МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
22
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, huquqiy ongni shakllantirishga poydevor yaratish
uchun huquqiy tushunchalarni boshlang’ich sinflardanoq shakllantirish lozim Inson qay
darajada ko’proq huquqiy bilimga ega bo’lsa, shu darajada madaniyati shakllangan bo’ladi.
O’quvchilarda huquqiy imminitetni rivojlantirish muxim ijtimoiy –pedagogik masala
hisoblanadi. Fuqaro, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy tizim, fuqarolarnin huquq va majburiyatlari
to’g’risidagi bilimlar huquqiy imminitetni rivojlantirish asosida shakllantiriladi. Shaxs, oila,
jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni tushunib farqlashda huquqiy immunitetni
o’quvchilarda shakllanganligi muxim ro’l o’ynaydi.
O’quvchilarning huquqiy immuniteti ularning ijtimoiy munosabatga kirishish
tuyg’ulari, ijtimoiy munosabatlar subekti sifatida muloqotning barcha sohalarida moslashish
va induviduallashtirish asosida takomillashtirilgan. O’quvchilarda o’ylab harakat qilish,
insonlar bilan muloqot qilish, boshqa insonga yordam ko’rsatish, xayotiy vaziyatini
tushunish, jamiyatda umumiy yashash va qonunlarga rioya qilish kabilar huquqiy immunitet
shakllanishi natijasida xosil bo’ladi.
Demak, huquqiy ongni shakllantirishga maktabgacha va boshlang`ich ta`lim
bosqichlaridan boshlab poydevor yaratish zarur. O’quvchiga amaliy faoliyatida zarur
bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat ta’lim standartlaridan kam bo’lmagan
hajmda olish imkoniyatlarini berish huquqiy ta’lim tarbiyaning maqsadi hisoblanadi.
Huquqiy fuqarolik davlatini o’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan turib tasavvur
etib bo’lmaydi. Huquqiy ongning asosiy poydevori maktabgacha ta’lim va boshlng’ich
sinflarda beiladigan tushunchalar tashkil etadi. Natijada o’quvchlarda huquqiy ko’nikma,
shaxsiy tajriba tarkib topib, bosqichma bosqich ijtimoiy hayotga tayyorlanib boradi. Ota
–onalar tomonidan ham farzandlar huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilsa, oilaga ham
jamiyatga ham birdek naf keltiradi.
O‘quvchilarda huquqiy immunitetni rivojlantirish masalasini hal etish “huquq”,
“immunitet” tushunchalarining mazmuni yoritib berilgan tadqiqotlarga murojaat etishni
talab etadi va ularni anglash inson huquqiy savodxonligi fuqaroning еtakchi tavsiflaridan
hisoblanishini aniqlash hamda shaxsning axloqiy, madaniyatshunoslik, aksiologik va
psixologik jihatlarini ajratish imkonini beradi. Shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy
immuniteti shaxs, oila, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning sifati va
miqdorini tushunish, mos rivojlantirish omillari takomillashtirilgan.
Adabiyotlar:
1. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. // Xalq so‘zi, 2016 yil 8 dekabr.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2012. 11-19 bet.
3. O’zbekiston Respublkasi “Ta’lim to’g’irisida”gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr // lex.uz.
4. Дмитриев Ю.А. Правосознание и правовая култура / Теория государства и права. Под.ред. Пигол
-
кина. – Москва: Юрайт – Издат, 2006.- C. 547.
5. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. -T.: O’zbekiston, 1996 y, 362 bet.
6. Maxkamov U.I. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. -T.: O’zbekiston, 1996.
200 bet.
7. Kadirova Ya.B. Sub’yektli-axloqiy yondashuv asosida o‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish /
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. Toshkent, 2022. –B. 8.
8. Usmonboeva M. Demokratik jamiyat barpo etish jarayonida o’quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirish
/ Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy, badiiy va mehnat madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. T.N
Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI, 17-23 betlar.
РЕЗЮМЕ
Mazkur maqolada o`quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ilmiy qarashlar, g`oyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |