TOShKENT IRRIGATSIYA VA QIShLOQ XO‘JALIGINI
MEXANIZATSIYALASh MUHANDISLARI INSTITUTI
R e F e R A T MAVZU: MASOFADAN ZONDLASH VA YO’LDOSHLI POZITSIONIRLASH TIZIMLARI
Bajardi: Tekshirdi:
TOSHKENT 2021 yil
REJA:
1. Masofadan zondlash tushunchasi 2. Masofadan zondlashning optik uslublari 3. MZning radiotexnik uslublari 4. Yo’ldoshlardan axborot qabul qilish 5. Masofadan zondlash uchun mo’ljallangan yo’ldoshlar 6. Yo’ldoshli tasvirlarni tahlil qilish 7. MZ axborotining real dunyo bilan bog`lanishi 8.Global pozitsionirlash tizimi va GPS-priyomniklar sharhi
KIRISh Masofadan zondlash (MZ) va yo’ldoshli pozitsionirlash tizimlari uchinchi
bobida fazoviy ma’lumotlarni bevosita yo’ldoshlardan olishga oid masalalar ko’rib
chiqilgan. MZ tizimining amal qilish prinsplariga va zamonaviy rossiya va xorijiy
saytlar yo’ldoshlarining tavsiflariga hamda ularning bazaviy tuzilmasiga katta e’tibor
qaratilgan. Global pozitsionirlash tizimi (GPS) va uning GAT bilan bog`lanishi batafsil
ko’rib chiqilgan. Modulning oxirida GPS - navigatorlarining muxtasar sharhi
keltiriladi.
“Zamonaviy GAT larni loyihalash va ularning sharhi” to’rtinchi bobida to’liq
amal qiladigan GAT larni loyihalash bosqichlari va xususiyatlari to’g`risida axborot
berilgan. Modulning katta qismi zamonaviy geoaxborot tizimlarining tavsiflarini va
instrumentariysini ta’riflashga bag`ishlangan.
“Geoaxborot tizim va texnologiyalar” darsligi oliy professional ta’limning
davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq tuzilgan.
Darslik, birinchi navbatda, masofadan va mustaqil o’qiyotgan talabalarga
mo’ljallangan. Axboriy jihatdan darslik to’liq va o’ziga yarasha yetarlidir, lekin o’z
ustida ishlash saviyasini ko’tarish maqsadida qo’shimcha adabiyot tavsiya etilgan.
Darslik shuningdek lekstion mashg`ulotlarga tayyorlanish va “Geoaxborot tizim va
texnologiyalar” darsi bo’yicha didaktik material yaratish uchun kunduzgi bo’limlar
o’qituvchilariga ham foydali bo’lishi mumkin.
Qulay sharoitlar yaratish va ko’zlar charchog`ini kamaytirish uchun zamonaviy
kompyuterda ishlash tavsiya etiladi, uning tarkibiga katta chastotada kadrlar
almashuviga (vertikal razvyortka chastotasiga) ega monitor kiradi. Agar u 50 Gst dan
kam bo’lsa, bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi, u 70 Gst dan ortiq bo’lgani yaxshiroq.
Zamonaviy monitorlar minimal konfiguratsiyaga ega – diagonali 14 dyum, vertikal
razvyortka chastotasi 50 Gst va ekrandagi nuqta o’lchami 0,28 mm, lekin 17 dyum
diagonalli, vertikal razvyortka chastotasi 80 Gst va ekrandagi nuqta o’lchami 0,26 mm
bo’lgan optimal konfigurastiyali monitordan foydalangan maqul.