 1867 yil avgustdan Turkiston kanselyarisida
xizmat qilgan bo„lib, bir vaqtda “Turkistanskix vedomostey” gazetasi
redaktor o„rinbosari vazifasini bajargan.
Kutubxona tarixining ushbu qiyin davrlarida 1883 yil tashkil etilgan
“Kuzatuv qo„mitasi” ijobiy rol o„ynagan. Turli yillarda ushbu qo„mita
tarkibiga N.A.Maev, N.V.Dmitrovskiy, A.A.Semenov, A.A. Divaev, N.G.
Maliskiy va shu kabi mashhur olim, pedagog, tarixchi, etnograflar
kirishgan.
Kutubxona tarixining dastlabki davriga “Turkiston albomi” ning yaratilishi
taaluqlidir. Ushbu o„ziga xos fotoalbomni tuzish orientalist A.L.Kunga
topshirilgan.
Akademik A.A. Semenov tomonidan tuzilgan “Turkiston ommaviy
kutubxonasi qo„lyozmalar katalogi” ga ko„ra 1917 yilga kelib kutubxona
qo„lyozmalar fonda 250 tomni tashkil etgan.
Ushbu davrda Xiva va Toshkent litografiyalarida chiqarilgan birinchi
litografik kitoblar xarid qilingan. Bu litografiyalar A.Navoiyning “Xamsa” si
(1880), “Divani munis”, “Divani Radji”, XVIII asrning mashhur shoiri So„fi
Allayorning “Stoykost slabix” asarlari va h.k.
1920 yili kutubxonaga Davlat kutubxonasi maqomi berildi va u keskin
o„zgardi. 1925 yilga kelib kutubxonaning fondi 140 ming jildga yetdi.
1920 yildan boshlab Kutubxona Turkiston o„lkasida chop etilayotgan
nashrlarning majburiy nusxalarini ola boshlaydi.
O„rta Osiyo respublikalarining tashkil etilishi natijasida kutubxona
O„zbekiston xalq ta‟limi qo„mitasiga buysinadi va qayta tashkil etilgan
O„rta Osiy respublikalarida kutubxonachilik ishini tashkil etish bo„yicha
amaliy yordam ko„rsata boshlaydi.
1925 yil iyul oyidan boshlab O„zbekiston Davlat ommaviy
kutubxonasining sharq bo„limida amaliyotchilar instituti faoliyatini
boshladi. 1929 yil dekabr oyidan boshlab kutubxona xodimlari uchun
o„zbek tilini o„rganish kurslari ochildi, 1930 yil avgustdan – ilmiy
kutubxonalar katalogizatorlarini tayyorlash kursi, 1932 yil yanvardan
–
kataloglashtirish, sistemalashtirish va predmet rubrikalari bo„yicha uch
oylik kurslar, 1934 yil oktyabrdan Fan qo„mitasi qoshida – ilmiy
kutubxona xodimlari uchun kurslar ochildi.
O„zbekiston hukumatining Qaroriga ko„ra Toshkentdagi O„zbekiston
Davlat ommaviy kutubxonasi 1933 yildan respublikaning sharq
qo„lyozmalarini saqlash markazi deb e‟lon qilindi.
1920-
1930 yillarda kutubxona faoliyatida bibliografiya katta o„rin
egallaydi. Bu davrda kutubxona xodimlari tomonidan yirik bibliografik
ishlar yozildi.
1920-1930 yillarda kutubxona faoliyatida bibliografiya katta
o„rin
egallaydi. Bu davrda kutubxona xodimlari tomonidan yirik bibliografik ishlar
yozildi.
1930 yillarning oxirida Davlat ommaviy kutubxonasi respublikaning
boshqa kutubxonalari uchun haqiqiy metodik markaz
bo„lib qoldi. Bu
vaqtga kelib ularning soni 2,5 mingdan ortiq edi. Kutubxona qoshida
kutubxonashunoslik va bibliografiya kabineti ochilib, u yerda doimiy
ravishda
ma‟ruzalar, namoyishlar, maslahatlar o„tkazilar edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida kutubxona o„quv zallarida akademiklar V.V.
Struve va V.P. Filatov, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a‟zolari V.M.
Jirminskiy, A.Yu. Yakubovskiy, N.K. Piksanov, yozuvchilar A.N.Tolstoy,
N.E. Virta, Vs.V. Ivanov, M.A. Syavlovskiy, V.G. Yan, K.I. Chukovskiy,
san‟at xodimlari – xizmat ko„rsatgan san‟at xodimi M.F. Giesin, professor
V.M
Urushdan keyingi davrda kutubxonaning asosiy vazifasi kitob
fondlarini to„ldirishdan iborat bo„lgan. Bu vaqtda Bolgariya, Vengriya,
Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya
kabi davlatlardan kitoblar kela boshladi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya,
Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan
hamdo„stlik aloqalari yo„lga qo„yildi.. Belyaev, kompozitor N.V.
Bogoslovskiy, SSSR xalq artisti I.V. Yershov va boshqa ko„plab kishilar
ishlashgan
.
1948 yili kutubxonaga buyuk o„zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berildi va
350 o„rinli o„quv zaliga ega bo„lgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi.
O„sha paytda nodir va qadimiy nashrlar bo„limi tashkil etilib, unda 2
mingdan ortiq kitob, jumladan 250 ta avtografli, 151 ta ekslibrisli kitoblar
jamlangan edi. Ayni paytda bu fond 16 mingdan ortiq hisoblanadi.
1970 yillardan ilmiy-
tadqiqot, madaniyat va san‟at bo„yicha ilmiy axborot,
depozitar saqlash, nazorat-
dispetcherlik xizmati, yoshlar kabi bo„limlar
tashkil etilgan.
1980 yillardan “Sovet qishlog„i hayotida kitob va mutoalaa”, “Ommaviy
kutubxonalarda mutoalaa dinamikasi va kitobxon ehtiyoji”, “Kutubxona
resurslarini oqilona joylashtirish” kabi umumittifoq tadqiqodlari ustida
hamda respublika miqiyosidagi “O„zbekiston ommaviy kutubxonalari kitob
yadrosini shakillantirish”, “Bibliografik ifodalarda rus transkripsiyasida
o„zbek mualliflarining ifodalanishi” va shu kabilar usti ishlar olib
borildiAlohida e‟tibor fondni o„zbek tilidagi adabiyotlar bilan to„ldirishga
qaratila boshlandi. Ayni paytda ularning soni 600 mingdan ortiq bulib,
o„zbek adabiyotining klassiklari A.Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Ibn
Sino (Avisenna) Ulug„bek, Beruniy kabilar hamda respublikamizning
zamonaviy olim va yozuvchilarining asarlaridan
iborat.
Kutubxona tarixidagi navbatdagi muhim davr 2002 yildan boshlandi, 2002
yil 20 fevralda O„zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Ilmiy-tadqiqot
faoliyatini takomillashtirish to„g„risida”gi Farmoni chiqdi. Farmonning 8
punktida respublika ilmiy muassasalarilarining taklifi qabul qilinib, Alisher
Navoiy nomidagi O„zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi bilan
Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirib, Respublika Vazirlar
Mahkamasi huzurida Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasi
tashkil etildi. Bu qaror kutubxona faoliyatini milliy madaniyat markazi,
O„zbekiston xalqining milliy ma‟naviy merosi xazinasi sifatida kengaytirish
maqsadida qabul qilingan
.
2002 yil 12 aprelda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish
to„g„risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq kutubxonaning
maqomi - milliy va xorijiy adabiyotlarning asosiy davlat xazinasi,
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-
tadqiqot, metodik ishlarni olib boruvchi va mufofiqlashtiruvchi ilmiy markaz
etib belgilandi.
Ma‟rifat markazi Xalqimiz azaldan kitobni bilim va ma‟naviyatning bebaho
manbai sifatida qadrlab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu xayrli an‟ana yangi,
yanada teran ma‟no-mazmun bilan boyitildi. Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan xalqimizning ma‟naviy, ilmiy va madaniy salohiyatini asrab-
avaylash hamda yanada rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash
demokratik davlat va jamiyat qurish yo„lidagi muhim ustuvor yo„nalishlardan
biri sifatida belgilab berildi, deb ta‟kidlaydi O„zA Alisher Navoiy nomidagi
O„zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatiga bag„ishlangan maqolasida. Shu
sababli, deb qayd etiladi maqolada, davlatimiz rahbari axborot-kutubxona
muassasalari, birinchi navbatda, Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milily
kutubxonasini har tomonlama qo„llab-quvvatlashga alohida e‟tibor qaratib
kelmoqda.
«Har ishki qilmish odamizot, tafakkur birla bilmish odamizot». She‟riyat
mulkining sultoni Alisher Navoiyning ushbu teran ma‟noli satrlarida
bashariyat taraqqiyoti uchun bilim nechog„lik ulkan ahamiyatga ega ekani
haqidagi haqiqat mujassamdir. Insoniyat tomonidan necha asrlar davomida
to„plangan bilim va orttirilgan tajriba bugungi hamda kelajak avlodlarning
bebaho boyligi, ulkan ma‟naviy hamda madaniy merosi hisoblangan
kitoblarda jamlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik axborot va
madaniyat markazi bo„lgan Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy
kutubxonasi ushbu intellektual boylikning noyob xazinasi
hisoblanadi.Prezidentimizning tashabbusi bilan 2011 yili poytaxtimizda
«Ma‟rifat markazi» kompleksi barpo etildi. Undan O„zbekiston xalqiga
Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg„a bo„lgan Milliy
kutubxona ham joy oldi. Eng ilg„or texnologiyalar asosida qad rostlagan
ushbu noyob kompleks mamlakatimizda jamiyatimizda ma‟naviyatning
o„rnini yuksaltirish, ma‟rifatni rivojlantirishga nechog„li ulkan e‟tibor
qaratilayotganining yana bir yorqin tasdig„idir.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 20 mart kuni qabul qilingan
«Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs
markazi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to„g„risida»gi qaroriga
muvofiq, kutubxona tuzilmasi yangilandi, uning bo„limlari va xizmatlari ishi
takomillashtirildi, vazifalar ko„lami kengaytirildi. Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa,
yoshlarning intellektual, bilim olish, ta‟lim, ma‟naviy-ma‟rifiy va madaniy
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun sharoit hamda axborot-resurs
bazasini tashkil qilish, milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirish,
xalqimizning boy tarixiy merosini asrab-
avaylashga ko„maklashish shular
jumlasidandir.Noyob kitob fondini yaxshi saqlash uchun barcha zarur shart-
sharoitlar yaratilgan. Kutubxona zamonaviy o„t o„chirish, havo almashtirish,
videokuzatuv, isitish, yoritish tizimlari, IP-
telefoniya bilan ta‟minlangan,
havo namligi va harorati bir maromda saqlanadi.
Mamlakatimiz bosh kutubxonasining fondi haqiqatan ham noyobdir.
Bugun fondda qariyb 10 millionta kitob, shu jumladan, 3,5 millionta milliy
nashrlar bor. Bu yerda to„plangan alohida qimmatga ega kitoblar, nodir va
qadimiy nashrlar, qo„lyozmalar, litografiyalar kutubxonaning faxri
hisoblanadi. Fondda buyuk olimlarimiz va mutafakkirlarimizning XI va
undan keyingi asrlarga oid qo„lyozmalari avaylab saqlanmoqda. Buyuk
shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hayotligi paytida xattotlar
tomonidan qaytadan ko„chirilgan asarlari kutubxona kolleksiyasining
durdonasidir. Kutubxona fondining katta qismini XVI-XIX asrlarda
dunyoning ko„plab tillarida chop etilgan kitoblar tashkil etadi. Shuningdek,
bu yerdan Mashrab, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho„lpon kabi ko„plab o„zbek
shoir va yozuvchilarining asarlari, mamlakatimiz tarixiga oid adabiyotlar
o„rin olgan.
Bugun Milliy kutubxonaning vazifalari ancha kengaygan. U
mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun
muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini ham
o„tamoqda.
Kutubxona huzurida tashkil etilgan Respublika uslubiy kengashi
kutubxonalar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini,
alohida kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-bibliografik
qo„llanmalar va boshqa maqsadli hujjatlarni yanada keng joriy etish
hisobidan takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish bilan
shug„ullanmoqda. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi
axborot-kutubxona faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, kutubxona huzurida tashkil
etilgan ikkita yangi
bo„linma zimmasiga
O„zbekiston Kitob palatasining milliy
bibliografiya va davlat bibliografiya hisobini
yuritish, mamlakatimizda chop etilayotgan
kitoblarga SBN, davriy nashrlarga ISSN
xalqaro standart raqamini berish vazifalari
yuklatildi, deb qayd etadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‟kidlaganidek, har qaysi davlat, har qaysi millat
birinchi navbatda o„zining yuksak madaniyati, ma‟rifat va ma‟naviyati bilan
kuchlidir.Mamlakatimizda yosh avlodning ma‟naviyatini yuksaltirish, bilim va
dunyoqarashini boyitish, salohiyati va intilishlarini ro„yobga chiqarishga
qaratilayotgan doimiy e‟tibordan maqsad ham ana shu – barkamol avlod
orzusidir.2011-yili poytaxtimizda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob
namunasi
– Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O„zbekiston
Milliy kutubxonasini birlashtirgan “Ma‟rifat markazi”ning bunyod etilishi bu
boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo„ldi. Ushbu muhtasham saroyda
2011-yil 26-
noyabrda bo„lib o„tgan ilk xalqaro simpozium O„zbekistonda
sog„lom avlodni tarbiyalashning milliy modeliga bag„ishlangani ham katta
ramziy ma‟no va tarixiy ahamiyatga egadir. O„tgan qisqa vaqt mobaynida bu
yerda O„zbekistonning sog„liqni saqlash, ta‟lim va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga oid tajriba va yutuqlariga bag„ishlangan uchta yirik xalqaro
anjuman yuqori saviyada tashkil etildi. Ularda ishtirok etgan Jahon sog„liqni
saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen, Osiyo taraqqiyot banki
prezidenti Xaruxiko Kuroda, Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasi
vitse-prezidenti Djanamitra Devan va boshqa nufuzli mehmonlar muhtasham
“Ma‟rifat markazi” timsolida xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga yuksak
baho berdilar.
Betakror koshona
Milliy va zamonaviy arxitektura uslublarini o„zida mujassam etgan bu
muhtasham koshona Vatanimizning bosh maydoniga tutash hududda
Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san‟at galereyasi, Poytaxt biznes markazi
kabi mahobatli inshootlar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qilgan.Bino
yo„laklariga pok niyat va ezgu amallar ramzi bo„lgan oq marmarlar
yotqizilgan. Majmua derazalariga milliy birligimiz timsoli
– sakkiz qirrali
yulduz shaklidagi uzun panjaralar o„rnatilgan. Bino tashqarisidagi
betakror landshaft dizayni va musiqiy favvora hamyurtlarimiz va xorijlik
mehmonlarning sevimli sayrgohiga aylangan.
– Asosan yirik anjumanlarni
o„tkazishga mo„ljallangan Simpoziumlar saroyi ko„rku salobati, betakror
bezaklari bilan juda noyob hisoblanadi,
– deydi “Ma‟rifat markazi”
ixtisoslashtirilgan direksiyasi direktori Sherzodxo„ja Habibullaxo„ja. –
Xususan, saroyning 1000 o„rinli katta zalida me‟moriy yechimiga ko„ra
dunyo tajribasida kam uchraydigan gumbaz atrofi bo„ylab joylashtirilgan
36 deraza kun davomida tabiiy yorug„likni ta‟minlaydi. Deraza osti va
gumbaz ichidagi maxsus moslamalar yordamida zal havosi muntazam
yangilanib turadi.Zal asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebellar
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.
Barcha kompyuterlar internetga simsiz ulangan.
Saroy vestibyulidagi yirik “Asfour” qandili oppoq marmarlarda betakror
jilo bersa, milliy yog„och o„ymakorligining noyob namunasi bo„lgan uchta
darvoza xalqimizga xos ezgu fikr, ezgu so„z, ezgu amal bilan hayotga
qadam qo„yishning o„ziga xos timsolidir.Majmuaning har bir qismi
yorug„lik ta‟sirida o„zidan nur taratadi va ularning har biri o„ziga xos
alohida asardir.
Ma‟rifat kamalagi
Davlatimiz rahbarining g„oyasi asosida Simpoziumlar saroyi
vestibyulidagi devorlarga yoqut, feruza, zumrad, lojuvard,
malaxit (yashiltosh), yashma kabi noyob, tabiiy va
qimmatbaho toshlardan yasalgan mahobatli ikki panno
shakli, naqshlari va mazmun-
mohiyatiga ko„ra inson
tasavvuri va tafakkurining noyob mahsulidir.“Quyoshga
intilgan navqiron O„zbekiston” pannosi markazidagi moviy
(tinchlik va ma‟naviy qudrat) va ko„k (tiriklik va
bunyodkorlikka intilish) rangli halqa mamlakatimiz
mustaqilligi va izchil rivojlanayotganining ifodasi. Aylanadagi
qizil va oq ranglar xalqimizning jo„shqin hayoti,
tomirlarimizda oqayotgan qon umrimizni poklik va ezgulik
bilan munavvar qilishini anglatadi. Doiraning tayanchi
sifatida oila va xalq ramzi bo„lgan anor daraxti va
mevalarining silueti tasvirlangan. Bu navqironlik, ulug„lik va
mehnat zavqi ramzi hamdir.
Pannoda zamin va zamon shiddati, inson ongi va bashariyat
hayotida davom etayotgan qarama-qarshiliklar (ezgulik va
yovuzlik, ma‟rifat va jaholat kurashi) turli kontrastlarda katta
mahorat bilan ifodalangan. Pannoning to„rt chetidagi qizil
tasmalar (taraqqiyot qutblari) shokilalari va o„rtasi sariq
(quvvat tafti) rangda.“Ma‟rifat bo„stoni” pannosi sharqona
naqshlardan yasalgan bir xil ko„rinishdagi ikkita yarim
kompozitsiya hosilasi. Unda inson uchun azaliy va abadiy
muammo
– “Hayotning mazmuni nima?”, degan savolga turli
milliy naqshlar vositasida javob ifodalangan. Barkamollik,
ma‟rifat timsoli bo„lgan bog„ unga yanada boy ma‟no
beradi.Asarda olam o„zgarishi uchun, avvalo, odam, uning
qalbi, mezonlari va dunyoqarashi o„zgarishi lozimligi,
ma‟rifat bilan ulug„likka erishish ham, jaholat bilan tubanlik
botqog„iga botish ham odamning o„ziga bog„liqligi eslatiladi.
Zero, Prezidentimiz ta‟kidlaganidek, odamzot bu dunyoda
ruhan pok bo„lib, irodasi baquvvat, iymoni butun, vijdoni
uyg„oq bo„lib yashamas ekan, inson hayotining ma‟nosi ham
yo„qoladi.
Bosh kutubxonada zamon nafasi
“
Do'stlaringiz bilan baham: |