Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 9,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/143
Sana14.04.2022
Hajmi9,49 Mb.
#549577
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143
Bog'liq
6-san-2020

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
125
4-sinfda o’quvchilariga esa beriladigan bilimlar mazmuni quyi sinfdagi bilimlar 
asosiga qurilib, boyitib boriladi. Bunda ular so’z yasovchi qo’shimchalardan –soz, -k, -q (ot 
yasovchi), ser-, be-, -chan, -q (sifat yasovchi), -lan, -sira, -lash (fe’l yasovchi) qo’shimchalar 
bilan tanishib, mashqlar bajaradilar.
Umuman, boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z yasash hodisasi haqidagi bilimlarni 
berish yangi tushunchani hosil qilish jarayoni bilan bog’ liq bo’ladi. Shuning uchun 
tushunchani o’zlashtirish ustida ishlaganda, uning mavhum belgilarini ajratish uchun 
muayyan til materiali ya’ni ma’lum bir so’z tahlil qilinadi. Demak, yuqoridagilarga 
asoslanib, so’z yasovchi qo’shimchalarga doir esda saqlanadigan qoidalarni o’zlashtirish 
uchun quyidagi muhim belgilarga e’tibor berish zarurdir:
1. O’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan morfema affiks morfema 
bo’ladi.
2. Bitta so’zga turli so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan o’zakdosh so’zlar hosil 
qilinadi.
3. So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq bo’lgan 
boshqa bir so’z hosil qilsa, uni yasama so’z deyiladi.
4. So’z yasovchi qo’shimchadan yasalgan yangi so’z mustaqil ma’no anglatgan so’z 
bo’lib, bir so’z turkumi doirasida lug’atni boyitadi yoki boshqa so’z turkumiga o’tib keta 
oladi.
Anglashildiki, o’quvchilar boshlang’ich sinfda so’z yasalish usullaridan faqat affiksatsiya 
usuli bilan nazariy va amaliy tanishadilar. Qolgan usullar haqida o’quvchilarga ma’lumot 
berilmaydi. Mening fikrimcha, o’quvchilarda hosil qilingan lingvistik bilimning har qanday 
kurtaklari ularda yuqori sinfda beriladigan tilga oid bilimlarning asosi va tayanchi bo’lib 
xizmat qiladi. Ammo, boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek tilidagi so’z yasalishi usullari 
haqidagi bilimlar qiyinlik, murakkablik qilganligi sababli to’liq tushuntirishning imkoniyati 
yo’qroq. Shuning uchun ushbu yasalish usullarida yasalgan so’zlarning eng sodda va 
tushunarli, ayniqsa, ularning yoshlariga mos variantini tanlab, shu asosda ularni o’rgatish 
usullarini ishlab chiqish zarur. 
Biz quyida keltirgan usuliyat boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos bo’lib, boshqa 
tushuntirish usullariga qaraganda ham qiziqarli, ham soddaligi bilan afzaldir. 
Bunda o’qituvchi ko’rgazmalilik usulidan foydalanib o’quvchilarga rasmlar ko’rsatadi 
va o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. O’quvchilar tafakkurlarini ishlatib, 
idrok qilish orqali savolga javob beradilar. Masalan, o’quvchilarga affiksatsiya usulida ot 
yasalishini tushuntirish quyidagicha bo’lishi mumkin. (1-rasm).
O’qituvchi: Diqqat! 1-rasmda nimani ko’ryapsiz?
O’quvchilar: Gulni.
O’qituvchi: 2-rasmda nima tasvirlangan?
O’quvchilar: Gulchi.
O’qituvchi: Gul va gulchi so’zlarini 
bog’lovchi umumiylik nima deb o’ylaysiz?
O’quvchilar: Gul so’zida. 
O’qituvchi: To’g’ri! Ikki so’zning asosi 
ham gul so’zidir. Lekin 2 so’zning tarkibiga 
ham e’tibor bering! Nimani payqadingiz?
O’quvchilar: Gul so’ziga –chi qo’shimchasi 
qo’shilib yangi so’z hosil qilingan.
O’qituvchi: Barakalla! Endi so’zlarga 
so’roq berib ko’ring.



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish